Vakuum-plazma usullari elementlar davriy sistemasining IV— VI gruppasiga mansub qiyin suyuqlanadigan metallarning nitridli, karbidli, karbonitridli, oksidli va boridli birikmalari asosida bir qatlamli, ko’p qatlamli va kompozitsion qoplamlarning turli xilla- rini olish mumkinligi nuqtayi nazaridan ham universaldir. Bu usullar kerakli xossalarga ega bo’lgan qoplamlar olish jarayonini yanada samarali boshqarish hamda asbobsozlik materialining yuza qatlamlarida geometrik, kristall-kimyoviy va fizik, mexanik nuq- sonlar hosil bo’lishining oldini olish imkonini beradi. 3 - K.B.Usmonov Qoplamning kesuvchi asbob ishlash xususiyatiga kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi parametrlaridan bin uning qaiinligidir. Qoplamning eng muvofiq qalinligini tanlash ko‘p jihatdan asbobsozlik matritsasi bilan bclgilanadi. Tadqiqotlar natijasida [2J qoplamlarning KIB usulida olingan optimal qalinliklari aniqlangan. Kesish sharoitlari keng miqyosda o‘zgarib turishi uchun tezkesar po’latlardan yasalgan asboblar qoplamlarining qalinligi o‘simta hosil bo‘lish sharoiti- da ishlaganda 3...5 mkm gacha kamayadi, o‘simta bo‘lmaganda bu qiymat 5...7 gacha ko‘payishi mumkin. Qattiq qotishmali VK6, T5K10, TT10K8B plastinkalari uchun, konstruksion po‘latlarni yo‘nishda surish qiymatlari 0,01 ....0,6 mm/ayl bo‘lganda, qoplamlar qalinligining eng muvofiq qiymati 6... 10 mkm atrofida bo‘lad i. Kuch va issiqlik ta’siridan cho‘zuvchi va siquvchi zo‘riqlshlar qiymatlari o‘zgarib turganda, kesishning uzlukli jarayonlari uchun, tezkesar po‘latlar va qattiq qotishmalardan yasalgan asboblarning eng optimal qalinligini 3...5 mkm gacha kamaytirish lozim. Yeyilishga chidamli qoplamlar qoplangan asboblardan Ibydalanish tajribasi, ular kesish jarayonida ishonchli va barqaror ekanligini, bardoshliligi .3 marta ortganini, kesish kuchi va harorat 20...25% ga kamay- ganligini Äo‘rsatdi.