Nashriyot- m atbaa ijodiy uyi


Sistematik birliklar (kategoriyalar)ning



Yüklə 491,5 Kb.
səhifə3/87
tarix02.01.2022
ölçüsü491,5 Kb.
#44523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
O’zbekiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi bo’lim, ajd

Sistematik birliklar (kategoriyalar)ning

nomlari va qo'shimcha (affiks)lari

Gulli o'simliklar uchun akademik A.L.Taxtadjyan (1987-y.) ishlab chiqqan evolutsion tizim (sistema) asos qilib olindi. Unda 8 ta ajdodcha keltirilgan. 1997- yilda muallif unga kiritgan ayrim o'zgarishlar matnda inobatga olindi.

Quyida ikki urug'pallali o'simliklar ajdodi (sinfi)ga oid gulli o'simliklarning ajdod (sinf)cha va ustqabilalardan iborat tizimi sxemasi (1-cxema) keltirildi.

1- sxema



Ajdodchalar.1. Magnoliyakabilar (Magnoliidae). 2. Ayiqtovon-kabilar (Ranunculidae). 3. Chinnigulkabilar (Caryophyllidae). 4. Temirdaraxtkabilar (Hamamelididae). 5. Dalachoykabilar (Dilleniidae). 6. Ra'nokabilar (Rosidae). 7. Qoqio'tkabilar (Asteridae).8. Yalpizkabilar (Lamiidae).
2- sxemada bir urug'pallali o'simliklar ajdodi (sinfi)ga mansub gulli o'simliklarning ajdod (sinf) va ustqabilalardan iborat tizimi sxemasi keltirilgan . Unda 4 ta ajdod (sinf)cha berilgan.

Bu tizim chet ellarda to'lig'icha yoki ayrim o'zgartirishlar bilan hayotga joriy etilgan. Shu asosda yangi darslik va ilmiy asarlar yozila boshlandi. Bizda esa ingliz, rus va boshqa tillarda nashr etilgan asarlar ozligi hamda ulardagi o'zgarishlarning O'zbekiston florasiga (o'simliklariga) moslab yozilgan asarlarning kamligi tufayli aksariyat darslik, o'quv qo'llanma va ilmiy asarlar eski



2- sxema



Ajdodchalar: 1. Lolakabilar (Liliidae). 2. Palmakabilar (Arecidae). 3. Bulduruqkabilar (Alismafiidae). 4. Triuriskabilar (Triurididae).
sistematik birliklar va atamalar bilan nashr etilmoqda va o'qitilmoqda.

Tavsiya etilayotgan yirik taksonlar tizimi botanika fanining dunyo miqyosida tan olingan eng muhim nazariy g'oyalarini o'zida mujassamlashtirgan va fanning so'nggi yutuqlariga asoslangan. Undan botanikaga oid ilmiy asarlar, ,,0'simliklar sistematikasi" kursidan ma'ruza matnlarini yozishda, mavjud darsliklarda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda, akademik litsey, kollej va maktablarda dars berishda hamda „Botanika" dan darsliklar yozishda foydalanish mumkin.

Qo'llanmaning oxirida misol tariqasida ayrim qabilalardan bittadan rasm berildi.

Mazkur asarda bayon etilgan ma'lumotlar yuzasidan o'z fikr-mulohazalaringizni bildirasiz degan umiddamiz.


Mualliflar

Yüklə 491,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin