Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


- mashq. Testlarni yeching va javobingizni izohlang.  1. Qaysi maqolning suratli izohi berilmagan?



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

8.4- mashq.
Testlarni yeching va javobingizni izohlang.
 1. Qaysi maqolning suratli izohi berilmagan?
A. Kitob ko‘rmagan kalla – giyoh unmagan dala.
B. Kitob o‘qigan qushdek parvoz qilar.
C. Kitob – hayot uchun mayoq.
D. Sohibkordan bog‘ qolar, donodan – kitob
.
2. Berilgan matndagi ajratilgan birikma qanday ma’noda qo‘llangan?
– Bibinarzi, elomonlik bo‘lib, oydinlikka chiqaylik, katta bir kutubxona qura
-
man, – dedi ota xomushgina termilib turgan xotiniga.
– Niyatingizga yeting, otasi, 
oydinlikka chiqaylik
, iloyim. 
(O. Hojiyeva)
A. Yorug‘ joyga boraylik.
B. Yaxshi kunlarga yetaylik.
C. Oy yorug‘iga o‘taylik.
D. Yuzimiz yorug‘ bo‘lsin.
8.5- mashq.
Har bir qatorda so‘zlar o‘ziga xos belgilar asosida jamlangan. 
Quyida berilgan so‘zlardan foydalanib, qatorni davom ettiring.
Fаhm, fаrosаt, did, … 
Ilg‘or, zаrbdor, peshqаdаm, …
Istаmoq, xohlаmoq, tusаmoq, … 
Kesаtiq, kinoya, istehzo, …
Lаpаshаng, lаvаnd 
(lаvаng)
, … 
Qiyinchilik, mаshаqqаt, og‘irchilik, …
Tаmiz, uquv, zehn, idrok; yetаkchi, аvаngаrd, kаrvonboshi; orzulаmoq, orzu 
qilmoq, tilаmoq, ixtiyor etmoq, sog‘inmoq; piching; bo‘shаng, lаndаvur, noshud, 
so‘tаk, bo‘sh-bаyov, lаttа; qаttiqchilik, riyozаt, zаhmаt.
http://eduportal.uz


29
8.6- mashq.
Gaplarni so‘z tanlashdagi xatolar bo‘yicha joylashtiring.
1) so‘zni noto‘g‘ri qo‘llash;
2) so‘zni o‘rinsiz takrorlash;
3) so‘zni ortiqcha qo‘llash;
4) so‘zni tushirib qoldirish
.
1. Bizning kutubxonamizning elektron tizimi dunyo kutubxonalari kom pyuter 
tarmog‘iga ulangan kutubxonalardan biri hisoblanadi. (
Radiodan

 
2. Men esa, 
ehtimol, obro‘talab odamlar ixtiyoriga tariximizning shonli sahifalari bitilgan asar
-
larni tuhfa etmoqchiman.
 (Gazetadan)
3. Nashriyotlarimizda bolalarga xos keladi
-
gan badiiy kitoblar ham nashr qilinyapti. (
Suhbatdan
) 4. Avlodlarimizga bobolar 
ruhi etgan qimmatli kitoblar meros qolsin. 
(Gazetadan)
5. Kitoblarda aytilishicha, 
eng yaxshi odam og‘zi va qo‘li ochiq odamdir. 
(Gazetadan)
6. Bu xabarlarni kim 
tarqata yotganidan qat’iy nazar, og‘ir-vazminlikni qo‘ldan bermaylik. 
(Radiodan)
7. Kitobni bejizga oftobga qiyoslamaydilar. (
Suhbatdan
) 8. Televizor muruvvati-
ning o‘rnini pult egalladi. 
(Radiodan) 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin