Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. So‘zni anglash, tanlash va qo‘llashda nutq egasidan qanday xislatlar ta-
lab qilinadi?
2. O‘rinli va noo‘rin (o‘rinsiz) so‘zlarni aniqlashda nutqiy uslub xususiyat
-
lari qay darajada muhim?
3. Berilgan fikrni o‘qib, o‘z mulohazangizni yozma bildiring: 
„Bobokalon-
larimiz kitob topishga qiynalar edilar, hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. 
Kitob yoki jurnalni Internet sahifalaridan ham o‘qisa bo‘ladi. Ammo Internet-
da kitobga xos hid yo‘q, sahifalarni varaqlashdek huzur yo‘q. Eng asosiysi, uni 
yostig‘ing tagiga qo‘yib bo‘lmaydi“. („@kitoblar_dunyosi“dan)
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
8.1- topshiriq.
Matnda noo‘rin qo‘llangan so‘zlarni aniqlab, o‘rinli muqobillarini 
qo‘ying. 
5–6 yoshlarimda cho‘milishni sevar edim-u, suzishni bilmas edim. Bir kuni 
bolalar qiyqirishib cho‘milayotgan anhorni ko‘rdim-u, yugura kelib o‘zimni 
suv ga otdim. Anhor chuqur ekan. Tabiiyki, cho‘ka boshladim. Ulkan bolalar 
bir amallab qirg‘oqqa olib chiqib qo‘yishdi. Mening kitoblar jahoniga kirib 
kelishim ham shunga o‘xshash tarzda sodir bo‘lgan – hali o‘qishni o‘rganib-
o‘rganmas, o‘zimni kitoblar ummoniga otganman. Bu ummon ham chuqur 
http://eduportal.uz


30
ekan, lekin buni qarangki, bu ummonda cho‘kmay, hanuz sho‘ng‘ib yuribman. 
(O. Sharafiddinov)
Muqobilini tanlash uchun so‘zlar:
yaxshi ko‘rar, yoqtirar; buyuk, katta; 
olam, dunyo; suzib, cho‘milib.
8.2- topshiriq. 
Birinchi marta o‘qigan badiiy kitobingizni eslay olasizmi? Bolalik 
taassurotingizni so‘zlab berishga tayyorlaning.
 
9- mavzu.
NUTQDAGI „TAQIQ“LAR
9.1- mashq.
Matn bilan tanishing. Ajratib ko‘rsatilgan ifodalarni izohlang. Ular 
o‘rniga hozirgi kunda so‘zlashuvda qaysi so‘zlar ishlatiladi. 
...Qutidor yana tushunolmay taajjub bilan mehmonlarga qarab oldi.
– Tushunolmadim...
– Ya’ni Otabek bu kungacha salomat, – dedi Ziyo aka yana. – Ammo mundan 
keyingi 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin