Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi


 Berilgan matndagi ajratilgan so‘zlar qaysi nutqiy „taqiq“ asosida



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

1. Berilgan matndagi ajratilgan so‘zlar qaysi nutqiy „taqiq“ asosida 
ekanligini aniqlang va tushuntiring: 
Qoplon chalqanchadan yonbosh bo‘ldi. 
– Havo sevalab o‘tadi, 
momosi
, – dedi.
– 
Bu kishi
qayerdan biladi? – dedi ayoli.
Qoplon u yog‘ini aytmadi. 
(Tog‘ay Murod)
A. Qо‘rquv asosidagi.
B. Mensimaslik asosidagi.
C. Andisha asosidagi.
D. Hurmat asosidagi.
2. Quyida berilgan matndagi qaysi gap(lar)da fikr ochiq ifodalanmagan?
Sovchilar odatlari bo‘yicha u yoq-bu yoqdan gapirishib o‘tirdi. 
Eson qassobni haminqadar eladi. Keyin maqsadga o‘tdi.
– Singlingning boshiga baxt qushi qo‘nib turibdi, uchirib yubormasang bo‘ldi, 
qassob, – dedi.
– Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar, – dedi qassob.
– Kim ekan u?
 (Tog‘ay Murod)
A. Sovchilar odatlari bo‘yicha u yoq-bu yoqdan gapirishib o‘tirdi.
B. Singlingning boshiga baxt qushi qo‘nib turibdi, uchirib yubormasang 
bo‘ldi.
C. Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar.
D. Eson qassobni haminqadar eladi.
9.5- mashq.
Ajratilgan so‘zlarning salbiy yoki ijobiy mazmundagi „taqiq“ asosida 
qo‘llanganiga aniqlik kiriting. Bu so‘zlarning umumiy belgisini topib, qatorni da
-
vom ettiring.
1. Yaxshikim, dunyoda oshna, og‘ayni degan kimsalar bor… Agar shu
-
lar bo‘lmasa-chi, kishi allaqachon 
dunyodan chiqib ketadir
. 2. Sizdan bir 
kun so‘ng Homid o‘ldi. Haytovur, bir og‘iz so‘zsiz 
to‘ng‘iz
qo‘pibdi
. 3. Umri 
qisqa ekan, 
peshanamizga sig‘madi
. 4. – Oyi…, dada… – so‘ngra, – begim, – 
http://eduportal.uz


33
deb ingrandi… Eri ning yuzini yuziga qo‘ydi, uyalg‘ansumon 
ko‘zini yumdi

 
5. Olmaota ustidagi o‘rus bilan to‘qunishmamizda birinchi safimizni shu ikki yi-
git oldi va qahramono na urushib 
shahid bo‘ldi
. 6. Yodgorbek ushbu asrning o‘n 
to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul 
qolibdir. 
(A.Qodiriy)
9.6- mashq.
Matnni nutqiy „taqiq“larga tayangan holda qo‘pol so‘zlar o‘rniga 
madaniy nutq so‘zlarini qo‘yib o‘qishni mashq qiling. O‘g‘rilar nutqida ochiq 
ma’noli so‘z va iboralarni ma’noni yashiradiganlariga almashtirib qo‘llash nima 
uchun kerak? Ajratib berilgan gap xususida o‘z fikringizni yozma ifodalang.
– Bu yerdagilarning hammasi o‘zini 
passajir
deb hisoblaydi. Seni bu yerga tuh
-
mat boshlab kelmagan. Xasislik qilgansan. Pupkarlarni vaqtida moylash kerak edi.
– Kimni?
– Milisani! Nima, bunaqa so‘zlarga tushunmaysanmi?
– Ularni... rosa moylaganman. Bekorga yeb ketishdi.
– Yetarli moylamagansan. 

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin