Nuqtalar o‘rnida muallif nazarda tutgan fikrni qo‘ying: A. Zudlik bilan yangisini qurishga buyurtma berilardi.
B. Talafot juda katta bo‘lardi.
C. Odamlar beton tagida qolib o‘lardi.
D. Katta yo‘l to‘silib qolardi.
2. „Xato qilyapsiz!“ murojaati ijobiy ma’noda qo‘llangan qatorni toping.
A. Siz yanglishyapsiz.
B. Fikringiz mutlaqo noto‘g‘ri.
C. Noo‘rin gapirmang.
D. Haqiqatdan juda uzoqlashyapsiz.
10.5- mashq. Yoshi ulug‘ odamlarga nisbatan qo‘llanadigan evfemizmlarni uslubiy
bo
‘yog‘iga ko‘ra
tartiblang.
Sochlari oqargan; sochiga oq oralagan; yuzlarini ajin bosgan; belidan quv
-
vat ketgan; sharti ketib, parti qolgan; ko‘zidan nur ketgan; so‘nggi manzilga tay-
yorgarlik ko‘rayotgan; yoshi o‘tgan; yoshi bir joyga yetgan; yoshi ulg‘aygan;
qarigan; keksalik nuqsi urgan; to‘ridan go‘ri yaqin; o‘limi yaqin; umrining kuzagi
o‘tib, qishi boshlangan; qartayib qolgan; umri poyoniga yetib qolgan; pishib qol
-
gan; yo‘li oxirlagan.
10.6- mashq. Berilgan so‘zlar qatorini davom ettirish bo‘yicha musobaqa
uyushtiring:
1) boshi ochiq – uylanmagan, ro‘zg‘or qilmagan, …
2) sergap – mahmadona, ...
3) semiz – to‘ladan kelgan, …
4) yengiltak – oyog‘i yengil, …
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Evfemizm va disfemizmlar, asosan, qaysi uslublarda qo‘llanadi? 2. Meh-
mondorchilik bilan bog‘liq qanday evfemizmlarni bilasiz? Rolli o‘yin (dialog)
shaklida namoyish qilishga urinib ko‘ring. 3. Masallarni o‘qing. Ajratilgan
so‘zlarning o‘rnida quyida berilgan evfemizm va disfemizmlarni qo‘llab, yuzaga
kelgan farqni izohlang:
– Odamlar
g‘alati da, devorning qulog‘i bor, sekin gapi ringlar, deb meni
gu- nohkor qilishadi, – debdi Devor. – E’tibor berma, ular bir -birlaridan shubhalanib,
sendan xavotirlanishadi, – debdi Shift.
http://eduportal.uz