40
– Hozir xudodan vahiy kelsa-yu, „Sening peshanangda yana yigirma yil ya
-
shash bor, mabodo umringning qolgan qismini birovga berishga tayyormisan?“
deb so‘rasa, o‘sha yigirma yil umrimni shu ukalarimga bo‘lib
berishga tayyor
-
man, deb javob qilardim.
O‘sha ayolning qo‘lida muqovalari qiyshayib, sahifalari sarg‘ayib
ketgan
„Dunyoning ishlari“ qissasi bor edi. Aftidan, u qissani shu bugun o‘qib tugatgan.
So‘nggi sahifalarini o‘qigan-u, yig‘inga kelgan.
… Quva tumanida kitobxonlar bilan uchrashuv bo‘lgandi. O‘shanda Mushar
-
rafxon degan qora kiyingan bir ayol O‘tkirning oldiga keldi.
– Bolam, men hu anavi maktabda farroshman. Go‘daklar ivirsitgan sinflarni
yuvib tozalayman. Sening onang Poshsha opa ham farrosh bo‘lgan ekanlar, iloyo,
joylari jannatda bo‘lsin. Buni men maktab kutubxonasidan olgan manavi kitobni
o‘qib bildim. – U qo‘lida ushlab turgan „Dunyoning ishlari“ kitobini ko‘rsatdi.
– In sonning boshi toshdan bo‘lar ekan, bir o‘g‘lim Afg‘on urushida nobud bo‘ldi –
chidadim, chidamay ilojim qancha… Kel, bolam, o‘g‘lim o‘rniga o‘g‘il bo‘l.
Yozuv chi o‘g‘lim bor, deb yupanib yuray…
U shunday deya nimchasining qo‘ynidan marg‘ilonnusxa do‘ppini
oldi va
boshing omon bo‘lsin, deb O‘tkirga kiydirdi. (
Said Ahmad
)
Dostları ilə paylaş: