39
IV
. O‘chib borayotir qanchalar kalom,
Ne-ne bitiklar ham yo‘qdir, vassalom.
Dunyoda faqat bir sobit suxan bor:
U – o‘z farzandingga o‘zing qo‘ygan nom.
(A. Oripov)
11.2- mashq.
Berilgan matnlardan olmoshlarni aniqlab, uslubiy qo‘llanishi yu
-
zasidan „
Muhokama daqiqalari
“ ni uyushtiring.
1. – Domlajon, shugina o‘qisin, odam bo‘lsin, deymiz-da. Otasi ham, men
ham bundan hech narsamizni ayamaymiz. Xudoga shukur, bu ham yuzimizni yer-
ga qaratmay kelyapti.
(O. Hoshimov)
2. Bu atrofda o‘zlaridan boshqa hech kim yashamas ekan-da? Qo‘rqmaysiz-
mi? Tog‘lik joy…
(O. Husanov)
3. Shunda qayerdandir juda tanish bir ovoz keldi. Birdan sergaklanib alang-
ladi.
– Nahotki… bu Sizmi? Qayerdan paydo bo‘ldingiz? Qanchalar kutganimni
bilasizmi Sizni?
(Sh.Isaxonova)
4. – E, odammisan o‘zi?! – To‘rayev uning tirsagidan ushlab o‘ziga qaratdi.
– Nima bo‘ldi? Tanimayapsanmi?
(Sh.Xolmirzayev)
5. – Yana men, mengina jonim achiydi, qachongacha shuning ortidan yurmoq-
chisan-a?
(O. Hojiyeva)
6. – Tag‘in noto‘g‘ri xayolga borma. U-bu deb qo‘ygan bo‘lsam, aybga bu-
yurma, uka.
(S. Ahmad)
11.3- mashq.
Said Ahmadning ijodkor O‘tkir Hoshimov haqidagi fikrlari bilan
ta nishing. Matndagi ko‘rsatish olmoshlari uslubiyatiga diqqat qiling. Sizning-
cha, ijodkorning baxti nimada?
Dostları ilə paylaş: