70
O‘RDAK EMAS, BURGUT BO‘LING
Hindlarda bir rivoyat bor: Tangri avval dengiz chig‘anog‘ini,
keyin bur
-
gutni yaratadi va insonga chig‘anoqning zerikarli yoki
burgutning qiziqarli ha-
yotini tanlashga izn beradi. „Bu yerda tanlash uchun o‘ylanib o‘tirishga
hojat
yo‘q-ku!“ deyishingiz aniq. Albatta, hamma ham burgutning hayotini tanlaydi.
Ammo hech kim kutmagan hodisa yuz beradi: ko‘pchilik chig‘anoqning ham,
burgutning ham hayotini tanlamaydi. Ular o‘zlarining talablariga javob beradigan
boshqa namuna qidirishga tushishadi va topishadi ham. Buni qarangki, u o‘rdak
edi.
Bir qarashda o‘rdak va burgutda ko‘p o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Aslida,
ularning o‘rtalarida katta farq bor. To‘g‘ri, ikkisi ham qush va ucha oladi. Bur
-
gut uzoq vaqt osmon-u falakda kezishi mumkin, o‘rdak esa suvda bo‘lishni afzal
ko‘radi.
O‘rdak – ajoyib qush: butun kun mobaynida g‘ag‘illaydi. Uni boqishayotgan
-
da, boshqa o‘rdaklar uning yemishini olmoqchi bo‘lganda, nimadir yoqmaganda,
hatto biror narsaning uddasidan chiqa olmasa ham, g‘ag‘illayveradi. O‘rdaklarning
g‘ag‘illashi – ko‘ndirish, cheki yo‘q kechirim so‘rash, befoyda valaqlash.
Burgutlar- chi? Ular nolimaydi, ular harakat qilishadi.
Burgutlar va o‘rdaklar o‘rtasidagi farqlarga diqqat qiling-a:
– „Men buni qila olmayman“, – deyishadi o‘rdaklar. „Bu qanday bajariladi?“ –
so‘rashadi burgutlar;
– o‘rdaklar tez tushkunlikka tushadi, burgutlarda esa hayotsevarlik kuchli;
– o‘rdaklar faqat eng keragini qilishadi, ba’zan uni ham qilishmaydi. Burgut
-
lar esa keragidan ortig‘ini bajarishadi;
– o‘rdaklar sharoitdan norozi bo‘lishadi, nolib g‘ag‘illayveradi. Burgutlar esa
sharoitni o‘zgartira olishadi;
– o‘rdaklar har qanday imkoniyatdan muammo topadi, burgutlar esa har qan
-
day muammodan imkoniyat izlaydi.
Dostları ilə paylaş: