Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Yüklə 2,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/84
tarix03.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#141371
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
bellashuv.uz - ona tili 2qism 11 uzb

19.5- mashq.
Testlarni yeching va javobingizni izohlang.
1. Gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari to‘g‘ri berilgan qatorni to-
ping. 

Urush va tinchlik“ romanining bir joyi bor biz birovlarni bizga qilgan yax-
shiligiga qarab emas o‘zimizning ularga qilgan yaxshiliklarimizga qarab yaxshi 
ko‘ramiz deyilgan. (T.Sodiqova)
A. Qo‘shtirnoq, vergul, vergul, vergul, tire, nuqta.
B. Ikki nuqta, qo‘shtirnoq, vergul, vergul, tire, nuqta.
http://eduportal.uz


73
C. Ikki nuqta, vergul, qo‘shtirnoq, tire, nuqta.
D. Ikki nuqta, qo‘shtirnoq, vergul, qo‘shtirnoq, vergul, tire, nuqta.
2. Qo‘shtirnoq noto‘g‘ri qo‘llangan javobni toping.
A. „Baxt kulgi bor uyga kirar“, – deb yozadi Erkin Vohidov.
B. „Baxt“ o‘zi nimadir, anglay olmadim. 
C. Yangasining „shirin“ tili sababli Kozimjon baxtini izlab shaharga ketdi.
D. Deyl Karnegining „Baxtli bo‘lish sirlari“ kitobini o‘qiganmisiz?
19.6- mashq.
Gap juftliklaridagi tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq mazmuniy 
o‘zgarishlarni aniqlang. 
1. Baxtli-taxtli bo‘lgin, onang kabi baxtsiz bo‘lma. – Baxtli-taxtli bo‘lgin 
onang kabi, baxtsiz bo‘lma. 2. Hoy ahmoq, o‘g‘lim o‘z baxtidan yuz o‘giribdimi 
hali? – Hoy, ahmoq o‘g‘lim o‘z baxtidan yuz o‘giribdimi hali? 3. Yigit boshingdan 
baxt-u davlat yiroq ketmas. – Yigit, boshingdan baxt-u davlat yiroq ketmas. 4. Erta 
tong. Yuzingda baxt shu’lasi o‘ynar. – Erta tong yuzingda baxt shu’lasi o‘ynar.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Qaysi tinish bеlgilari qo‘shaloq holda ishlatiladi?
2. Nashriyot ishlarida qisqartirilgan so‘zlar qanday tinish belgilari bilan
qo‘llanadi?
3. Inson ruhiyati bilan bog‘liq o‘rinlarda qanday tinish belgilari ishlatasiz?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin