Qadimgi turkiy tilda gap turlari. Qadimgi turkiy tilda gapning mazmunga ko‘ra turlari hozirgi turkiy tillardagidan keskin farq qilmaydi. Ammo ba’zi gap turlarida farqli xususiyatlar bor. Bular quyidagilardir:
So‘roq gaplarda yuklama, hozirgi turk tilidagi singari, fe’l kesimdan oldingi bo‘lakka qo‘shiladi: Qagan-mu qïsayïn tädim (Ton, 5) — Xoqonni qo‘lga olaymi dedim.
Qadimgi turkiy tilda ikki tarkibli gaplar ega va kesim orqali shakllanadi. Ayrim sodda gaplarda ega ikkita bo'lishi ham mumkin (ammo uyushgan ega emas) va bu tur alohida gap turini hosil qiladi. Sodda gapda ikkita ega ifodalanganda, eganing biri ot bilan, ikkinchisi olmosh bilan ifodalanadi. Bunday eganing kesim bilan moslashuvi olmosh orqali ifodalangan ega talabi bilan yuz beradi: Bän ança tïrmän bän bilgä Tonyuquq altun jishigh asha kältimiz (Ton. 37—38) — Men shunday deyman: men — dono To‘nyuquq Oltin yishni oshib keldik; Ban öziim bilgä Tonyuquq Ötükän järig qonmish täyin äsidip... (Ton. 17) — Men o‘zim dono To'nyuquq 0‘tukan yeriga o‘rnashibdi, deb eshitib...
Qadimgi turkiy tilda sodda gaplaming yana shunday tun qo‘llanadiki, harakatni bajaruvchi ega ot turkumidan bo‘lib, ega tarkibida egalik qo‘shimchasi ifodalanmaydi, olmosh — ega kesim bilan shaxsda moslashmaydi. Kesimga esa shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shiladi: Bilgä qaghan atisi Yoligh tigin män aj artuqi tört kün olurup bitidim bädiztim (Bx 1) — Bilga xoqonning jiyani Yo‘llig‘ tigin men bir oy to‘rt kun o'tirib, bu yozuvni bitidim, bezatdim; Türk bilgä qaghan bu ödkä olurtim (Ktk, 1) — (Men) turk dono xoqoni bu taxtga o‘tirdim; (Bilgä) qaghan bitigin Yoligh tigin bitidim (Bx 1) — (Bilga) xoqon bitigini (men) Yo‘llig tigin bitidim.
Sodda gap tarkibidagi eganing qaysi shaxsga taalluqli ekani jumla mazmunidan anglashilib turadi. Quyidagi gapning egasi shakl tomondan III shaxsga taalluqli bo‘lsa ham, mazmunan birinchi shaxsga tegishli bo‘lib, kesim bilan moslashadi:
Bu törtünç tägzïnç nom ärdinig irinç ç(a)xshapit mänggäl toyin awqyang ismin radna wçir ikägü nüng ötügingä Sin taghiqu kün tolu bolti (Oy, IV, 74a) — Mazkur to‘rtinchi to‘plam no‘m xazinasini ojizona va’da (bilan) baxtli rohib Avqang Ismin (va) Radnavachir — ikkovining iltimosiga ko‘ra, sakkizinchi — tovuq kuni toiiq tamomladi.
Bu gapda baxtli rohib — ega vazifasida kelgan.
Qadimgi turkiy tilda eganing jo‘nalish kelishigida qo‘llangani ham diqqatga sazovordir: Içra ashsiz, tashra tonsiz (Ktk, 10) — Ichi oshsiz, tashi to‘nsiz.
Inversiya hodisasi tufayli gap o‘rtasida undalma, gap so‘ngida esa ega qoilanadi: Ärtïngü tanglançigh mungadinçigh titir t(ä)ngrim bu nom ärdinning tütrüm taring yörügi (Oy, 11, 28a) — Nihoyatda ajoyibu g‘aroyib deyiladi, ey tangrim, bu no‘m xazinasining mazmundor talqini!
Eganing bu tartibda qoilanishi matnning xususiyatiga bogiiq, ya’ni emotsional nutqdagina shu tartibda qo‘llanishi mumkin.
Bir tarkibli gaplar bir bosh bo‘lak orqali ham ifodalanadi, ammo bu bo‘lakni ega ham, kesim ham deb bo‘lmaydi. Noto‘liq gaplardan farqli ravishda bir tarkibli gaplarda “etishmaydigan” bosh bo‘lak kontekstdan ham, gap vaziyatidan ham anglashilmaydi. Bu gap xususiyati, asosan, qadimgi turkiy tilda vokativ gaplarda bor: 1 Namo Buddaya. Namo Darmaya. Namo Sangaya (Oy, I, la, II, la) — Buddaga ta’zim. Darmaga ta’zim. Sangaga ta’zim.
Gapning bu turi — ifoda usuliga ko‘ra bir a’zoli gap, tinglovchi va so‘zlovchi tomonidan turlicha qabul qilinishi mumkin: so‘zlovchi uchun psixologik kesim hisoblangan harakatni tinglovchi ko‘proq ega sifatida qabul qilishi mumkin2.
Bir tarkibli gaplarning bir turi — shaxsi noaniq gaplarda harakatning yoki holatning bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi. “Oltin yorug‘”da bu gap turi ko‘p qo‘llanadi: Bu titir ornanmamaqligh nirvan (Oy, II, lib) — Bu deyiladi joylasha olmaydigan nirvon; Kinki tüzünlärkä ötük bolsun (Oy, I, 18b) — Keyingi aslzodalarga iltimos boMsin; Kïnkïlärkä ulanmaqi bolsun (Oy, IV, 74b) — Keyingilarini davom ettirish nasib bo‘lsin; Yämä qutlugh bolsun (Oy, IV, 74a) — Qutlug‘ bo‘lsin.
Shart ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap va bosh gapning kesimi shaxsda moslashmaydi: ol yirgärü barsar, türk bodun öltächisän (Ktk, 8) — U yoqqa borsang, (ey) turk xalqi, o‘lasan. Män qazghanmasar türk bodun öltächi ärti (Mch, 33) — Men g'alaba qilmaganimda, turk xalqi o‘ladigan edi.
Aslida bunday vaziyat ergash gapning gap boiagidan boshqa narsa boimaganligini ayon qiladi. Ergash gap mustaqil gap sifatida shakllangan, deb xulosa chiqarish uchun ergash gapning kesimi shaxsda shakllanishi kerak degan qoida qabul qilingan.
Quyidagi gapda esa ega va kesim shaxsda moslashganda, shaxs- son qo‘shimchasi, hozirgi turkiy tillardan farqli ravishda, tarkibli kesimning birinchi qismiga qo‘shiladi: Ya Kuu tau, tinlighlarigh ölürtting ärsär, y(ä)mä ämin yürüntägïn tlikäl qilghali udung (Oy, I, 8a) — Ey Ku tau, jonzotlarni oidirgan boisang ham, yana buning davosini oxirigacha qilgani bel bog‘lading.
-duq, -tiq shaklli sifatdosh kesim vazifasida kelganda ham ergash gapda shaxs-son qo‘shimchasi ishlatilmaydi: Män qazghantuq üchiin türk bodun qazghanmish ärinch (Mch, 33) — Men g‘alaba qilganim uchun turk xalqi g‘alaba qilgan, shekilli.
Ko‘chirma gaplar o'rtasida ayrim hollarda qo‘shimcha axbo- rot tashish uchun gaplar qoilanadi: Bän äbgärü ttishäyin tidi. Qatun yoq bolmish ärti. Ani yoghlatayin tidi (Ton, 30—31) — “Men uyga boray”, dedi. Malika vafot etgan edi. “Uning marosimini o‘tkazay”, dedi.
Qadimgi turkiy tilda inversiya hodisasi ham uchraydi. Odatda, logik uig‘u olgan undalma gap oxirida keladi. Bunday holat ham og‘zaki nutqning mahsulidir: Ötükän jish olursar bangu äl tütä olurtachi san tiirk bodun(Ktk, 8) — 0‘tukan yishni manzil qilsang, abadiy davlatni saqlab turasan, (ey) turk xalqi. Ot kesim gap boshida keladi: Bu ciriir köngültäkï kkïrlärïg kïtärïp nom tözïn aritmaqqa tayanip dyan bramitigh bütürmäk (Oy, IV, 23b, 5-8) — Shudir ko‘ngildagi kirlarni ketkazib, no‘m mohiyatini 'toza qilmoqqa umid bog'lab, mushohada qilish fazilatini paydo qilmoq (degani).
Qadimgi turkiy tilda har bir uyushgan boiak grammatik jihatdan shakllangan boiadi. Quyidagi gap boiaklari uyushib keladi:
kesim uyushadi: Qamugh baliqqa tagdim, qunladim, altim (Ung,
— Hamma shaharga yetib bordim, talon-taroj qildim, bosib oldim.
“Oltin yorug‘” dostoni tilida kesimning uyushib kelishi ancha faoldir: ... çin kïrtü arigh süsüg tözïn örtärlär kkiriktüriirlär(Oy, IV, 22b 5-6)
... chinakam, haqiqiy, pok ildizini kuydiradilar, kir qiladilar; ... armaqsizin sünmäksïzïn y(i)ti qinigh qatighlanmaqin tawranurlar qatighlanurlar(Oy, IV, 18b 11-12) — ... charchamasdan, to‘xtamasdan, jiddiy qoniqish (bilan) intiladilar, harakat qiladilar.
b) to'ldiruvchi uyushib keladi: jilqisin, barimin, qizin quduzin kälirtim (Mch, 15) — yilqisini, mol-mulkini, qizini, ayolini olib keldim; ... tört türlüg ärïktä simtaqsizindyanta ürükün amilinärürlär (Oy, IV, 22a 8-10) — to‘rt turli kuch-qudrat bilan, tirishqoqlik bilan, mushohada (qilish) bilan doimo sukut saqlaydi.
d) aniqlovchi uyushib keladi: közürt körmädük qulqaqin äsidmädük bodunimin (Mch, 11) — Ko‘zi bilan ko‘rmagan, qulog‘i bilan eshitmagan xalqimning... ; bu on türlüg çinju tïgmä ärtüktäg çin kirtü arigh silziig köngül tözi'n aritmaqlari üzä ürük uzati simtaghsizin dyanta iirükïn amilin ärürlär (Oy, IV, 23,1—5) — bu o‘n turli Chinzu degan yashirin chinakam, haqiqiy, pok, toza ko‘ngil mohiyatini pok qilmoqlari bilan, doimo tirishqoqlik bilan mushohada qilish orqali xotirjam bo‘ladilar.
Qadimgi turkiy tilda qo‘shma gaplar mazmun jihatdan hozirgi turkiy tillardagidan farq qilmaydi. Faqat ergash gapli qo‘shma gaplarning hosil bo‘lishida täjin, tip kabi bog‘lovchi so‘zlar va ani üchün ergashtiruvchi bog‘lovchisi ishtirok etadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda ergashuv munosabati tä-//ti- boglovchi so‘z orqali ifodalanganda, odatdagi sxema quyidagicha bo‘ladi: ergash gap + täjin + bosh gapning kesimi.
Mazkur boglovchi so‘z aniqlik maylidagi fe’l kesimdan va ot kesimdan keyin kelganda, quyidagi mazmun munosabatlarini ifodalaydi:
izoh munosabatini: tashra jorijur täjin kü äsidip (Ktu, 11—12) — Tashqarida yuribdi deb xabar eshitib... tägmäçimän täjin saqintim (U,
— Hujum qilmayman, deb o‘yladim.
sabab munosabatini: arghish idmaz täjin sülädim (Mch, 25) — Karvon yubormaydi, deb hujum qildim.
Bu fe’l istak va buyruq maylidagi fe’ldan so‘ng maqsad munosabatini ifodalaydi: bodunigh igidäjin täjin... (sungushdim) (Ktu, 28) — xalqini bo‘ysundiray deb (lashkar tortdim).
Täjin turli holat munosabatlarini ham ifodalaydi: Qangim bagha tängrikän täjin anta jorimish isig küchig barmish (U, 5) — Otam Bag‘a tangrikan deb u yerda yurgan, mehnatini, kuchini bergan.
Qadimgi turkiy tilda tip (deb) shakli ham asosan, izoh, sabab va maqsad munosabatlarini ifodalaydi:
izoh munosabati: jaghuq ärsär ädgü aghi birür tip ancha boshghurur ärmis (Ktk, 7) — yaqin bo‘lsa yaxshi ipak beradi, deb shunday pishiqlar ekan.
sabab munosabati: jadagh jabiz bolti tip alghali kälti (Mch, 32)
yayov, kuchsiz bo‘ldi, deb (bizni asirga) olgani keldi;
d) maqsad munosabati: ani anitajin tip sülädim (Mch, 41) — uni jazolayin deb lashkar tortdim.
Kesim buyruq va istak maylidagi fe’ldan ifodalanganda, ti- fe’li maqsad munosabatini ifodalaydi:
Ba’zan ti- fe’li bog‘lovchi ma’nosida emas, balki leksik ma’nosini saqlagan holda qo‘llanadi: kimkä älig qazghanurman tir ärmis (Ktu, 9)
Kimga davlatni egallab beryapman, der ekan.
Qadimgi turkiy yodgorliklarning sintaktik—stilistik xususiyatlari o‘ziga xosligi Kul tigin va To‘nyuquq yodnomalari qiyosida ko‘rinadi. Garchi leksik qatlamda va morfologik tuzilishida bu yodgorliklar o‘rtasida yaqinlik bo‘lsa ham, sintaktik qurilishida farqlar bor. Har ikkala yodgorlik deyarli bir paytda — VIII asrning boshida yaratilgan. Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalaridagi tantanavor, ko‘tarinki, epik sokin uslub To‘nyuquq yodnomasining o‘tkir munozara uslubiga qarama-qarshidir. Kul tigin yodnomasidagi epik sokin va ko'tarinki uslub, birinchidan, mazkur yodgorliklar muaÜiflarining matn tuzish mahoratiga, ikkinchidan, yodnomalarda voqealarni bayon qilish usullariga bog‘liq. Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalarining mualliflari Yo‘llig‘ tigin bo‘lib, goh turk xalqining g‘alabalari, gohida magiubiyatlari to‘g‘risida voqealarni hikoya qilganda, bayon usuli ham almashadi — epik sokinlikdan kuchli hayajonga, kuchli hayajondan afsus-nadomatga o‘tadi. To‘nyuquq yodnomasining muallifi To‘nyuquqning o‘zi boiib, asarning boshidan oxirigacha bayon usuli deyarli o‘zgarmaydi.
Qadimgi turkiy yodgorliklarda ergashtiruvchi vosita sifatida bogiovchilarning ishtirok etmasligi oddiy holatdir. Bogiovchisiz qo‘shma gaplar mazmun va ohang jihatidan bir butunlikni tashkil etadi. Qo‘shma gap qismlari bog‘lovchilar yoki bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yordamida emas, balki sof sintaktik vositalar orqali bog‘lanadi. Bunday holatda tashqi tomondan qo‘shma gap qismlarida mazmun va ohang tugalligi bo‘lmaydi, kommunikativ mustaqillik ham ifodalanmaydi.49 Qadimgi turkiy tilda bog‘lovchisiz ergash gapli qo‘shma gaplar aksariyat hollarda ikki qismdan tashkil topgan boiib, har ikkalasi ham mustaqil gap sifatida shakllangan. Qo‘shma gapning boshqa turlaridan farq qiladigan jihati ham shunda. Qismlardan biri ergash gap, ikkinchisi bosh gapdir.
Qadimgi turkiy tildagi bog‘lovchisiz ergash gapli qo‘shma gaplarning yana bir xususiyati shundan iboratki, bosh gap fe’l kesimining leksik ma’nosi ergashish mazmunini aniqlashtirib, yuzaga chiqaradi. Ergash gapni boshga gapga bogiovchi fei kesimlarga nutq feilari va his- tuyg'u ma’nosini ifodalovchi feilar kiradi. Qo‘shma gapning ergash gap qismi bosh gapga bogianganda, yuqoridagi tur feilarning leksik ma’nosini bosh gap yuzaga chiqaradi.
Bogiovchisiz ergashish qadimgi vositalardandir. Bu vosita shart mayli shakli bilan bir qatorda bogiovchisiz ergash gapli qo‘shma gapni hosil qiladi50.
Bogiovchisiz ergash gapli qo‘shma gaplarning xarakterli xususiyat- laridan yana biri shuki, bosh gapning kesimi yuqoridagi nutq fe’llaridan biri bilan ifodalanganda, qo'shma gapning bosh va ergash gap qismlari joylashuvi erkin boiadi. Bunday paytda qo'shma gapning qaysi qismiga urg‘u berilsa, o‘sha qismi mazmun tomondan asosiy o‘ringa chiqadi. Qadimgi turkiy tildagi qo‘shma gapning shu tartibda tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, ergash gap — birinchi, bosh gap — ikkinchi o‘rinda kelishi mumkin. Kesim his-tuyg‘u ma’nosini ifodalovchi feilar bilan ifodalanganda esa ko‘pincha bosh gap birinchi o‘ringa chiqadi. Qadimgi turkiy tildagi ergash gapli qo‘shma gaplarda bu xususiyat fors tilidan kirib kelgan ki, çiinki, zira kabi ergashtiruvchi bogiovchilarning turkiy tillarda tez o'zlashtirilishi uchun zamin hozirladi. Misollarga murojaat qilaylik:
Nutq feilari.