So‘z!aniing morfologik usulda yasalishi So‘zlarning morfologik usulda yasalishi o‘zak yoki yasama so‘zga yangi bir so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan boshqa bir so‘z hosil qilinishidir.
Turkiy tillar tarixida, yozma yodgorliklar tilida so‘zlar qat’iy qonunlar asosida yasalgan. Yasama so‘z ma’no jihatdan o‘ziga bog‘liq bo‘lgan o‘zakdan, o‘sha so‘zning har qaysi emas, aynan tutash ma’noli semasidan urchiydi. Agar yasama so‘zning morfem sostavi chuqur tahlil qilinsa, o‘sha ildizga yetib boriladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida “o‘tni yulish jarayoni”ni anglatuvchi otaq so‘zi “o‘tni yul-” ma’nosidagi ota- fe’lidan, u esa “o‘simlik” anglamidagi ot so‘zidan yasalgan. Yodgorliklarda otacï degan atama uchraydi, “tabib, davolovchi” degani. Bu so‘zning o‘zagi “o‘t, o‘simlik” emas, balki “dori, em” ma’nosidagi ot dir, undan ota-, ya’ni “davola-“ fe’li, unga -cï qo‘shimchasini qo‘shib otacï oti yasalgan. Demak, otacï so'zining ildizi “davolamoq” ma’nosidagi ota-, uning negizida “dori” ma’nosidagi ot ga boglanadi. Yodgorliklar tilida, boshqa bir ota- fe’li ham uchraydi, masalan: otuq ota- deydi, bu “o‘tin qala-, o‘tin yoq-” degani. Endi bu fe’l “o‘t, olov” anglamidagi ot dan. Hozirgi o‘zbek tilida otaw degan so‘zimiz bor, bitiglardagi ko‘rinishi — otag. Hozirgi ma’nosiga qaraganda, bu so'zning o‘zagi, harqalay, “olov” ma’nosidagi ot dir. Undan “o‘t qala- “ ma’nosidagi ota-, unga joy nomi yasovchi -g qo‘shimchasini qo‘shib, otag so‘zi yasalgan, bu “o‘t yoqib qishni o‘tkazadigan joy” ma’nosini beradi. Qiyoslang: qïslaq (Hozirgi ayrim o‘zbek shevalarida “dazmol”ni iitük deydi. Bu so‘z o‘zagining “olov” ma’nosidagi ot ga bog‘liqligi yo‘q. Chunki, Mahmud Koshg‘ariy uni ütük shaklida keltirgan (Agar bu so‘z ot dan yasalganida uni singarmonizm qoidasiga ko‘ra otuq shaklida keltirgan bo‘lur edi). Ahamiyatlisi, Koshg‘ariy devonida ütidi fe’li ham keltirilgan (MK, III, 268), bu «dazmolladi» degani. Demak, ütük o‘sha fe’ldan ekanligi ayon. Qiyoslang, Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida ta’kidlanishicha, “tit— kallanï otqa tutup tükin art'tur ma’nodadur”.
Yana quyidagi misollarga e’tibor bering: rangni bildiruvchi yasïl — “yosh, yangi” ma’nosidagi yas so'zidan yasalgan (yas-ïl). E’tiborga sazovorki, “Qutadg‘u bilig”da osmonning sifati yasïl so‘zi bilan berilgan: yasïl kök. Ko‘k turk bitiglarida uni kök täijri deydi: kök — rangni bildiradi, täijri esa “osmon” degani. “Qutadg‘u bilig”da osmonga nisbatan qoilanilgan yasïl sifati, o‘t, maysa rangini emas, balki “tiniq, beg‘ubor” ma’nosini beradi: yasïl kök — “tiniq, musaffo osmon”.
Umr vaqti anglamidagi yas ham ayni so‘zdan urchigan; umrning muayyan vaqti: bir yas — insonning bir yillik umri. yas, yas yigit, yas bala deyilganda “hali ko‘p yashamagan, o‘smir” tushuniladi (chog‘ishtiring, qadimgi turkiy tilda: yaslïg — yoshi katta, keksa; yaslïg er — keksa kishi. Hozirgi turk tilida: yaslï (yas-lï) — “keksa, uzoq yashagan kishi”). Yasa (yas-a) fe’li ham ayni o‘zakdan. Endi yasïn, yasna (Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishida so‘zning ichki va tashqi tomoniga e’tibor qaratiladi. So‘zning ichki tomoni ma’no, semantika bilan bog‘liq. Tashqi belgisi uning tovush tomonidar. Qadimgi turkiy tilda yasama so‘z ana shu ikki jihat birligidan yuzaga kelgan. Demak, o‘zak bilan yasalgan negiz o‘rtasida ham ma’no, ham fonetik jihatdan bog‘liqlik bo‘lmog‘i kerak.
Yodgorliklar tilida so‘z yasovchi affikslarning vazifasi muhim. Har bir afflks, o‘ziga tegishli doirada harakat qiladi, muayyan ma’noni anglatuvchi so‘zlar guruhini yasaydi, chegaradan chiqmaydi. Sinonimiya qurshoviga tushgan taqdirda ham, eshi yo‘l bersagina, uning vazifasini bajaradi.
Yana har affiksning fonetik variantlari ham bo‘ladi. Variantlaming bari “bir afïïks”, har qaysisi “o‘sha affiksning ko‘rinishi” deb qaraladi. Ular o‘zakka singarmonizm qonuni asosida birikadi; biri boshqasining o‘rnida kela olmaydi. So‘zning morfem qurilishini tekshirganda bu qonuniyatlarni unutrnaslik kerak.
Qo‘shma so‘zlar va ularning yasalishi Turkiy tillar tarixida so‘z yasashning analitik usuli ham amal qilgan. Bunday usul bilan yasalgan so‘zlar yodgorliklar tilida keng qo‘llaniladi.
Ko‘k turk bitiglarida: beijgütas, bitigtas — bitigtosh, sübasï — lashkarboshi. AH da: qarabas — cho‘ri, xizmatkor.
Ko‘k turk bitiglarida qutb otlari ham shunday usulda yasalgan: kiin togsuq — kun chiqar (Sharq), kün ortusï — Janub, kün batsïq — kun botar (G‘arb), tün ortusï — Shimol.
Qadimgi turkiy tilda qo‘shma so‘z holida yasalgan yer otlari (toponimlar), daryo va ko‘l otlari (gidronimlar) ham tez-tez uchrab turadi: Temir qapïg, Qaraqum, Qara köl, Yincü ögüz, Yasïl ögüz.
Qo‘shma so‘z holida yasalgan toponimlar ko‘proq joy nomini bildiruvchi so‘zlardan tuzilgan bo‘ladi.
Qadimgi turkiy tilda “shahar” ma’nosida balïq, ulus, kän~ken, kent~kend, ordu so‘zlari qo‘llangan. Bu so‘zlarni ba’zi shahar otlarining tarkibida ham uchratamiz. Masalan: Besbalïq, Quzulus, Quzordu. Yoki: Ötükän, Tärkän, Äbäkän, Cimgän otlari tarkibidagi kän~ken~gän ham, chamasi, “shahar” ma’nosini anglatadi.
Quzulus, Quzordu ham qo‘shma so‘z holidagi toponimlardir. Chunonchi, Mahmud Koshg‘ariy ulus so‘ziga izoh bera turib, yozadi: bu so‘z chigillar shevasida “qishloq”ni anglatadi. Balasag‘un va ularning yuqori yonidagi arg'ular tilida “shahar” demakdir. Shuning uchun Balasag‘un shahrini Quzulus deydilar (MK, I, 94). Olimning boshqa bir o‘rinda qayd etishicha, bu shaharning Quzordu nomi ham bo‘lgan (MK, I, 145).
Quzordu “Qutadg‘u bilig”ning uyg‘ur yozuvli hirot qo‘lyozmasida ham uchraydi: Munungï turuglag Quzordu eli (Uning turar yeri Quzo‘rdu elidir)(QB, 7). Bu jumlada asar muallifi Yusuf Xos Hojibning tug‘ilgan yeri — Quzo‘rdu (ya’ni Balasag‘un) nazarda tutilmoqda.
Quzulus, Quzordu nomlari tarkibidagi quz, aftidan, “kunga ters”, “kun botar” ma’nolarini bildiradi. Chog‘ishtiring: Mahmud Koshg‘ariy lug'atida: quz tag — tog‘ning quyosh tushmaydigan joyi (MK, III, 196); hozirgi o‘zbek tilida: küngäy — kun tushadigan joy; quzgay — kunga teskari joy. Yoki turkchada: Güney — Janub, Kuzey — Shimol. Shundan kelib chiqib, Quzulus, Quzordu — “kun botardagi shahar” degan ma’noni bildiradi,
Endi Besbalïq haqida. Mahmud Koshg'ariyning yozishicha, bu uyg‘ur viloyatidagi besh shahardan biridir (MK, I, 136).
Bu nomning etimologiyasi haqida Koshg‘ariy yozadi: balïq — johiliya davridagi turklar va uyg‘urlar tilida “shahar”. Uyg‘urlarning eng katta shaharlariga Besbaïïq deyilishi shundandir. Besbaïïq — “besh shahar” demakdir. Uyg‘urlar boshqa bir shaharlariga Yangïbalïq — “yangi shahar” deydilar (MK, I, 360).
Shahar nomlarining yasalishida, ba’zan, Markaziy Osiyo xalqlari tillarida yagona prinsiplar amal qilganligini kuzatamiz. Masalan: Besbalïq — turkiy nom, Panjkent — forsiy.
Qo‘shma so‘z shaklidagi kishi otlari ham bor. Masalan, Qutlubars, Qulbars, Aybars, Qaraqus, Alaqus, Aydogdï, Kündogdï, Kündogmïs, Qustemiir, Esändemür, Temürxan, Temürtas.
Murakkab fe’l: saw “so‘z, gap, xabar” degan ma’noni beradi. Bundan: saw älit— xabar yetkazmoq, saw k(ä)lür— so‘z tashimoq.
So‘zlarni juftlash orqali yangi so‘z yasash So‘zlarni juftlash yo‘li bilan yangi ma’no hosil qilish, asosan, badiiy matnlarga xos.
Ko‘k turk bitiglarida ot va sub so‘zlari juft holda qo‘llanib, “dushman, yov” ma’nosini anglatadi: biriki bodunug ot sub qïlmadïm
birikkan xalqni (bir-biriga) o‘t-suv [ya’ni yov] qilmadim (K, 27).
Bitiglarda yer va sub so‘zlari juft holda qo‘llanib, “tuproq, o‘lka, yurt, vatan” ma’nosini anglatgan: Kögmän yer-sub idiziz qalmazun tiyin — Ko‘gman yer-suvi egasiz qolmasin deya (K. 20). Tägri Umay ïduq yer-sub basa berti erinc — Tangri Umay bilan yer-suv(imiz yovni) bosib berdiku (Ton, 38).
Alqïs so‘zi “olqish, maqtov, madh” degan ma’noni anglatadi. U alqïs ötüg shaklida ham qo‘llaniladi, bunda “ibodat, duo” degan ma’noni bildiradi.
Yoki: äw so‘zi “uy” degani, matnlarda äw barq shaklida ham qo‘llaniladi, bu shakli “uy-joy, turar joy; ro‘zg‘or” ma’nolarini beradi. Shuning singari: anïg yawlaq — yomon, bo‘lmag‘ur, a§ ickü — ovqat, iä tus — teng-to‘sh, o‘rtoqlar, og‘aynilar.
Adas so‘zi “o‘rtoq” degani, matnlarda ada§ qudaä shaklida ham
qo‘llaniladi, bu “do‘stlar, yor-u birodorlar” ma’nosini beradi.
Yoki ät — “go‘sht, tana”, öz — “o‘zlik”, ätöz esa “vujud, jism, tana” ma’nosini beradi.
QB, 6 da: tüs-teq. So‘z tarkibidagi tüs ham “teng” ma’nosidadir, tüs-teg — “tengdosh, barobar” degani. Yoki, yana solishtiring, hozirgi o‘zb.: teijqur. Qadimgi turkiy tilda: qur — “esh, teng” degani. X. 36 da: qur boltï — esh bo‘ldi.
Hozirgi o‘zbekchada uwalï-juwalï so‘zimiz bor. Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi uya so‘ziga bog‘lanadi. Qadimgi turkiy tilda uya ikki ma’noda qo‘llanilgan: 1) birodar, yaqin kishilar, tug'ishganlarni anglatgan (E, 15, 3; MK, I, 113). Bu so‘z Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarida ham uchraydi: Ata bir, ana bir, uyalar, bu xalq — Ota bir, ona bir, barcha xalq qardosh, birodordir (AH, 291). Asar ko‘chirilgan davr tilida uya so'zining “birodor, do‘st” ma’nosi unutilgan ko‘rinadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak asarning C nusxasida uyalar so‘zining ostiga birädarän deb yozib qo‘yilgan. 2) “yashash joyi, uya” ma’nosini anglatadi. Masalan, IB, 31 da: uya — in, uya.
Uya so‘zining “yashash joyi, uya” ma’nosi hozirgi o‘zbek tilida ham bor: Qus uyasïda körgänini qïladï. Turk tilida bu so‘z yuva shaklida qo‘llanmoqda: Yuvayï yapan disi qustur (Uyani qurgan moda qushdir). Hozirgi o‘zbek tilidagi uwalï-juwalï tuzilishiga ko‘ra juft so‘zdir: uwa~yuwa~juwa — bir so‘zning turli fonetik variantlari bo‘lib, u “avlod, tug‘ishganlar” ma’nosini beradi. Uwalï-juwalï so‘zi tarkibidagi birinchi -lï qadimgi turkiy tilda amal qilgan teng bog‘lovchining qoldiq shaklidir. Keyingisi esa hozir sifat yasovchi sifatida tushuniladi. Ushbu so‘z ayni shaklda “serfarzand, avlodli” ma’nosida.
Yozma yodgorliklarda so‘zlami takrorlash yo‘li bilan ham yangi ma’no hosil qilinadi. Masalan, adruq — “ayri” degani, matnlarda adruq adruq shaklida ham qo‘llaniladi, bu “turli, har xil” ma’nosini beradi.
SO‘Z TURKUMLARI