Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə20/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Tayanch tushunchalar: so ‘zjarning turkumlanish prinsiplari, mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so ‘z turkumlari.
Otlarda ko ‘plik, egalik, kelishik.
Fe ’lning vazifadosh shakllari: sifatdosh, ravishdosh, masdar alomati; fe ’lning buyruq-istak shakli, shart ko ‘rsatkichi, bo ‘lishli-bo ‘lishsizlik, fe ’l nisbatlari, shaxs- son ko ‘rsatkichlari, fe ’l zamonlari.
OT
Otlarning yasalishi
Morfologik usulda otlar ikki xil asosdan — ot(ismlar)ga va fe’llarga yasovchi qo'shimchalar qo‘shish yo‘li bilan yasaladi.
Otdan (ismlardan) ot yasovchi qo‘shimchalar. Bular:
-cï, -ci affiksi. Ushbu qo‘shimcha kasb-kor, yumush egasi ma’nosini anglatuvchi ot yasaydi. Ko‘k turk bitiglarida: yogcï — azachi, sïgïtcï — yig‘ichi, aygucï — maslahatchi, yerci — yerni (hududni) yaxshi biladigan kishi; Huast. da: nomcï — diniy ta’lim beruvchi, pir, ustoz; ötägci — qarzdor, ba’zan ötägci birimci shaklida ham qo‘llaniladi; tägrici — xudojo‘y, dindor; MK da: otacï — tabib, tarï'gcï — dehqon, emci — shifokor , etükci — etikdo‘z; AT da: suwcï — dengizchi, kemäci — kema boshlig‘i, kapitan.
Alisher Navoiyning yozishicha, mansabning yo hunarning va yo peshaning izhori uchun ba’zi so‘zlar so‘ngida -cï, -ci qo‘shimchasini orttirurlar. Mansabda andoq-ki: qorcï, sucï, hiza:nacï, keräk yaraqcï, cögänci, nizäci, sükürci, yurtcï, silänci, axtacï; hunar va peshada andoq- ki: quscï, barscï, qoruqcï, tamgacï, jibäci, yorgacï, xalvacï, kemäci, qoycï. Qush hunarida ham bu istiloh bordir. Andoq-ki: qazcï, quscï, turnacï, kiyikci, tawusqancï (ML, 178).
-das~5as, -däs~8äs affiksi. QB da: qa8as — qarindosh, qoldas — qo‘ldosh, köijüldäs — ko‘ngildosh; MK da: qarïndas — qarindosh, yerdäs — yerdosh, bir yerlik, emiikdäs — emikdosh, bif onani emgan.
-lïq, -lik, -lïg, -lig / -lug, -lük, -lug, -lüg affiksi. QB da: qarilïq — qarilik, ulugluq — ulug‘lik, saglïq — xushyorlik, yaruqluq — yorug‘lik, yigitlik — yigitlik, esänlik — esonlik, cecäklik — gulzor; MK da: tawarlïq
xazina, aclïq — ochlik, qagunluq — qovun poliz, tarïglïq — ombor, eliglik — qo‘lqop, közlük — ko‘zoynak; AH da: cïgaylïq — qashshoqlik, suqluq — suqlik, toqluq — to‘qlik.
-cuq affiksi. KTT, 24 da: yancuq — to‘rva.
-duruq, -düriik / -turuq, -türük affiksi. KTT da: kömüldiirük — otning ko‘krak yopqichi. Hozirgi o‘zb.: boyunturuq.
-duq, -dük affiksi. MK da: burunduq — tuya anjomi, boshbog'. -daq, -däk affiksi. MK da: bagïrdaq — siynalik.
-cuq, -cük affiksi. MK da: yancuq — kissa, hamyon, örcük — o‘rama soch.
-qay, -gay, -käy, -gäy affiksi. Hozirgi uyg‘ur.: täskäy (täris-käy), küngäy; o‘zb.: terskäy, küngäy; quzgay.
-duz, -düz / -tuz, -tiiz affiksi. QB da: yulduz (qiyoslang, taqlidiy so‘z: yalt-yult), kündüz.
Fe’ldan ot yasovchi qo'shimchalar. Bular quyidagilardir:
-q, -k / -g, -g affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: otlaq — o‘tloq, tösäk — to‘shak; qapïg — eshik, darvoza (QB da: qapug), körüg — kuzatuvchi, josus; QB da: kecik — kechuv joyi, tiläk — tilak, yöläk — yordamchi, bezäk — bezak, tapug — xizmat, bilig — bilim, aytïg — savol; MK da: qïslag — qishloq, yaylag — yaylov, suwlag — suv toshgan yer, tarïglag -ekinzor, quslag — qushlar makoni, tutug — garov, qonuq — mehmon; AH da: qïlïq — odat; ölüg — o‘lik, tirig — tirik.
Navoiyning yozishicha, mazkur qo‘shimchani mahal va makonga qo‘shib, bir fasl yo bir amrga mansub qilurlar. Andoq-ki: qïslaq, yaylaq, awlaq, quslaq (ML, 178).
Yoki yana solishtiring, hozirgi o‘zb.: qïslaq, yaylaw (-m affiksi. QB da: alïm — olim, berim — berim; MK da: aqïm — oqim, sagïm — sog‘im, tizim — tizim, bog1, bicim — bichim, ölüm — o‘lim. Hozirgi uyg‘ur.: qatlam, aldam — aldov, baglam, uqum — tushuncha, kiyim, ösüm — o‘sish,
-maq, -mäk affiksi. MK da: caqmaq — chaqmoq, qïsmaq — ilmoq. -qïn, -gïn / -qun, -gun, -kin, -gin / -kün, -gün affiksi. MK da: tutgun — tutqin, qacgïn — qochqin. Hozirgi o‘zb.: basqïn, tasqïn, yangïn, ucqun, yalqïn, köckin, sürgiin, epkin.
-qan, -kän -gan, -gän affiksi. Hozirgi uyg‘ur.: tuqqan — tug‘ishgan, qapqan, ceqïlgan — chaqmoq.
-qïc, -gïc, -kic, -gic / -quc, -guc, -küc, -güc affiksi. Buyum, narsa, qurol otini yasaydi. Ko‘k turk bitiglarida: acquc — ochqich, kalit; MK da: bïcguc — qaychi. Hozirgi o‘zb.: qïrgïc, ocïrgïc (-qaq, -gaq, -käk, -gäk affiksi. QB da: yatgaq — qorovul, turgaq — soqchi; MK da: orgaq — o‘roq, turgaq — sir oluvchi qo‘shin, tirsgäk — tirsak.
-ma, -mä affiksi: MK da: tügmä — tugma, süzmä — suzma, kesmä
soch kesmasi. Hozirgi o‘zb.: surma, qatlama, süzmä.
-qu, -gu, -kü, -gü affiksi. MK da: bïcgu — pichoq, süpiirgü — supurgi, külgü — kulgu; QB da: yegü — yegulik, kedgü — kiyim.
-n affiksi. MK da: aqïn — sel, yïgïn — yig‘in, ekin — ekin, egin — yelka, kift, bogun — bo‘g‘un; QB da: tügün — tugun. Hozirgi uyg‘ur.: eqïn — sel, jïgïn; o‘zb.: yïgïn, otun, quyun, tügün, kelin.
Ushbu affiks joy, makon otini ham yasaydi: qorgan — (qor-ga — «qo‘ri, himoya qil» so‘zidan) — qo‘rg‘on. Yoki, solishtiring: Qazan (-c affiksi. QB da: qïlïnc — qilmish, fe’l-atvor, saqïnc — eslash, sewine — sevinch; MK da: ötünc — qarz, urunc — pora, ökünc — o‘kinch; AH da: sökünc — so‘kinch; Huast. da: yükünc — yukunch (yükün— “yukunmak, sig‘inmoq, topinmoq” fe’lidan).
-s affiksi. MK da: urus — urush, toqus — jang, kurash, cïqïs — foyda, keeis — kechuv; QB da: alqïs — olqish (alqa — “maqta” so‘zidan), qargïs — qarg‘ish (qarga so‘zidan), söküs — so‘kish; AH da: ülüs — hissa.
-man, -män affiksi. MK da: sïqman — uzumni siqadigan vaqt, sökmäm — alp, qahramon.
-ga, -gä affiksi. MK da: bilgä — donishmand, olim, hakim, ögä — aqlli odam, bilimdon.
-sïq, -sïg, -sik, -sig / -suq, -sug, -sük, -süg affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: kün togsuq — kun chiqar (sharq), kün batsïq — kun botar (g‘arb). Qiyoslang, MK da: kün togsug, kün batsïg.
-t affiksi. MK da: ögüt — nasihat, pand.
Ko‘pIik
Qadimgi turkiy tilda ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari, asosan, quyidagilar:
Ko‘plikning -lär, -lar qo‘shimchasi. MK da: bilgälär — donolar, alplar — pahlavonlar, qapuglar — eshiklar. Yoki “Xuastuanift”da: y(a)ruq täqrilär — yorug‘ tangrilar, arïg dintariar — pokiza rohiblar.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining uslubiy talablariga ko‘ra otlardan oldin ularning son ko‘rsatkichi keltirilsa, otga -lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi. Qadimgi turkiy tilda esa bunday o‘rinlarda ham otlarga ko‘plik affiksi qo‘shilishi mumkin. Masalan, “Oltun yorug‘” asarida: iki iciläri — ikki akasi, vie tiginlär — uch shahzoda, iki tigitlär — ikki shahzoda, yeti eniikläri — (barsning) yetti bolasi.
Otlardagi ko‘plik yozma yodgorliklar tilida -n qo‘shimchasi bilan ham yasalgan. Masalan, QB da: türkän — turklar, erän — erlar, mardlar. MK da: oglan ïglasdï — bolalar yig‘lashdi, erän alpï oqïstïlar — mardlar bir-birlarini chorladilar. Yodgorliklarda oglan va erän so‘zlari birlik shaklida ham qo‘llanilgan: oglan suw tökdi — o‘g‘lon suv to‘kdi (MK,
27).
Qadimgi turkiy tilda rudiment holida ko‘plikning -t qo‘shimchasi ham uchraydi. Bunday ko‘plik -n ning -t ga o‘zgarishi bilan hosil qilingan. Masalan, “Oltun yorug‘” asarida: tigin — shahzoda, tigit — shahzodalar. Lekin asarda uning ko‘pligi tiginlär~tigitlär shakllarida ham qo‘llanilaveradi.
Bunday usul bilan yasalgan ko‘plikka yana bir misol: tarqan — tarxon (unvon), tarqat — tarxonlar.
Turkiy tillar tarixida ko‘plik -z affiksi bilan ham yasalgan. Bunga quyidagi so‘zlarni misol keltirish mumkin: meijiz — yuz, köküz — ko‘krak, omuz — yelka, mötjüz — shox, agïz — og‘iz (uning ikki chakakdan iborat ekanligi nazarda tutilgan).
Bunga köz so‘zini ham misol keltirish mumkin. Solishtiring: kör — fe’l (-r — fe’l yasovchi), köz (-z — ko‘plik qo‘shimchasi).
Asli bu so'zlarga -z qo‘shilishi orqali “ikkilik, juftlik” nazarda tutilmoqda. Biroq, turkiy tilda “ikkilik” yo‘q. Biror narsaning bittasi birlikda, ikkinchisi qo‘shilsa, ko‘plikka aylanadi. “Ikkilik” — ko‘p!ik degani. Shunga ko‘ra -z affiksi, ikkilik, juftlik yasovchi emas, ko‘plik yasovchidir.
Biz va siz olmoshlaridagi z ham ko‘plik qo‘shimchasidir. S. Y. Malovning yozishicha, bu olmoshlar quyidagi usulda hosil bo‘lgan: bi+si=biz (men+sen=biz); si+si=siz (sen+sen=siz).
-z qo‘shimchasi fe’llarga qo‘shilib, ularning shaxs va sonini bildiradi. Masalan, tinglovchi birligi bardïi], ko‘pligi esa bardïijïz bo‘ladi. Yoki, ko‘k turk bitiglarida tinglovchi birligi bardïg shaklida qo‘llanilgan: Qagan'üjïn sabïn almatïn yer sayu bardïg. — Xoqoningning so‘zini olmayin har yerga tarqab ketding (Ka, 9). Buning ko‘pligi hozirgi ayrim turkiy tillarda (xususan, tatar tilida) — bardïgïz. Hozirgi o‘zb.: barïsïij keräk, ko‘pligi — barïsïqïz keräk. Yoki: kelii] — keliqlär — kelitjiz. Keligiz so‘zidagi -ii] — hurmatni bildiradi, -iz esa ko‘plikni ifodalaydi.
Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida ko‘plik -agut qo‘shimchasi bilan ham hosil qilingan degan qarashlar bor. Biroq bu qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlar ko‘plikni bildirmaydi. Masalan, STs da: alpagut — pahlavon, bayagut — boyon.
Egalik
Otlarda bir so‘zlovchining egalik belgisi -m affiksidir: basïm, közüm, elim. So‘zlovchi ko‘p kishi bo‘lganda -miz, -mïz qo'shimchasi qo‘llaniladi: basïmïz, közimiz, elimiz, biligimiz, saqïncïm(ï)z.
So‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablangan unlili bo‘lganda ushbu qo‘shimcha ba’zan -muz, -miiz shaklida ham qo‘shiluvi mumkin. Masalan, “Xuastuanift”da: muqumuz, kögülümüz.
So‘zlovchi o‘zi haqida so‘z yuritganda, odatda, öztim deb ishlatadi va bunga qo‘shimcha qilib ta’kidni kuchaytirish uchun ba’zan bän olmoshini ham qo‘shib qo‘llashi mumkin: Kältürtim-ök türk bodunug Ötükän yärkä bän özüm bilgä Tonuquq. — Keltirdim ham turk xalqini 0‘tukan yerga men o‘zim bilga To‘nyuquq (Ton, 17).
Tinglovchi birligining egaligi -r) qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: basi'O, közür), elii].
Tinglovchi ko‘pligining egalik belgisi -qïz, -i]iz / -r)uz, -güz dir: basïijïz, közürjüz, elitjiz.
0‘zga birligining egalik belgisi -ï (-sï), -i (-si) qo‘shimchasidir: basï, közi, eli.
Muhimi shundaki, “0‘g‘uzxoqon” dostonida egalikning o‘zga birligi lab unlisi bilan tugagan bo‘g‘inlarga -u (-su), -ü (-sü) shaklida ham qo‘shilib kelgan: agagusu — qiyofasi, közü — ko‘zi, köküzü — ko‘ksi, ücägüsü — uchalasi. Bunday fonetik xususiyat hozirgi turk tilida ham saqlangan.
0‘zgalar ko‘pligining egaligi qarashlilikning ko‘plik shakliga birlikning egalik belgisini qo‘shib hosil qilinadi. Misol: sözläri.
Turkiy tillar tarixida egalik bu seniq (bu seniki), bu munuq (bu buniki), bu anlamïi] (bu ularniki), bu bizim (bu bizniki), bu siziq (bu sizniki), bu anil] (bu uniki), bu menim (bu meniki) shaklida ham ifoda etilgan. Bu so‘zlardagi -q / -m qo‘shimchasi narsaning asl egasini (kimga qarashli, kimga oid ekanligini) bildiradi.
Egalikning bu shakli hozirgi turk tilida ham qo‘llanilmoqda: bu senindir, bu onlarïndïr, bu sizindir, bu bizimdir, bu benimdir. Yoki, solishtiring, hozirgi o‘zb.: menimcä (-im “men”ga emas, “mening fikrim”ga taalluqli, “fikr”ning “men”ga qarashli ekanligini bildiradi): men(iq fikr)imcä > menimcä. Yoki, yana bir misolni qiyoslang: meniqca. -nig qo‘shimchasi “men”ga taalluqli, -cä esa “mening fikrim”ga taalluqli. Bu o‘rinda egalik qo‘shimchasi -im qisqargan (Turk tilshunosligida benim evim, benim kitabim, ev benim, kitab benim birikmalaridagi -im affiksi tamlama eki (qaratqich qo‘shimchasi) deb emas, balki iyelik eki (egalik qo‘shimchasi) deb ishlatiladi. Turk tilshunosligidagi talqinlarga ko‘ra benim evim, benim kitabim birikma holida kelsagina, isim tamlamasi dir. -im affiksi funksional jihatdan tamlayan eki bo‘lib keladi. ev benim, kitab benim shaklida gapga aylanadi. -im ning olmoshga birikuv usuli ham tarixan menimcä so‘zidagi kabi kechgan.
E’tiborga sazovorlisi shundaki, yenisey bitiglarida siz olmoshiga ham uning kimga qarashliligini bildiruvchi -im qo‘shimchasi qo‘shiladi: sizim “siz mening yaqinlarim” degan ma’no anglashiladi: Quyda quncuyuma, sizim oglumqa bökmädim — Uyda malikalarimga, siz (mening yaqinlar)im, o‘g‘limga to‘ymadim (E, 14, 2).
Hozirgi o'zbek tilida oidlik, qarashlilik -niki qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi: meniki, seniki, unïki, bizniki, sizniki,. -m esa ba’zan she’riyatda, badiiy-ko'tarinki uslubda qo‘llaniladi, xolos.
-niki tarkibidagi -ki oidlikni, mansublikni bildiriivchi (hozirgi grammatikalarda sifat yasovchi deya talqin etilmoqda) affiksdir. Qadimgi shakli: -qï, -gï, -ki, -gi. Qiyoslang, qadimgi turkiy tilda: üzäki — yuqorigi, yayqï — bahorgi. Hozirgi o'zbek tilida: qïski, yazgi, kecki, ertäki, aldïngi, keyingi. Bu misollarda: qïski — “qishga oid, qishga qarashli”, yazgi — “yozga oid, yozga mansub” degan ma’nolarni anglatadi va b. -niki tarkibidagi -ni esa qadimgi -nïi], -nig, -nuij, -nürj qo'shimchasining qoldig‘idir. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlarga -qï, -gï, -ki, -gi qo‘shilishi bilan u ham o‘zgarishga uchragan: meniki (Hozirgi o‘zbek tilida bu, su ko‘rsatish olmoshlarining egalik qo‘shimchalarini olishi natijasida so‘z tarkibida fonetik o‘zgarish sodir boigan: bunïm, bunïi], bunïsï; sunïm, sun'iT), sunïsï so‘zlari tarkibidagi -n- tarixan ko‘rsatish olmoshlari(bul, sul)dagi -1 bo‘lib, tilning rivojlanishi, grammatik qoidalarning qat’iylashuvi sababli -n ga aylangan va har uchala shaxs egalik affikslarini qo‘shishda yana tildangan.
Kelishik
Kelishik kategoriyasi turkiy tillarning bosh qonuniyatlaridan biridir. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida tilirnizning ichki qonuniyatlari, o‘zgarishi oqibatida uning soni ba’zan o‘zgarib ham turgan. Hozirgi tilshunoslikda ularning soni nechta ko‘rsatilayotganidan qat’i nazar, kelishik kategoriyasi turkiy tillarda qadimdan bor, bundan keyin ham saqlanib qoladi. Bu kategoriya boshqa tillarning ta’sirida qisqaradi yoki tildan chiqib ketadi, deb qarash umuman xato.
Kelishik qo‘shimchasi o‘zbek tilida ot, otlashgan so‘zlar, barcha ism guruhiga qo‘shila oladi. Ot, sifat, son, olmoshni ism guruhi deganimiz bilan har birining o‘ziga xos grammatik xususiyati bor. Hech qachon bir turkumga xos kategoriya ikkinchisiga o‘tib qo‘ya qolmaydi. Son, sifat, olmosh asl holatida otga xos qo‘shimchalarni ololmaydi. Gapda awal ot o‘rnini egallaydi, ot niqobiga kirgandan keyingina, uning vazifasini bajarish huquqini oladi va o‘z qurshovida boshqa so‘zlarga ot kabi ta’sir eta boshlaydi.
Qadimgi turkiy tilda kelishiklar soni yettita. Ularning turlari va qo‘shimchalari quyidagichadir:
Bosh kelishik: maxsus qo‘shimchasi yo‘q; otning bosh ko‘rinishi nazarda tutiladi.
Qaratqich kelishigi: -n'ff), -nil] / -nug, -nüt]; -ïi], -ir) / -ut], -üg.
Jo‘nalish kelishigi: -qa, -kä / -ga, -gä; -a, -ä; -garu, -gärü / - qaru, -kärü; -gar, -gär / -qar, -kär; -ru, -rü; -ra, -rä.
Tushum kelishigi: -g, -g (-ïg, -ig / -ug, -üg); -n; -nï, -ni; -ï, -i.
0‘rin-payt kelishigi: -da, -dä / -ta, -tä.
Chiqish kelishigi: -dan, -dän / -tan, -tän / -dïn, -din / -tïn, -tin / -dun, -diin; -da, -dä / -ta, -tä.
Vosita kelishigi: -n (-ïn, -in / -un, -tin).
Qadimgi turkiy tilda qaratqich belgisi -nil], -nil] / -nuq, -nürj bilan birga -ïr), -ii] / -ui], -üi] dir.
Qaratqich ba’zan belgisiz ifodalanishi ham mumkin. Masalan: Körüg sabï antag — kuzatuvchining so‘zi shunday (T6n, 9).
Jo‘nalish kelishigining qo‘shimchasi ham bir necha xil bo‘lgan. Qadimgi turkiy tilda jo‘nalishning -qa, -kä varianti ustun edi. Urxun yodgorliklarida jo‘nalishning -ga, -gä varianti o‘rnida ham -qa, -kä qo‘llanilgan: tagqa — toqqa, qapïgqa — qopig‘qa, yerkä — yerga, ögüzkä
daryoga. Jo‘nalishning -ga, -gä varianti yenisey yodgorliklaridagina qo‘llanilgan: quncuyïmga — bekachimga, edgügä — ezguga.
Yodgorliklar tilida jo‘nalishning -garu, -qaru, -gärii, -kärü qo‘shimchasi keng qo‘llanilgan: oguzgaru — o‘g‘uzga, o‘g‘uz tomon, yoq(q)aru — yuqoriga, ilgärü — ilgariga, ebgärü — uyga. Masalan, To‘nyuquq bitigida: Örjdän qagangaru sü yorïlïm, tämis. — Sharqdan xoqonga lashkar yoilaylik, debdi (Ton, 29). Tabgacgaru Qoni' säijünüg ïdmïs, Qïtarïgaru Toi]ra Sämig ïdmïs. — Tabg‘achga Qo‘ni sangunni yuboribdi, Qitanga To‘ngra Semni yuboribdi (Ton, 9).
Jo‘nalishning -a (-ya), -ä (-yä) affiksi: qaganïma — xoqonimga, bodunuma — xalqimga, qanïqa — xoningga, inimä — inimga, biriyä — o‘ngga, yïraya — so‘lga. Qaganïma ötünüp sü ältdim. — Xoqonimga o‘tinib, lashkar eltdim (Ton, 18).
-ru, -rii affiksi: aijaru — unga qarab. -ra, -rä: tasra — sirtga, tashqariga, icrä — ichga, ichkariga.
Eng eski yodgorliklar tiliga xos bo‘lgan -garu, -qaru, -gärü, -kärü belgisining qoldiqlarini hozirgi o‘zbek tilida ham uchratamiz. Hozirgi tasqaiï, yuqarï, ickäri, teskäri so‘zlaridagi -qarï, -käri qadimgi jo‘nalish qo‘shimchasining qoldiqlaridir (Qadimgi turkiy tilda tushum kelishigining -n; -nï, -ni; -ï, -i affikslari bilan bir qatorda -g, -g (-ïg, -ig, -ug, -üg) affiksi ham keng qo‘llanilgan: bodunug — xalqni, siig — lashkarni, tasïg — toshni, isig — ishni. Masalan, To‘nyuquq bitigida: Turk Bilgä qagan türk sir bodunug, oguz bodunug igidü olurur. — Turk Bilga xoqon turk sir xalqini, o‘g‘uz xalqini boshqarib turibdi (Ton, 62). Altun yïsïg asa kältimiz, Ärtis ögüzüg käcä kältimiz.
Altun yishni oshib keldik, Ertish daryosini kechib keldik (Ton, 37).
Bitiglardan misollar keltiramiz: Elligig elsirätdimiz, qaganlïgïg qagansïratdïmïz, tizligig sökiirtimiz, baslïgïg yüküntürtimiz — Davlatlini davlatsizlantirdik, xoqonlini xoqonidan judo qildik, tizzasi borni cho‘ktirdik, boshi borni yukuntirdik (K. 18). Türgäs bodunug uda basdïmïz. — Turgas xalqini qo‘qqisdan bosdik (K. 37). Cïgari bodunug bay qïltïm, az bodunug öküs qïltïm. — Qashshoq xalqni boy qildim, oz xalqni ko‘paytirdim (Ka. 10).
-n qo‘shimchasining misoli: yabgusïn, sadïn anta ölürti — yabg‘usini, shadini o‘sha yerda o‘ldirildi (Ton, 41—42).
0‘rin-payt kelishigining qo‘shimchasi -da, -dä, -ta, -tä dir: qaganta
xoqonda, tagda — tog‘da, eldä — elda.
Chiqish kelishigini ifodalash uchun -dan, -dän, -dïn, -din, -tan, - tän, -tïn, -tin, -dun, -dün bilan bir qatorda -da, -da, -ta, -tä ham qo‘llanilgan.
Ko‘k turk bitiglarida: Türgäs qaganta körüg kälti. — Turgash xoqondan (sir bilish uchun jo‘natilgan) ko‘ruvchi keldi (Ton, 29).
Qadimgi turkiy tilda hozirgidan farqli holda yettinchi — vosita kelishigi ham qo'llanilgan. Bu kelishik belgisi -n bo‘lib, o‘zak-negizning fonetik-fonologik tabiatiga bog‘liq ravishda -ïn, -in, -un, -ün shakllariga ega bo‘ladi. Matnlardan misollar: Siicig sabïn, yimsaq agin arïp, ïraq bodunug anca yagutïr ermis — Shirin so‘zi bilan, nafis ipakligi bilan avrab, yiroq xalqni shunday yaqinlashtirar ekan (Ka. 5); Tabgac bodunqa beglik urï oglïn qul boltï, silik qïz oglïn küq boltï. — Tabg‘ach xalqiga bek bo‘ladigan o‘g‘il bolasi bilan qul bo‘ldi, suluv qiz bolasi bilan cho‘ri bo‘ldi (K. 7); Toduncsuz uwutsuz suq yäk iiciin saqïncïn sözin qïlïncïn y(ä)mä közin körüp qulqaqïn äsidip tilin sözläp äl(i)gin sunup adaqïn yorïp ürkä üzüksiiz ämgätir-biz. — T6‘ymas, uyatsiz, suq iblis uchun xayol qilib, so‘z bilan, ish bilan, yana ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib, til bilan so‘zlab, qo‘l bilan sunub, oyoqda yurib, (besh tangri yorug‘ini) uzluksiz azoblaymiz (Huast. 144-147); Qus qanatïn, er atïn.
Qush qanoti bilan, er oti bilan (kuchli) (MK, I, 70); As tatïgï tuz, yugrïn yemäs. — Oshning toti tuz bilan, lekin laganda quruq tuzning o‘zini yeyilmaydi (MK, III, 38).
Qadimgi yozma yodgorliklar tiliga xos bö‘lgan vosita kelishigining qoldiqlari hozirgi o‘zbek tilida ham uchrab turadi. Jumladan, qïsïn- yazïn, ertän so‘zlari tarkibidagi -n, -ïn vosita ma’nosini anglatadi. Ularni ko‘makchilar bilan almashtirib qo‘llash mumkin: qïsï bilän, yazï bilän, qïs boyï, yaz boyï; ertä bilän. Yoki acïn-toqïn, yüpün so‘zlari tarkibida ham vosita kelishigining ko‘rsatkichi saqlangan.
XIV—XV asrlarga kelib, turkiy tilda kelishiklar soni bittaga qisqardi. Qadimgi yodgorliklar tilida ko‘p qo‘llanilgan vosita kelishigi bu davrda uchramaydi. Uning vazifasini o‘rin-payt kelishigi va birlä~bilä~ilä, boyi' kabi ko‘makchilar bajara boshlaydi.
Shuningdek, «chig‘atoy turkiysi»da boshqa kelishiklar tizimida ham o‘zgarish sodir bo‘ldi. Masalan, tushum kelishigining qadimgi -g, -g (-ïg, -ig, -ug, -üg) affiksi iste’moldan chiqdi. Qaratqichning qadimgi -garu, -qaru, -gärü, -kärü; -gar, -qar, -gär, -kär; -ru, -rü; -ra,-rä ko‘rsatkichlari ham keyingi davrlarda uchramaydi.
Urxun-enisey bitiglari, “Qutadg‘u bilig” asari, “Devonu lug‘atit turk”da chiqish kelishigi ba’zan -da, -da, -ta, -tä affiksi bilan ham ifoda etilgan. «Chig‘atoy turkiysi»da chiqish kelishigi bu shaklda uchramaydi.
Shu o‘rinda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig” va hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi kelishik shakllarini solishtirib ko‘raylik:

Kelishiklar

“Qutadg‘u bilig”da

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida

1. Bosh k.

-

-

2. Qaratqich k.

-nïr), -niij, -nuij, -nüij; -ïn, -in, -un, -ün

-nïg, -nig

3. Jo‘nalish k.

-qa, -ga, -kä, -gä; -a, - ä; -gärü; -gär; -ru, -rü; -ra, -rä

-gä (-qa, -kä)

4. Tushum k.

-g, -g (-ïg, -ig, -ug, - üg); -n; -nï, -ni; -ï, -i

-nï, -ni

5. O'rin-payt k.

-da, -dä, -ta, -tä

-da, -dä (talaffuzda: - ta, -tä)

6. Chiqish k.

-dan, -dän, -dïn, -din, - tan, -tän, -tin, -tin, - dun, -dün; -da, -da, - ta, -tä

-dan, -dän (talaffuzda: -tan, -tän)

7. Vosita k.

-n (-ïn, -in, -un, -ün)




Otlarda jins
Turkiy tillarda rod kategoriyasi yo‘q, lekin jins bor. Jins inson va boshqa jonzodlarga xos. Jinsning grammatik ko‘rsatkichi (qo‘shimchasi) yo‘q. So'zhing ma’nosiga qarab inson yoki jonzodning jinsini farqlash mumkin. Insonlarda.“erkak va xotin (ayol)”, hayvonlarda “erkagi — urg‘ochisi (tishisi)”, qushlarda “nari va modasi”, parrandalarda “xo‘rozi va makiyoni” deyiladi. Tilimizda yana har birining o‘z oti bor. Sudraluvchilar, hasharotlar va suv hayvonlarining harakati, qiliqlariga qarab, ularning jinsini aniqlash mumkin boisa-da, ularga ot qo‘yilmagan: “erkagi yo urg‘ochisi” deb qo‘ya qolamiz.
Kul tigin bitigida urt' ogul, qïz ogul so‘zlari ishlatilgan. Ushbu misollardagi urï — “o‘g‘il” degani, ogul esa “farzand” ma’nosida. “0‘g‘uzxoqon” dostonida erkäk ogul deydi, bu so‘z “o‘g‘il bola; o‘g‘lon” degan ma’noni beradi. Hozirgi o‘zbekchadagi ogïl bala, qïz bala ham ayni ma’nodadir (bala — “farzand” degani). Yoki yana qiyoslang, hozirgi o‘zb.: erkäk kisi, xatïn kisi. Bu o‘rinda kisi — “inson, odam” ma’nosini anglatadi.
“Irq bitigi”da: erkäk yont — erkak ot, erkäk buzagu — erkak buzoq, tetir bugra — erkak tuya. “0‘g‘uzxoqon” dostonida: erkäk böri — erkak bo‘ri.
“Irq bitigi”dan bir o‘rnak keltiramiz: Aq bisi qulunlamïs, örüq ingäni botulamïs, quncuy urïlanmïs. — Oq biyasi qulun tug‘ibdi [qulunlabdi], oq ingani bo‘ta tug‘ibdi [bo‘talabdi], malika o‘g‘il tug‘ibdi. Mahmud Koshg‘ariyda: inäk buzaguladï — sigir buzoq tug‘di.
SIFAT
Yozma yodgorliklar tilida morfologik usulda sifatlar otlar va fe’llardan yasalgan.
Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-lïq, -lïg, -lik, -lig / -luq, -lug, -lük, -lüg affiksi. Huast. da: adaqlïg
oyoqli, ayïg qïlïnclïg — gunohkor, agulug — og‘uli, zaharlangan, zaharli, äksüklüg — gunohkor, aybdor, nuqsonli, butlug — butli, oyoqli, küclüg — kuchli; QB da: yaraglïg — yaroqli, owutlug — andishali, uquslug — zakovatli, biliglig — bilimli, erklig — erkli, erkin, türlüg — turli, har xil, ünlüg — mashhur, taniqli.
-sïz, -siz / -suz, -süz affiksi. QB da: yaraqsïz — yaroqsiz, tubsuz — tubsiz;
-qï, -ki affiksi. Otlarga qo‘shilib, «oidlik, qarashlilik» ma’nosidagi sifat yasaydi. MK da: ozaqï bilgälär — burungi donishmandlar, qutqï er
xushmuomala kishi, ewdäki taqagu — uydagi tovuq; AH da: ozaqï masal — qadimgi maqol. Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: qïski, yazgi, ertäki, kecki.
-cïl, -cil affiksi. MK da: yamgurcïl yer — yomg‘irchil yer, tüpcil yer
sershamol yer, igcil — kasalmand.
-saq, -säk affiksi. QB da: bagïrsaq — mehribon, ulugsaq — ulug‘vor.
-sïg, -sig affiksi. QB da: qulsïg — qulsifat, begsig — beksifat, ersig — javonmard.
Fe’ldan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-qïr, -gïr / -qur, -gur, -kir, -gir / -kür, -gür affiksi: uygur (uy —“bir, ittifoq” so‘zidan. Qiyoslang: süt uyïdï ~ süt uwïdï). Hozirgi o‘zb.: tapqïr, capqïr, ucqur, conqïr (-qïn, -gïn / -qun, -gun, -kin, -gin / -kün, -gün affiksi. Hozirgi o‘zb.: turgun, uygun (uy — “bir, yagona” so‘zidan), josqïn, xärgïn.
-g/q, -g/k affiksi. IB da: yaruq — yorug‘, ravshan; QB da: qurug — quruq, bo‘sh, u8ug — uyg‘oq; AH da: acïg — achchiq, yumsaq — yumshaq, sücüg — shirin.
-qaq, -käk -gaq, -gäk affiksi. Hozirgi o‘zb.: yapïsqaq, t'iïïsqaq, taygaq, uyusqaq.
-nc affiksi. To‘nyuquq bitigida: bulganc — bulg‘angan, parokanda (xalq), tarqanc — tarqoq (xalq).
-rï, -ri affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: egri. Hozirgi o‘zb.: togrï (tog — “tik” so‘zidan), ayrï, egri, bügri (Cbiikri).
-qas, -käs affiksi. Hozirgi o‘zb.: ayqas (ay — “bo‘lak” so‘zidan. Chog‘ishtiring: ayrï, ajra so‘zlari ham shu o‘zakdan), uyqas (uy — “bir, umum” so‘zidan), cälkäs.
-1 affiksi. MK da: tükäl — tugal, qïzïl — qizil, yasïl — yashil.
-cïg, -cig affiksi. Qus balasï qusïncïg, it balasï oxsancïg — Qush bolasi ÿirganchiq, it bolasi o‘xshanchiq (MK. III. 250).
-dïn, -din affiksi. Hozirgi o‘zb.: aydïn.
-un, -ün affiksi. QB da: tolun — to‘lin (oy), tüzün — to‘g‘ri, chin. Qadimgi turk yozma adabiy tilida qiyosiy daraja -raq, -räk affiksini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Masalan, QB da: örüräk (yuqoriroq), yaruqraq (yorug‘roq).
Orttirma darajani bildiruvchi “juda” ma’nosida edi~e8i so‘zi qo‘llaniladi. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da: ESi kecki söz-ol masalda kelir. — Bu ta’birda keladigan juda eski so‘zdir (QB, 107). ESi yaqsï aymïs-azïglïg kür er. — Juda yaxshi aytibdi oziqli, jasur kishi (QB, 279).
Yodgorliklarda belgining ortiqligi yoki kamligini bildiruvchi vositalar ham bor. Belgining ortiqligi so‘zning birinchi bo‘g‘iniga [p] tovushini qo‘shib, uni takrorlash yo‘li bilan hosil qilingan. Masalan, “0‘g‘uzxoqon” dostonida: ap-aq, qïp-qïzïl, qap-qara.
SON
Qadimgi turklarda “nol” yo‘q, chunki “nol” — yo‘q son. Sanoq “bir”dan boshlanadi. Inson tug‘ilgan chog‘da bir yosh sanalgan, ona qornidagi davri qo‘shib hisoblangan. Bir yil o‘tgach, ikkiga to‘lgan va hokazo.
“Bir” — bu so‘zlovchi demak, ya’ni “men”dir (mening o'zim, men turgan yer yoki men tutgan narsa). “Men” qadimgi turkiy tilda bi bo‘ladi.
Bu so‘z birü~berü ko‘makchisining tarkibida ham saqlangan. -rü — jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, berü — “men tomon” degani, hozirgi o‘zbekchada beri deyiladi. Masalan: beri kel, köpdän beri. Bir ning tarkibidagi bi — so‘zlovchi(“men”)dir. Demak, sanoq so‘zlovchining o‘zidan boshianadi.
iki ning asli ilki dir (il-ki>ilki>iki. Hozirgi o‘zb.: ikki). Qadimgi turkiyda il — “old” degani. “Poygak” ham il bo‘ladi, antonimi tör dir. il ning qutb (“Sharq”) ma’nosi ham bor, chunki Sharq old tomonda. - ki— “oidlik”ni bildiruvchi qo‘shimcha, ilki — “oldindagi, dastlabki, awalgi” degan ma’noni beradi. Lekin mantiqqa ko‘ra “so‘zlovchi(bir)dan keyingi”dir. Shuning uchun tartibda ikkinchi bo‘lib turadi.
Boshqa bir qator sonlarda ham yasalish bor:
“Yigirma” soni iki dan hosil boigan: iki-r-mi>yiki-r-mi>yigirmi.
Yoki: altï-mïs>altmïs, yeti-mis>yetmis, sekiz on>säksän, toquz on>toqsan.
Sonlar to‘rt darajalidir:
Birliklar: 1 — bir, 2 — iki~äki, 3 — üc, 4 — tört, 5 — bis~bäs~bes, 6 — altï, 7 -yiti~yäti~yeti, 8 — säkiz~sekiz, 9 — toquz.
0‘nliklar: 10 — on, 20 — yigirmi, 30 — otuz, 40 — qïrq, 50 — ilig~älig~elig~elli, 60 — altmïs, 70 — yitmis~yätmis~yetmis, 80 — sekiz on~säksän, 90 — toquz on~toqsan.
Yuzliklar: 100 — yüz, 200 — iki yüz, 300 — üc yüz va boshqalar.
Minglar: 1000 — bïg~mïrj yoki bir)~mig, 2000 — iki bïij, 3000 — üc bïi] va boshqalar.
Yodgorliklarda tümän so‘zi 10 000 ni bildiigan. Bundan yirik sonlaiga uning ko'paytmasi qo‘shib aytilgan: bes tümän — 50 000, säkiz tümän
80 000, on tümän — 100 000 va b. Qo'llanilishiga misol keltiramiz: Tabgac oi] tutuq bes tümän sü kelti — Tabg‘ach o‘ng tutuqning besh tuman qo‘shini keldi (X, 25). Yarïs yazïda on tümän sü tärilti. — Yaris dashtida o‘n tuman [yuz ming] lashkar terildi (Ton, 36). Caca säqün säkiz tümän sü birlä süqüsdüm — Chacha Sangunning sakkiz tuman lashkari bilan urushdim (X, 26). QB. 287 da: mïi] tümän — 10. 000000.
Ikki xonalilar misoli: bir tümän artuqï yeti bïi] — 17000.
Qadimgi turkiy tilda ikki xonali sonlarda quyidagi tartib amal qilgan:
Awal birlik aytilib, keyin shu son qo‘shilgan o‘nlik emas, balki undan yuqori o‘nlik aytilgan: yeti yigirmi — buning bilan “(o‘ndan oshib) yigirma tomon yettita son qo‘shildi (=o‘n yetti)” degan ma’no anglashiladi. Yana misollar: tört yigirmi — o‘n to‘rt, bis yigirmi — o‘n besh, sekiz yigirmi — o‘n sakkiz, altï otuz — yigirma old, iki qïrq — o‘ttiz ikki, iki älig — qirq ikki, üc yetmis — oltmish uch, yeti yetmis — oltmish yetti, säkiz yetmis — oltmish sakkiz, toquz säkiz on — yetmish to‘qqiz. Ko‘k turk bitiglaridan misollar: Kül tigin qori yïlqa yiti yigirmikä ucdï. Toquzunc ay yiti otuzqa yog ertürtimiz. — Kul tigin qo‘y yilida, (birinchi oyning) o‘n yettinchi (kunida) o‘ldi. To‘qqizinchi oyning yigirma yettisida azasini o‘tkazdik (K, III). Eki otuz yasïma Tabgac tapa sülädim — Yigirma ikki yoshimda Tabg‘ach tomon lashkar tortdim (X. 25-26). Män toquz yigirmi yïl sad olutrum, toquz yigirmi yïl qagan olurtum, il tutdum — Men o‘n to‘qqiz yil shad bo‘lib turdim, o‘n to‘qqiz yil xoqon bo‘lib turdim, davlatni tutdim (Xa. 9). Ältäris qagan bilgäsin ücün, alpïn ücün Tabgacqa yäti yigirmi süijüsdi. — Eltarish xoqon allomasi bilan bo‘lgani uchun, alpi bilan bo‘lgani uchun Tabg‘achga o‘n yetti bor jang qildi (Ton, 48-49).
Hozirgiga yaqin bir tartib bo‘lib, faqat o‘nlikdan so‘ng artuqï so‘zi qo‘shilgan: otuz artuqï tört — o‘ttiz to‘rt. Zamonlar o‘tib o‘nlikka qo‘shilayotgan artuqï so‘zi qisqarib, hozirgi ko'rinishga aylangan: otuz tört.
Matnlardan misollar keltiramiz: Qïrq artuqï yeti yolï siilämis. — Qirq yetti yo‘la lashkar tortgan (K, 15).
Ko‘p xonali sonlarning o‘qilish tartibi shunday: 85 — bis toquz on / säkiz on bis; 45360 — tört tümän, bis miq, üc yüz, altmïs;
Bitiglarda “yarim” ma’nosini sïrjar so‘zi bildiradi: Sïijar siisi ebig barqïg yulgalï bardï, sïïjar süsi sürjüsgäli kelti — Qo‘shinining yarmi uy- joyini bo‘shatgani bordi, yarim qo‘shini jang qilgani keldi (X. 32).
Sonlarning tartib ko‘rsatkichi boshlab -nc shaklida edi. “Birinchi” tartib ko‘rsatkichi qadimgi turkiy tilda birinc shaklida, ba’zan bir shaklida ham qo‘llanilgan. Bularning o‘rnida ilki, bastïnqï so‘zlari ham ishlatilgan. “Ikkinchi” tartib ko‘rsatkichi ikinti~ikindi yoki ikinc deyilgan. Qolgan sonlarga birday qo‘shilaveradi: ücünc, törtünc, bisinc, altïnc, yitinc, säkizinc, toquzunc,onunc. Ikki xonali sonlarda tartib o‘zgaradi: bir yigirminc, iki yigirminc, tic yigirminc, tört yigirminc singari.
XI-XII asrlardan boshlab -nc tartib ko‘rsatkichining -nci, -ncïshakli ham qo‘llanila boshladi: ücünci, törtünci, bisinci, altïncï, yitinci, säkizinci, toquzuncï,onuncï singari.
0‘zgaga ishora qilinganda sonning bosh shakliga -sï, -si qo‘shimchasi orttiriladi: birisi, ikisi, ücisi, törtisi, besisi, altïsï, yetisi.
Aslida, qoidaga ko‘ra, unli bilan tugovchi sonlarda -sï, -si, undosh bilan tugovchi sonlarda esa -ï, -i dir: biri, ikisi, üci, törti, besi, altïsï, yetisi.
Tabgac, oguz, qïtan, bu ücägü qabasar, qaltacï-biz. — Tabg‘ach, o‘g‘uz, qitan — bu uchovi qamal qilsa, (qurshovda) qolajakmiz (Ton, 12).
Ücägün qabsap, sülälim, anï yoq qïsalïm, tämis. — Uchovlab yopirilib, lashkar tortaylik, uni yo‘q qilaylik, debdi (Ton, 21).
Qadimgi turklarda yil sanog‘i
Qadimgi turklarda yillar muchal hisobi bilan yuritilgan. Bu sanoqqa ko‘ra o‘n ikki yil o‘n ikki hayvon oti bilan yuritilgan. Muchal har o‘n ikki yilda aylanib keladi. Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida yil nomlari va ularning ketma-ketligi quyidagicha:
Sïcgan, Kiiskü — sichqon
Ud — sigir
Bars — bars
Tawïsgan, tawsan — quyon
Loo~luu — ajdar
Yïlan — ilon
Yont~yund — ot
Qon~qoyn~qoy — qo‘y
Bicin — maymun
Taqïqu, taqagu — tovuq
ït — it
12. Lagzïn, toquz — to‘ng‘iz
Turkiy muchal yil nomlarini Mahmud Koshg‘ariy ham o‘zining “Devonu lug‘atit-turk” asarida keltirgan. Uning tartibi shunday:
Sïcgan yilï — sichqon yili.
Ud yilï — sigir yili.
Bars yïlï — bars yili.
Tawïsgan yïlï — quyon yili.
Nek yïlï — timsoh yili.
Yïlan yi'lï — ilon yili.
Yund yïlï — ot yili.
Qoy yïlï — qo‘y yili.
Bicin yïlï — maymun yili.
Taqagu yïlï — tovuq yili.
ït yïlï — it yili.
Toguz yïlï — to‘ng‘iz yili.
OLMOSH
So‘zlovchi birligini bildiruvchi olmosh (kishilik olmoshi) ko‘k turk bitiglarida bän~ben, uyg‘ur, moniy yozuvli yodgorliklarda män~men
yoki min dir. So‘zlovchi ko‘pligini bildiruvchi olmosh — biz.
Bir tinglovchini bildiruvchi olmosh — sän~sen, sin, ko‘p tinglovchini bildiruvchi olmosh esa — siz yoki sizlär.
0‘zga kishini bildiruvchi — ol, o‘zga kimsalarni bildirganda esa olar~ular~anlar shaklida qo'llaniladi.
0‘zga kishi birligini anglatadigan kishilik olmoshi ol~ul kelishik qo'shimchalari bilan turlanganda an- shaklini oladi: ai]a, anï, anïq, anda kabi. Hozirgi o‘zbek tilida u olmoshi jo‘nalish, makon, chiqish kelishiklari bilan turlanganda orada -n undoshi hosil bo‘ladi: ungä, unda, undan. Bular eski o'zbek tilida («chig‘atoy turkiysi»da) aqa, andïn shaklida qo‘llangan. Biroq o‘zak va qo‘shimcha orasidagi -n “orttirma” emas. U kishilik olmoshining qadimgi turkiy tildagi -nïïj qo‘shimchasi bilan qo‘llangan holatining qoldig‘idir: u-n-da (Kishilik olmoshlarining turlanishi quyidagicha:
Birligi:
bän~ben; bäni~beni; bänig~beniq; bär)ä~beqä~baqa män~men~min; mäni~meni~mini; mäniij~menii]~minig; mär)ä~meqä~maga; mändä~mendä~mindä~mintä, mindidä, mintäda; menidin~minidin
sän~sen; säni~seni~sini; sänig~seniq~siniq; säqä~ser)ä~saga; sändä~sendä~sindä, sintädä, sinidä, sintidä; sänidin~senidin~sinitin ol; anï; anïi]; aqa, agar; anta~anda, antada; antïn, anïndïn Ko'pligi: biz; bizni; bizniq, bizig; bizkä~bizgä, bizigä; bizintä~bizindä, biznidä, biznidin
siz, sizlär; sizni, sizlärni; siziq, siznir), sizlärniij; siziqä, sizä, sizläriijä, sizlärkä; sizintä, siznidä, sizlärdä, sizdä; siznidin olar; olarnï; olarnïij; olarqa; olarda; olardïn Qadimgi turkiy tilda o‘zlik olmoshlari ikkita: öz va kentü~kendü. Öz aslida «jon» degani. U “kishi, shaxs, odam” ma’nosini ham bildiradi. Masalan, «Qutadg‘u bilig»da:
Muqar meqzätü keldi emdi bu söz,
Esitkil munï sen, aya eSgü öz —
Bunga mos keladi endi bu so‘z,
Sen buni eshitgil, ey ezgu kishi (QB, 2678).
«Irq bitigi»da: özüg uzun bolzun — umring uzun boisin (IB, 47). Yozma yodgorliklarda käntü va öz olmoshlari juft holda qo‘llanilib kelishi mumkin, bunda “o‘z o‘zim” degan ma’noni beradi. Masalan: K(ä)ntü özümüzni küntä ayda öqibiz tidimiz ärsär. — 0‘z-o‘zimizni
Kundan, Oydan yuqori qo‘ygan bo‘lsak (Huast. 8-9); Ayfg qïlïncqa irincükä käntü özümüzni ämgätir-biz. — Yovuz ishlarga, gunohga o‘z- o‘zimizni urib, azoblanamiz (Huast. 139—140).
Ko‘rsatish olmoshlari: bu, ol, osbu~usbu, sul, osu, osul.
Bu ko‘rsatish olmoshi kelishik qo‘shimchalari bilan turlanganda qo‘shimcha tarkibidagi sonorning ta’sirida mu- shaklini oladi. Masalan, OD da: munï, mundïn~mundun.
Bu ko‘rsatish olmoshi ning turlanishi quyidagicha:
Birligi: bu; bunï~munï; bunuq~munur); muqa, bugar~mur)ar; bunda~munda~munta; muntada, muntuda; mundïn
Ko‘pligi: bular; bularnï; bularnïg; bularqa; bularda; bulardïn Ol ko‘rsatish olmoshi turlanganda esa an- shaklini oladi. Yana OD dan: anuq, andïn~andan.
So‘roq olmoshlari: kishilar uchun kim?, narsa-buyum, voqea- hodisalar uchun näcä?, nä?, nekü?, nelüg?, nekülüg?, necük?, necükin?, nädä?, qaltï? (qanday, qay tarzda?), qayu? (qaysi?), qanï? qanta? qantan? qanca? qacan? olmoshlari qo‘llaniladi. Bularning ichida näcä?, nä?, nekü?, neliig?, nekülüg?, neciik?, neciikin?, nädä? olmoshlarining o‘zagi bir — hammasi nä~ne? dan yasalgan. Shuningdek, qayu?, qanï?, qanta?, qantan?, qanca?, qacan? olmoshlarining ham o‘zagi bir — qayu~qanu? ga bog‘lanadi. qacan? olmoshi qay+cag+ïn dan yasalgan.
Jamlash-belgilash olmoshlari: qamug~qamag (hamma), qamagï (hammasi), barï (bari).
Yodgorliklar tilida näij (hech, hech bir) bo‘lishsizlik olmoshi qo‘llaniladi.
RAVISH
Ravishlar ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi. Qadimgi turkiy tilda ham ravishlar holat, o‘rin-payt, maqsad, miqdor- daraja ma’nolarini bildiradi.
Morfologik usulda ravishlar quyidagi qo‘shimchalar bilan yasalgan: -la, -lä affiksi. MK da: tünlä keldim — tunda keldim; Bir tilkü terisin ikilä soymas — Bir tulki terisini ikki bor shilinmaydi.
-ca, -cä affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: Äkinti kün kälti, örtcä qïzïp kälti. — Ikkinchi kun keldi, yong‘inday qizib keldi (Ton, 40). QB da: tiläkcä — tilagancha, keräkcä — keragicha, kezikcä — navbat bilan.
-dï, -di, -tï, -ti affiksi: tükäti — tugallik bilan, butkul, ädgüti — yaxshilab, arïtï — pokizalik bilan. Ko‘k turk bitiglarida: Yelmä, qargu edgüti urgïl — Yelma, qorovulni yaxshilab qo‘y (Ton, 34). Sabïmïn tükäti esidgil — So'zimni tugal eshitgil (Ka, 1). ... bu sabïmïn edgüti esid, qatïgdï tïgla — ... bu so‘zimni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla (Ka, 1). Yoki IB da: Qatïgtï ba, edgiiti ba — Qattiq bog‘la, yaxshilab bog‘la.
-layu, -läyü affiksi. MK da: arslanlayu kökrädim — arslon kabi na’ra tortdim, Ïwrïq basï qazlayu, sagraq tolu közläyü — Ivriqning boshi g‘oz kabi, idish to‘la ko‘z kabi.
-täg teg affiksi. MK da: cegürkä-teg sü — chigirtkadek lashkar.
Hozirgi o‘zbek tilida ushbu affiks -dek~däy~day shakllarida qo‘llanilmoqda: kökdek~kökdäy, qoy-dek~qoyday.
Mazkur qo‘shimcha tarixan teg- fe’lidan hosil bo‘lgan ko‘rinadi. Qiyoslang, QB, 151 da: tiläkkä tegir — tilakka yetadi. Hozirgi o‘zb.: agzï asgä tegdi degändä — “og‘zi oshga yetdi deganda” ma’nosini beradi. QB, 287 da: mundag — bunday.
-sïg, -sig affiksi. MK da: qulsïg er — qul singari kishi, Bu qarï ol oglansïg — bu qariya o‘sha o‘g‘lon singari.
Ot guruhidagi so‘zlar kelishik qo‘shimchasini olganda ravishga aylanishi mumkin. Masalan: Ilgärü Santug yazïqa tägi sülädim, taluyqa kicig tägmädim. Birgärü Toquz ärsänkä tägi sülädim, Tüpütkä kïcig [tägjmädim. Sharqqa — Shantung dashtiga qadar lashkar tortdim, dengizga bir oz yetmadim. Janubga — To‘quz arsanga qadar lashkar tortdim, Tuputga bir oz yetmadim (Ka, 3).
Yoki yana bir misol: Anta ötrü oguz qopun kälti. — Shundan so‘ng o‘g‘uz butunlay (taslim bo‘lib) keldi (Ton, 16).
Yodgorliklarda -raq, -räk qo'shimchasi ravishlardagi qiyosiy darajani ta’minlagan. Orttirma daraja ked~ke8, eq kabi so‘zlar yordamida ifoda etilgan: Tilïg keö köSäzgil, kö5äzildi bas. — Tilingni juda saqlagil, boshing ham saqlanadi (QB, 173); Bularda eg üstün Sekäntir yurïr. — Bulardan eng yuqorida Sakantir yuradi (QB, 127).
Ravishlar jufl holda ham qo‘llaniluvi mumkin. Masalan, ädgüti “yaxshi, durust” degani, matnda u ädgüti aritï shaklida qo‘llanilib, “Lxlos bilan, ehtirom bilan” ma’nosini beradi. Misoli: Bir ayqï c(a)xsap(a)t(ï)g ädgüti arïtï tutu umad(ï)m(ï)z ärsär. — Bir oylik din ko‘rsatmalarini ezgulik bilan, ixlos bilan tuta olmagan bo‘lsak (Huast. 132-133).
FE’L
Matnda ham, nutqda ham gap so‘zlovchi tomonidan tuziladi. Faqat
harakat va holatning bajaruvchisi aniq yoki majhul bo‘luvi mumkin.
Harakat va holatni bajaruvchi shaxs aniq bo‘lganda so‘zlovchi birligida men, ko‘pligida biz tushuniladi. Tinglovchi birligida sen, ko‘plikda siz nazarda tutiladi. Bajaruvchi o‘zga bir kishi bo‘lganda ul, ko pchilik bo‘lganda alar nazarda tutiladi. Fe’llar har qachon ham o‘z bajaruvchisiga bo‘ysunadi: ko‘rinishini o‘shanga qarab o‘zgartiradi. Tek fe’lning masdar shakligina (oqïmaq, kelmäk kabi) bu qoidaga bo‘ysunmaydi.
Fe’llarning yasalishi
Qadimgi turkiy tilda fe’llar quyidagi qo‘shimchalar bilan yasalgan: -a, -ä / -ï, -i / -u, -ü affiksi.
Ushbu affiksning -a, -ä variantiga o‘rnaklar. Ko‘k turk bitiglarida: yasa — yasha-, ötä — nasihat qil-; MK da: yasïn yasnadï — yashin yashnadi, er qïslagda yazadï — kishi qishloqda yozni o tkazdi, er as asadï
kishi osh yedi; QB da: ota — davola-, tona — to‘n kiy-, kiyim kiy-.
-ï, -i variantiga o‘rnaklar. MK da: öklidi näq — narsa ko paydi, ton
ölidi — to‘n ho‘l bo‘ldi.
-u, -ü variantiga o‘rnaklar. MK da: tawar qïzudï — mol qimmatlashdi, ew tarudï — uy toraydi, yer keijüdi — yer (maydon) kengaydi; QB da: bayu — boyi-.
-la, -lä affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: qïlïcla — qilichla-, qilichdan o‘tkaz-, atla — ot sol-, sülä -lashkar tort-, IB da: aq bisi qulunlamïs — oq biyasi qulun tug‘ibdi, qulunlabdi; örüij ingäni butulamïs — oq ingani bo‘ta tug‘ibdi, bo‘talabdi; QB da: ydla — yasha-, emlä — davola-, kezlä saqla-.
-da, -dä / -ta, -tä affiksi. MK da: ol meni ündädi — u meni undadi, ol anïrj aSaqïn bagdadï — u uning oyog‘ini chaldi, ol yagïnï sandadï — u yov izidan bordi.
Qiyoslang, hozirgi o‘zb.: alda (al — qadimgi turkiy tilda «makr, hiyla» degani), ündä.
-ïq, -ik affiksi. Kul tigin bitigida: tasïq — sirtga, tashga chiq-, icikdi
ichga kirdi, (qal’aga) kirdi. Uyg'ur yozuvli qadimgi yodgorliklarda: tagïq — toqqa chiq-, yolïq — yo‘liq-. QB da: atïq — nom chiqar-, birik
birik-.
-ad, -a8, -at, -äd, -ä8, -ät affiksi. Ko‘k turk bitiglarida: qulad — qul qil-, yoqad — yo‘qot-, basad — bosh bo‘l-, küijäd — joriyaga aylantir-. Uyg‘ur yozuvli qadimgi yodgorliklarda: ulgad — ulg‘aytir-, yigäd — yaxshilat-, edäd — mol-mulkli qil-. Yoki QB da: murjad — mungli qil-, qutad — baxtlantir-, baxtga yetkaz-. Qutadgu bilig ~ Quta8gu bilig ham shundan. Bu nom “Qutlantirguchi, baxtga yetkazuvchi bilim” degan ma’noni beradi. Hozirgi o‘zbek tilida bu qo‘shimcha yoqat- so‘zining tarkibidagina saqlanib qolgan (yoq-at).
-qar, -gar, -kär, -gär affiksi. MK da: ol meni atgardï — u meni otga mindirdi, ol at otgardï — u otni o‘tlatdi, ol at suwgardï — u otini sug‘ardi, ö81äk küzgärdi — kuz bo'ldi. Hozirgi o‘zb.: basqar, qutqar (qut — «erk, ozod» so‘zidan), sugar (-r affiksi. MK da: qïzardï — qizardi, qarardï — qoraydi, ot yasardï
o‘t yashil bo‘ldi, yashardi, sargardï — sarg‘aydi, örütjärdi — oqardi. AH da: eskir — eskir.
-sïra, -sirä affiksi. Bu qo‘shimcha «istash, zor bo‘lish» ma’nosidagi fe’llar yasaydi: qagansïra — xoqoniga zor qilmoq, elsirä — eliga zor qilmoq. Ko‘k turk bitiglarida: Elligig elsirätdimiz, qaganlïgïg qagansïratdïmïz — Eli borni (elidan ayirib) eliga zor qildik, xoqonlini (xoqonidan judo qilib) xoqonga zor qildirdik (K. 18). “Türük bodun ölüräyin, urugsïratayi'n” tir ermis — “Turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin (urug‘iga zor qilayin)” der ekan (K. 10). Uyg‘ur yozuvli qadimgi matnlarda: tïnsïra — tinchini yo‘qotmoq, tatïgsïra — ta’mini unutmoq, kücsirä — kuchini yo‘qotmoq, ögsirä — aqldan ozmoq. Hozirgi o‘zbek tilida ham bu affiks ayni ma’nodagi fe’llar yasaydi: xatïnsïradï — xotin istadi, ersirädi — erni istab qoldi, qansïradï — qon istadi.
-sa, -sä affiksi. MK da: ölsädi — oimoq istadi, ölümsädi — oMimni istadi. Uyg‘ur yozuvli matnlarda: barïgsa — borishni istamoq, körügsä
ko‘rishni istamoq, tapïgsa — xizmat qilishni istamoq, suwsa — suvsa-
-sï, -si affiksi. MK da: suwsïdï — suv ochdi, yagsïdï — yog‘li bo‘ldi, acïgsïdï — achidi, qurugsïdï — quriy boshladi.
-sïn, -sin affiksi. MK da: ewni ewsindi — uyni uy sanadi, ogul ersindi — o‘g‘il o‘zini erkakday tutdi.
-ran, -rän affiksi. QB da: ögrän (ög — “aql” so‘zidan). Hozirgi o‘zb.: örgän.
Sifatdosh
Qadimgi turkiy tilda sifatdoshlar quyidagi ko‘rinishda uchraydi: -dacï, -däci / -tacï, -täci affiksli sifatdosh. Boldacï buzagu öküz ara belgülüg — Bo‘ladigan buzoq ho‘kizlar orasida belgi beradi (MK, I, 480).
-qucï, -küci / -gucï, -güci affiksli sifatdosh. MK da: bargucï — yuruvchi, boruvchi, turgucï — turuvchi, yashovchi, tagqa agqucï — toqqa chiquvchi, ewgä kirgüci — uyga kiruvchi, bitig bititgüci — xat yozdirguchi.
-asï, -äsi affiksli sifatdosh. MK da: Bu turasï yer tegül — bu turadigan yer emas, bu bizgä keläsi boldï — u bizga keladigan bo‘ldi. Hozirgi o‘zb.: keläsi, öläsi.
-qu, -kü / -gu, -gü afïïksli sifatdosh. MK da: bu ya qurgu ogur ermäs — bu yoy quradigan vaqt emas, ol bizgä kelgü boldï — u bizga keladigan bo‘ldi. Hozirgi o‘zbek tilida ba’zan tovush o‘zgarishi ham yuz bergan: aqawa (-gsaq, -gsäk affiksli sifatdosh. MK da: ol er ewgä barïgsaq-ol — u kishi uyga boradigan, ol berü kiligsäk erdi — u bu yerga keladigan edi.
-glï, -gli affiksli sifatdosh. AH da: oqïglï kisi — o‘qigan kishi. Hozirgi o‘zb.: yatïglï kisi, sewikli~süyükli.
-ma, -mä affiksli sifatdosh. MK da: örmä sac — o‘rma soch, tikmä näq — tikilgan narsa, köcürma ocaq — ko‘chirma o‘choq.
-r / -ar, -är / -ïr, -ir / -ur, -ür affiksli sifatdosh. MK da: Qaynar ögüz kecigsiz bolmas — Oqar suv kechiksiz bo‘lmas.
-mïs, -mis / -mïs, -mis / -mus, -rniis / -mus, -müs affiksli sifatdosh. MK da: qazmïs arïq — qazilgan ariq, barmïs kisi — borgan kishi.
-duq, -dük / -tuq, -tük affiksli sifatdosh. MK da: meniij barduqïm barmaduqïm — mening borgan-bormaganim, senirj kördükir) körmädükir) bir — sening ko‘rgan-ko‘rmaganing bir.
-ndï, -ndi affiksli sifatdosh. MK da: sarqïndï suw — sarqitlangan suv, qazïndï tupraq — qazindi tuproq, keSindi ton — kiyilgan kiyim, süzündi suw — suzilgan (tozalangan) suv. Hozirgi o‘zb.: kelgindi kisi, yugundï suw.
-qan, -gan, -kän, -gän affiksli sifatdosh. AH da: körgän — ko‘rgan, esitkän — eshitkan.
-gma, -gmä affiksli sifatdosh. Ko‘k turk bitiglarida: keligmä — keladigan.
Ravishdosh
Qadimgi turkiy tilda fe’lning ravishdosh shakli quyidagi ko‘rinishda uchraydi:
-a, -ä affiksli ravishdosh: aca — ochib, basa — bosib, aga — ko‘tarilib, adïra — ayirib, sanca — sancha, bicä — bichib, kesä — kesib, kezä — kezib. Ko‘k turk bitiglarida: Altun yisïg asa kältimiz, Ärtis ögüzüg käcä kältimiz. — Altun yishni oshib keldik, Irtish daryosini kechib keldik (Ton, 37). MK da: Etil suwi' aqa turur — Etil suvi oqib turar.
-u (-yu), -ü (-yü) affiksli ravishdosh. Matnlardan misollar: Käyik yäyü, tabïsgan yäyii olurur ärtimiz. — Kiyik yeb, tovushqon yeb kun kechirar edik (Ton, 8). Kisi sözläsü, yïlqï yïzlasu — Kishi so‘zlashib, yilqi hidlashib (bir-birini biladi) (MK, III, 114). Ötrü ol awïcga ïglayu xanqa incä tip ötilndi. — So‘ng u qariya yig‘lab xonga shunday deya o‘tindi (AT, 283).
-p / -b affiksli ravishdosh. baslap — boshlab, berip — berib, qodup
qo‘yib, esitip — eshitib, tip — deb. Matnlardan o‘rnaklar: Tewäy müniip qoy ara yasmas — Tuya mingan qo‘ylar orasiga yashirina olmaydi (MK, III, 68); Qac qata taluyqa kirip, bisär yüz erin barïp, asan tiikäl kelmis erti. — Necha bor dengizga kirib, besh yuzcha er bilan borib, sog‘-omon qaytgan edi (AT, 283).
-pan, -pän / -ban, -bän affiksli ravishdosh. IB da: olurupan — o‘tirib, yatïpan — yotib.
-ma8ïp, -mäSip affiksli ravishdosh. MK da: e8kärmäSip oq atar — o‘ylamayin o‘q otar.
-qalï, -käli / -galï, -gäli affiksli ravishdosh. MK da: tutusqalï — tutish uchun, urgalï — urgani, urish uchun.
-qïnca, -kincä / -gïnca, -gincä / -qunca, -küncä / -gunca, -güncä affiksli ravishdosh. MK da: Ökiiz a8aqï bolgïnca buzagu basï bolsa yig
Ho‘kizning oyog‘i bo‘lgandan ko‘ra, buzoqning boshi bolgan yaxshi.
-yi’n, -yin affiksli ravishdosh. Tasra yori'yur tiyin kü esidip balïqdaqï tasïqmïs, tagdaqï inmis — Tashqarida yuribdi, degan xabarni eshitib, shahardagi tashga chiqibdi, tog‘dagi inibdi (K, 11—12).
-matï, -madï, -mäti, -mädi / -matïn, -madïn, -mätin, -mädin affiksli ravishdosh. Bunca isig küciig bertükgärü saqïnmatï “türk bodun ölüräyin, urugsïratayin”, — ter ermis. — Shuncha mehnatini, kuchini sarf etganiga ham andisha qilmay: “Turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin”, — der ekan (K, 10); igidmis qaganïijïn sabïn almatïn yir sayu bardïg — Tarbiyat qilgan xoqoningning so‘zini olmayin har yerga ketding (K, 9).
Masdar alomati
Turkiy masdar ikki xildir: biri — fe’l masdari, ikkinchisi — sifat yoki otga qo‘shilib xoslangan masdarlar.
Fe’l masdarlaridan biri -maq, -mäk qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasalgan turidir. Bu qo‘shimcha shaxs ko‘rsatkichini olmagan fe’llarga qo‘shilib keladi: almaq, turmaq, ketmäk, kelmäk.
Fe’lning boshqa bir masdari shaxs ko‘rsatkichini olmagan so‘zlarga -s (-is, -is, -us, -üs) qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan: urus kabi.
Ismlardagi masdar yasovchilardan biri -lïq, -lik, -luq, -lük dir.
Sonlaming birlik, ikilik, üclük, törtlük shakli ham ism masdariga misoldir.
Bu qo‘shimcha fe’l masdarga qo‘shilib ism masdarini hosil qilishi ham mumkin: almaqlïq, bermäklik.
Ismlardagi masdarning boshqa belgilari ham bor. Masalan, muddat uzoqligini bildiradi: aylïq, yïllïq, künlük.
Fe’lning buyruq shakli
Buyruq fe’lning bosh shaklida boTadi yoki unga maxsus qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buyruq tinglovchiga yoki g‘oyibga bo‘ladi. G‘oyib buyrug‘i o‘zak-negiz oxiriga -sïn, -sin, - sun, -sün qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan. Bu qo‘shimcha -zun, -zün shaklida ham qo‘llanilgan: Kögmän yer-sub idisiz qalmazun tiyin — Ko‘gman yurti egasiz qolmasin deya (K, 20).
Tinglovchi buyruq birligi fe’lning bosh shaklining o‘zidir: kel-, ket-, al-, tut-, basla-, sözlä-. Ko‘pligi fe’lning bosh shakliga -iijiz, -ïijïz qo‘shimchasi qo‘shib hosil qilingan: kelirjiz, ketiqiz, sözlärjiz, barïïjïz. Birguruhga buyruq qilishda oxirgi -z (-iz, -ïz) tushiriladi: keliq, ketir), sözläq, barïij.
Ba’zan yodgorliklar tilida tinglovchi ko‘pligini ifodalash uchun -iij, -ïr) hamda -iijlär, -ïrjlar qo‘shimchalari aralash qoilanilgan. Masalan, “Irq bitigi”da: Anca biliijlär: edgü-ol (IB. 1) // Anca biliij: edgü-ol (IB. 2) — Buni biling, ezgudir. Yoki AT. 283 da: Kim taluyqa barayïn tisär kirirjlär, oglum tiginkä es boluqlar. — Kim dengizga boraman desa, (saroyga — qoshimga) kiringlar, o‘g‘lim shahzodaga esh bo‘linglar; Amtï siz qataglanïo, birlä barïij, yerci bolui]. — Endi siz bardam bo‘ling, birga boring, yo‘l ko‘rsatuvchi boiing.
0‘zga buyruq birligi kelsin, ketsin, ko‘pligi kelsinlär, ketsinlär tarzida qo‘llangan. Masalan: Tiginig asan tükäl kelürzünlär. — Teginni eson- omon keltirsinlar (AT, 283).
Muhimi shundaki, “Qutadg‘u bilig”da o‘zga buyrug‘ining birligi - su, -sü / -sun, -sün hamda -sunï, -süni shakllarida yasalgan: Yaga tursu yagmur, yaz'dsu cecäk — Yomg‘ir yog‘aversin, chechaklar ochilsin (QB, 114); Qutadsu atï, bersü eki jihan — Oti qutli boisin, (xudo unga) ikki jahonni bersin (QB, 85); Tuta bersü täqri bu taxt birlä baxt — Tangri unga taxt bilan baxtni beraversin (QB, 89); Azun qalmasunï siziqsiz
qurug — Dunyo sizsiz quruq qolmasin (sizdan ajramasin) (QB, 105).
“Hibatu-l-haqoyiq”da o‘zga buyrugining birligi -su, -sü / -sun, - sün shakllari bilan hosil qilingan: atï qalsu — nomi qolsin, yad qïlsu — yod qilsin, asïg alsu — foyda olsin, tükäl bilsü — tugal bilsin. Yoki: sewinsün — sevinsin, kelmäsun — kelmasin, külmäsün — kulmasin.
Buyruqning boiishlisi ham, bo‘lishsizi ham -gïn, -qïn, -gin, -kin qo‘shimchasi bilan ta’kidlanadi: yatqïn, turmagïn, kelgin, ketkin. Bu qo'shimcha tinglovchi buyrug'iga qo‘llanadi. 0‘zga buyrug‘iga qo‘llanmaydi.
So‘zlovchining buyruq-istagi fe’l negizga -ayim, -äyim; -alïm, -älim; -alïq, -äylik qo‘shimchalarini qo'shib yasaladi. Ko‘k turk bitiglarida: terilälim — terilaylik, sü yorïlïm — lashkar tortaylik.
“Hibatu-1-haqoyiq’’da so‘zlovchining buyruq-istagi -ayïn, -äyin qo‘shimchasi bilan hosil qilingan: qïlayïn — qilay, ayayi'n — aytay, bezäyin
bezay.
Buyruq (amr) va tinglovchiga xitob fe’l o‘zagiga -qïl, -gïl, -kil, -gil qo'shimchasini qo‘shish bilan ham hosil qilingan.
Bularning boiishsiz shakli esa -magïl, -mägil qo‘shimchasi bilan hosil qilingan: acmagïl, tösämägil kabi.
Boiishsizlik
Bo‘lishsizlik belgisi tinglovchi buyrug‘ining birlik shaklidan keyin qo‘shiladigan -ma, -mä dir. Bu faqat kelasi zamonga bog‘liq: alma, almai], 0‘zga buyrug‘ida bo‘lishsizlik shakliga -sun, -sün, -sïn, -sin qo‘shimchasi orttiriladi: almasïn, almasïnlar. So‘zlovchining buyruq- istagi almalïm, almayïm, almayïq shaklida ifoda etilgan.
Bo‘lishsizlik belgisining -maz, -mäz shakli ham bor. U shaxs-son qo‘shimchalari bilan qoilanadi. Birinchi shaxsda kelmäzmän, kelmäzbiz, ikkinchi shaxsda kelmäzsän, kelmäzsiz, uchinchi shaxsda kelmäz, kelmäzlär deyiladi. Bu affiksning -mas, -mäs varianti ham bor: kelmäsmän.
0‘tgan zamon boiishsizligi: kelmädim, kelmädik, kelmädiq, kelmädiijiz, kelmädilär.
Kelasi zamon boiishsizligi: kelmägäymän, kelmägäybiz, kelmägäysän, kelmägäysiz, kelmägäylär.
Boiishsiz shart fe’lida so‘zlovchi kelmäsäm, kelmäsäk degan, tinglovchiga kelmäsäij, kelmäsäijiz, o‘zgaga nisbatan kelmäsä, kelmäsälär deyilgan.
Bo‘lishsizlikning yana bir belgisi -sïz, -siz affiksidir: Azïqsïz kettim, aqcasïz keldim degandagi kabi.
Bo‘lishsizlik ba’zi hollarda yoq so‘zi bilan ham ifodalanadi.
Fe’llarda shaxs-son ko‘rsatkichi
Fe’llarda so‘zlovchi birligining shaxs-son ko‘rsatkichi -män~-men qo'shimchasidir. Masalan, OD da: dost tutar-men — do‘st tutar-men, dusman tutar-men — yov tutarmen. AT, 283 da: Bir-kiä amraq oglumun sizirjä tutuzur-män. — Birgina suyukli o‘g‘limni sizga tutqazayapman. So‘zlovchi ko‘plik uchun kelasi zamon fe’llarida -biz, -bïz, o‘tgan zamon fe’llarida -q, -k qo‘shimchasi ishlatiladi.
0‘zga shaxs birligi -ï, -i qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi. Ko‘plik uchun esa birlik shakliga -lar, -lär qo‘shimchasi qo‘shiladi.
So‘zlovchi fe’llardagi shaxs-sonni quyidagicha ifodalaydi:
Birlikda: ayur-men, kelür-men.
Ko‘plikda: ayur-bïz, otunur-bïz.
Tinglovchi uchun birlikda: aldïg, keldiij. Ko‘plikda: aldïijïz, keldiijiz.
0‘zga birligi uchun: aldï, keldi. Ko‘plik uchun: aldïlar, keldilär.
Agar shaxs ta’kidlab ko‘rsatilmoqchi bo‘lsa, undan oldin kishilik olmoshi orttiriladi. So‘zlovchi birlikda men aldïm, men keldim, ko‘plikda biz aldïq, biz keldik. Tinglovchi birlikda sen aldïij, sen keldirj, ko‘plikda siz aldïrjïz, siz keldiijiz.
Ol sub qudï bardïmïz, sanagalï tüsürtümüz, atïg ïqa bayur ertimiz... kün yemä, tün yemä yelü bardïmïz. Qïrqïzïg uqa basdïmïz. — U1 suvning quyisiga bordik. (Lashkarni) sanagani tushirdik. Ot(lar)ni butaga boylar edik... . Kun-u tun yelib bordik. Qirqizni qo‘qqisdan bosdik (Ton, 27).
“Xuastuanift” asarida so‘zlovchi ko'pligining shaxs-son ko‘rsatkichi ikki xil shaklda: unli bilan tugagan fe’l shakllariga -mïz, -miz, undosh bilan tugagan fe’llarga esa -biz shaklida qo‘shilgan: öktinür-biz, ötünür- biz, sözläyür-biz, isläyür-biz, yazuqlug-biz.
Yana bir muhim belgisi, asarda fe’lning o‘tgan zamon, shaxs-son qo‘shimchalari ham o‘zak-negizga moslashadi: so‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablanmagan unlili bo‘lsa, zamon, shaxs-son qo‘shimchalari -tïmïz, - timiz / -dïmïz, -dimiz shaklida qo‘shiladi: sözlädimiz, biltimiz, ürkitdimiz, acïtdïmïz agrïtdïmïz. Agar so‘zning oxiigi bo‘g‘ini lablangan unlili bo‘lsa, -tumuz, -tümüz / -dumuz, -dümüz shaklida qo‘shiladi: yüküntümüz, ölürdümüz, öz ötägci boltumuz.
-siz affiksi tinglovchi birligida ba’zan hurmat ma’nosini ham bildiradi:
Ötrü ol awïcga ïglayu xanqa incä tip ötünti: Täqrim, ne mug taq boltï- kim, antag täijri-teg, erdäni-teg ögükürjüzni öliim yiriijä ïdur-siz? — So‘ng o‘sha qariya yigiab, xonga shunday deya iltijo qildi: “Tangrim, qanday musibatkim, shunday tangridek, javohirdek suyukligingizni [ya’ni o‘giingizni] oiim yeriga yuboryapsiz?” (AT, 283).
Shart ko‘rsatkichi
Qadimgi turkiy tilda shart ko‘rsatkichi -sar, -sär shaklida boigan. So‘zlovchi birligi va ko‘pligi, tinglovchi birligi va ko'pligining shart ko‘rsatkichi ham o‘zga ko‘rsatkichi (-sar, -sär) kabi ifoda etilaveigan, lekin ma’noda farq bor. Shartning kimga yoki nimaga tegishliligini egadan anglash mumkin. Masalan, ko‘k turk bitiglarida: Iraq ersär, yablaq agï birür, yaguq ersär, edgü agï birür — Yiroq boisa, yomon ipaklik berur, yaqin boisa, yaxshi ipaklik berur (Ka, 7). Ötükän yïs olursar, bäijgii el tuta olurtacï-sän — 0‘tukan yishda turilsa, elni mangu tutib turajaksan (Ka, 8). Üzä täijri basmasar, asra yer tilinmäsär, türük bodun, eligin, töriiijin kim artatï? — Yuqoridan osmon bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, davlatingni, hukumatingni kim buzdi? (K, 22). Eltäris qagan qazganmasar, udu ben özüm qazganmasar, el yemä, bodun yemä yoq ertäci erti — Eltarish xoqon zafar qozonmasa, unga ergashib mening o‘zim zafar qozonmasam, el ham, xalq ham yo‘q boiajak erdi (Ton, 54-55). Bilgä Toriuquq qazganmasar, ben yoq ertim ersär... — Bilga Toiiyuquq zafar qozonmaganda edi, men boimasam edi (Ton, 59); Amtï men bu erdäni birlä barsar, men qamag tïnlïglarqa artuq asïg tusu qïlu umagay-men. — Endi men bu javohir bilan borsam, men hamma jonzodlarga ortiq foyda keltira olmayman (AT, 284).
Qadimgi -sar, -sär keyinchalik -sa, -sä shaklini oldi.
“Qutadg‘u bilig”da ham so'zlovchi birligi va ko‘pligi, tinglovchi birligi va ko'pligi uchun shart ko‘rsatkichi -sa, -sä shaklida qoilanaveradi: USïr erdii] ersä, tur, ac emdi köz,
Esitmädii] ersä, esit mendä söz —
Uxlayotgan boisang, tur, endi ko‘zingni och,
Eshitmagan boisang, so‘zimni eshit (QB, 80).
Keltirilgan misolda shartning tinglovchiga qarashliligi u5ïr erdiq, esitmädig so‘zlari orqali ifoda etilgan.
Qalï eSgii bulmaq tiläsä özüq. — Agar ezgulik topmoq tilasang (QB, 224). Apaij ekki azun qulur ersä sen. — Agar ikki dunyoni istar esang (QB, 223).
Özüm ‘uzrïn aysam yemä iymänü. — Agar iymanib o‘z uzrimni aytsam (QB, 188).
Qalï bulsai], islät, ucup kökkä teg. — Agar ularga yetishsang, ishlat, uchib ko‘kka ko‘taril (QB, 212).
“Hibatu-l-haqoyiq”da ham tinglovchi sharti -sa, -sä bilan ifoda etilgan: Aqï erni öggil ögär ersä sen. — Sahiy erni maqtagil maqtar ersang sen (AH, 227).
Fe’l nisbatlari
Yozma yodgorliklar tilida fe’lning birgalik nisbati -s qo‘shimchasi bilan yasaladi.
Fe’lning orttirma nisbati quyidagi qo‘shimchalar bilan yasalgan:
-t affiksi. MK da: ol anï sïxtattï — u uni yig‘latdi, ol anï tilätti — u uni tilantirdi.
-r, -ur, -ür affiksi. MK da: ol anï ewdin köcürdi — u uni uydan ko‘chirdi.
-tur, -tür / —dur, -dür / -tïr, -tir / —dïr, -dir affiksi. MK da: ol qapug acturdï — u eshikni ochtirdi, ol suw töktürdi — u suvni to‘ktirdi.
-qur, -kür / -gur, -gür affiksi. MK da: ol meni toSgurdï — u meni to‘ydirdi.
-z, -uz, -iiz affiksi. MK da: uragut oglïga süt emüzdi — xotin bolasiga sut emizdi, ol suw tamuzdï — u suv tomizdi.
-duz, -düz affiksi. MK da: ol tawar alduzdï — u mol oldirdi, ol meqä is bildüzdi — u menga ish o‘rgatdi.
0‘tgan zamon fe’li
0‘tgan zamon fe’lining o‘zga birligi -dï, -di / -tï, -ti, bo‘lishsiz shakli -madï, -mädi qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi. Misoli: Türk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï, türk sir bodun yärintä bod qalmadï. — Turk xalqi oidi, tugadi, yo‘q bo‘ldi, turk sir xalqi yerida (hech bir) urug‘ qolmadi. (Ton, 3-4).
0‘zga ko‘pligi o‘zga birlik shakliga -lar, -lär qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi.
0‘tgan zamon fe’lining so‘zlovchi birligi -dïïn, -dim / -tïm, -tim, bo‘lishsiz shakli -madïm, -mädim qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilingan.
0‘tgan zamon fe’lining tinglovchi birligi -dïg, -dig, -tïg, -tig, bo'lishsiz shakli -madïg, -mädig qo‘shimchasi bilan yasaladi: cïzdïg — yozding, cïzmadïg — yozmading. Tinglovchi ko‘pligi -digïz, -digiz, - tïgïz, -tigiz, bo‘lishsiz shakli -madïijïz, -mädigiz qo‘shimchasi bilan yasaladi: cïzd'fljïz — yozdingiz, cïzmadïqïz— yozmadingiz.
Hozirgi zamon fe’li
Bunday fe’l shakli hozirgi zamon uchun yoki ham hozirgi, ham kelasi zamon uchun mushtarak bo‘ladi. Undosh bilan tugagan fe’llarda
ä, unli bilan tugagan fe’llarda y undoshi orttiriladi.
Ham hozirgi, ham kelasi zamonga ehtimoli bo‘lgan fe’llar misoli: kelirmän, kelirbiz, kelirsän, kelirsiz, kelir, kelirlär.
Hozirgi zamon fe’lining tinglovchi birligi o‘zakka -ar-sen, bo‘lishsiz shakli esa -maz-sen qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Tinglovchi ko‘pligi hosil qilinmoqchi bo‘lganda tinglovchi birligidagi - sen qo‘shimchasi -siz bilan almashtiriladi.
0‘zga birligi fe’l o‘zagiga -ar, bo‘lishsiz shakli esa -maz qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Tinglovchi ko‘pligi birlikdagi bo‘lishli va bo‘lishsiz shakliga -lar qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi.
So‘zlovchi birligi -ar-men, bo‘lishsiz shakli -maz-men qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. So‘zlovchi ko‘pligida so‘zlovchi birligidagi -men qo‘shimchasi -biz bilan almashtiriladi.
Kelasi zamon fe’ii
Kelasi zamon fe’li -gay, -qay, -gäy, -käy affiksi bilan hosil qilinadi. Bo‘lishsiz shakli -mä, -ma qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi.
Amtï' ecim taluyqa barïp erdäni kelürsär, taqï agïrlïg bolgay, men taqï ucuz bolgay-men, tep saqïntï. — “Agar akam dengizga borib javohir keltirsa, u yana ham qadr topadi, men esa yana qadrsiz bo‘laman”, — deb o‘yladi (AT, 284).
BoÖun tili yawlaq, seni sözlägäy,
Kisi qïlqï kirtüc, etiijni yegäy —
Xalqning tili yomon, seni so‘zlaydi,
Kishilarning fe’l-atvori hasadgo‘y, etingni yeydi (QB, 164).
Yodgorliklarda kelasi zamonning -gay, -qay, -gäy, -käy affiksi -ga, -qa, -gä, -kä shaklida ham qo‘llaniladi: Biligsiz ne bilgä bilig qïymatï — Bilimsiz bilimning qadrini qayerdan ham bilardi (QB, 462).
Turur / durur fe’li haqida
Turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida gapning kesimi ko‘pincha
fe’ldan tuziladi. 0‘rni bilan, boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son va b.) ham kesim bo‘lib keluvi mumkin. Biroq, ismlar guruhiga mansub so‘zlar kesim boiib kelganda, muhim bir hodisani inobatga olmoq kerak. Masalan, hozirgi o‘zb. Bu uy cïraylï hamda Menii] niyatïm su gaplarining tuzilishiga e’tibor beraylik. Keltirilgan ikkala gapning kesimi fe’l emas. Ammo ushbu kesimlar sifat va olmoshdangina iborat emas. Ularda biz kesim deb sanayotgan sifat va olmoshdan keyin ta’kidni bildiruvchi mantiqiy -dïr turibdi: Bu uy cïraylï(dïr); Menig niyatïm su(dïr). Buning singari misollarni yana keltirishimiz mumkin: ularning hammasida ham kesim o‘rnida mantiqiy -dïr tasawur etiladi va bundayin “ot-kesimli” gaplarning mantiqiy kesimi yana fe’lga qaytadi.
Hozir biz qo‘llayotgan -dïr qadimgi turkiy tildagi turur ning qisqargan shaklidir (turur / durur > tur / dur > dïr).
Qadimgi yodgorliklar tilida gapning kesimi, asosan, fe’l bo‘lib keladi: Tiirk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï. — Turk xalqi o‘ldi, tugadi, yo‘q bo‘ldi (Ton, 3).
Yozma yodgorliklar tilida -ol ham kesimlik belgisi bo‘lib, fikr tugalligi, aniqligini bildirib keladi. Misollar:
Türk bodun yämä bulganc-ol, tämis. Oguzï yämä tarqanc-ol, tämis. Turk xalqi ham sarosimadadir, — debdi. — 0‘g‘uzi ham tarqoqdir”, - debdi (Ton, 22).
Kisidin kisikä qumaru söz-ol,
Qumaru sözi tutsa asgï yüz-ol —
Kishidan kishiga (qolar) yodgorlik so'zdir,
Yodgorlik so‘ziga amal qilsang, foydasi yuzdir (QB, 187).
Özüg mätjü ermäz, atïi] mägü-ol. — 0‘zing mangu emas, oting mangudir (QB, 226).
Gapda fe’ldan boshqa so‘z turkumlari ham kesim bo‘lib kelishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham, u mantiqan fe’l-kesimni talab qiladi. Qadimgi turkiy tilda buni turur fe’li ta’minlaydi. Quyidagi misolga e’tibor qarataylik: Qul yagï, ït böri. — Qul — dushman, it — bo‘ri (MK,
324). Qo‘shma gap shaklidagi ushbu maqoldagi birinchi gapning kesimi
yagï, ikkinchisiniki — böri. Ikkala gapning kesimi shu turishida mantiqan turur fe’lini talab qiladi. Demak, ushbu maqolning qisqarishga uchramagan, tiklangan shakli Qul yagï (turur), it böri (turur) bo‘Iadi.
Til tarixida fe’lning shaxs-son ko‘rsatkichi ham gap kesimini shakllantira oladi. Masalan: Qutlug cigsi-ben. — (Men) Qutlug‘ chigshiman (E, 19, 1); Bilgä Toriuquq-ben. — (Men) Bilga To‘nyuquqman (Ton, 1); Antag küclüg-män. — Shunday kuchliman (IB, 20).
E’tibor berilsa, keltirilgan misollarda shaxs-son qo‘shimchalari to‘g‘ridan to‘g‘ri ot yoki sifatga bogianayotgani yo‘q. Ular mantiqan kesimlikni ta’minlayotgan turur fe’liga bogianmoqda. Shuni inobatga olganda keltirilgan gaplaming tiklangan holati: Qutlug cigsi (turur)-ben; Bilgä Toriuquq (turur)-ben; Antag küclüg (turur)-män shakllarini oladi.
Boshqa bir misol: Alp cerigdä, bilgä tirigdä (MK, I, 369). Ushbu gapning kesimlari mantiqan tugallikni bildiruvchi “bilinadi”, “sinaladi” feilarini talab etadi. Ana shu fei-kesimning qisqarishi natijasida toidiruvchi kesim vazifasini o‘tamoqda. Shuning uchun bu gapni “Alp jangda, dono majlisda sinaladi” deya anglamoq kerak.
Yana bir o‘rnak: Qoldacïqa mirj yagaq, barca bilä ayruq tayaq. — Tilanchiga mingta yong‘oq, barchasiga qo‘shimcha suyanadigan tayoq (ham ber) (MK, I, 394). Ushbu gap mantiqan “bergil” fe’lini talab qiladi. Shuning uchun tiklangan ko‘rinishini quyidagicha o‘qish mumkin: Qoldacïqa miq yagaq (bergil), barca bilä ayruq tayaq (ma bergil).
Turkiy tillarda (til tarixida ham, hozir ham) kesim, asosan, fe’l bilan ifodalanadi. Uslubiy talablar, tejamkorlik qonunidan kelib chiqqan holda boshqa so‘z turkumlari ham kesim boiib kela olishi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham biz kesim deya sanayotgan so‘zimiz mantiqan fe’lni talab qilaveradi. Til tarixida kesimlikni turur fe’li ta’minlagan boisa, hozirgi o‘zbek tilida esa uning vazifasini -dïr bajaradi. Ko‘pincha bu qo‘shimcha ot kesimlarda zamon ko‘rsatkichi sifatida fakultativ shaklda mavjuddir.
Ko‘makchi fe’llar
Yozma yodgorliklar tilida ayrim feilar ko‘makchi fe’l vazifasida ham qoilanadi. bol-, qïl-, bar-, ber-, id-, elt-, qal-, kel-, kör-, u- singari so‘zlar ko‘makchi fe’l vazifasida ham qoilanadi.
Ko‘makchi feilarning muhim xususiyati, ular qo‘shma fe’l yasash uchun ham xizmat qiladi. Qo‘shma feilar ot yoki sifat bilan ko‘makchi feilar birikuvidan, shuningdek, ravishdosh bilan ko‘makchi fe’l birikuvidan tuzilgan boiadi.
Ot yoki sifat bilan ko‘makchi fei birikuvidan tuzilgan feilar ikki xil: 1) ot yoki sifat + bol— qolipida tuzilgan feilar: qagan bol— xoqon boi-, qul bol— qul boi-, qarï bol— qari boi-, kergäk bol— oimak, vafot etmak, yagï bol— yov boi-; 2) ot yoki sifat + qïl— qolipida yasalgan feilar: bay qïl— boy qil-, qul qïl— qul qil-, küij qïl— joriya qil-, urus qïl— urush qil-.
Ravishdosh bilan ko‘makchi fei birikuvidan tuzilgan feilar. Bunday fe’llar bar-, ber-, ïd-, elt-, qal-, kel-, kör-, u- ko‘makchi fe’llari ko‘magida tuziladi: adrt'lu bar— ayrilib ket-, uca bar— vafot et-, yelü bar— yelib bor-, tezip bar— qochib ket-; qazganu ber— qozonib bermak, tikä ber— tika ber-, tuta ber— tutib ber-; yitürü ïd— yo‘qotmoq, sanca id— sanchmoq; slirä elt— suru ber-; yatu qal- yotib qol-; udu kel— ta’qib etib turmoq, yürä kel— yurib kel-; yelü kör- yelib ko‘r-; artatï u— buza bilmak; udu yoiï— uzoq vaqt izlamak.
er- toiiqsiz fe’li haqida
Hozirgi o‘zbek tilida e- to‘liqsiz fe’l bo‘lib, u edi, ekän, emis, emäs, esä singari shakllarda amal qiladi. Bulardan emäs bo‘lishsiz fe’llar yasaydi, esä bog‘lovchidir.
To‘liqsiz fe’lning edi, ekän, emis shakllari alohida qo‘llanilmaydi, lekin fe’llar bilan qo‘llanilganda harakat-holatning davomiyligini bildiradi. Otlar (ism guruhidagi so‘zlar) bilan qo‘llanilganda esa uni kesimga aylantiradi va b.
Hozirgi e- to‘liqsiz fe’li qadimgi turkiy tilda är-~er-, uning zamon, mayl shakllari esa ärdi~erdi, ärkän~erkän, ärmis~ärmis / ermis~ermis, ärmäz~ärmäs / ermäz~ermäs, ärsä~ersä shakllarida qo‘llanilgan.
Ma’lumki, är-~er- awal mustaqil bo‘lib, keyinchalik to‘liqsiz fe’lga aylangan. U yozma yodgorliklar tilida ikki xil ko‘rinishda uchraydi:
Hozirgi o‘zbek tilida bo‘lgani singari to‘liqsiz fe’l bo‘lib keladi:
Turk bodun Tabgacqa körür ärti. — Turk xalqi Tabg‘achga qaram
edi (Ton, 1).
Äki ülügi atlïg ärti, bir ülügi yadag ärti. — Ikki qismi otlig1 edi, bir qismi yayov edi (Ton, 4).
Mustaqil fe’l bo‘lib, “mavjudlik” ma’nosini bildiradi. Misollarga e’tibor bering:
Näg näq sabïm ärsär, bärjgü tasqa urtum. — Har qanday so‘zim bo‘lsa, mangu toshga yozdim (Ka. 11).
Anca qazganmïs, itmis älimiz, törümiz ärti. — Shunday qozonilgan, tiklangan elimiz, hukumatimiz (bor) edi (K. 12).
Ol antag osuglug coglug yalïqlïg küclüg küsünlüg elig xannïq ulugï xatunïnta togmïs köigäli sewiglig, körklüg meqizlig üc oglanï erti. — 0‘sha tadbirli-cho‘g‘li, shon-shavkatli elig xonning katta xotinidan tug‘ilgan ko‘rkli-suyukli, istarasi issiq uch o‘g‘loni bo‘lar edi (Oy, 607—608).
Et-öz ersär, beksiz meqüsüz titir. — Et-o‘z mavjud bo‘lsa, beqaror-
u, o‘tkinchi turur (Oy, 613).
Yodgorliklarda er- fe’li erdilär erdi, erdi ersä shakllarida ham uchraydi. Masalan, “0‘g‘uzxoqon” dostonida: Osul ogulnur) öi]lügi cïragï kök erdi, agïzï atas qïzïl erdi, közläri al, saclarï, qaslarï qara erdilär erdi.
0‘sha o‘g‘ilning yuz-chiroyi ko‘rkli edi, lablari otash misol qizil edi, ko‘zlari xumor, sochlari, qoshlari qora edi (OD, 1, 5—7).
“Qutadg‘u bilig”da: U8ïr erdiq ersä, tur ac emdi köz. — Uxlayotgan ersang, tur, endi ko‘zingni och (QB, 80).
Hozirgi kimsä so‘zi tarixan kishilikni bildiruvchi kim hamda “mavjudlik («cymecTBO»)” ma’nosidagi ersä so‘zlarining birikuvidan yasalgan: kimsäYORDAMCHI SO‘ZLAR Bogiovchilar
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uyushiq bo‘laklar hamda juft so‘zlarda ishlatiladigan va yoki -u bog‘lovchilarining o‘rnida qadimgi turkiy tilda ... lï ... lï bogiovchisi qo‘llanilgan. Misol: Saqïntïm, turuq buqalï sämiz buqalï arqda bilsär, sämiz buqa, turuq buqa täyin bilmäz ärmis. — (So‘ng) o‘ylab qoldim: “(Birov) turuq buqa bilan semiz buqani tezagidan bilsa, (birov bu) semiz buqa, (bu) turuq buqa deya bilmas emish [ya’ni semiz buqa bilan turuq buqani ajratolmas ekan]” (Ton, 5-6); Bu sawïg ilig begli xatunlï esidip... — Bu xabarni elig bek va xotini eshitib ... (Oy, 625); Adïglï torjuzlï art üzä soqusmïs ermis. — Ayiq va to‘ng‘iz tepalik ustida to‘qnashibdi (IB. 6); T(ä)rjrili yäkli nädä ötrii süijüsmis y(a)ruqlï q(a)ralï q(a)ltï qatïlmïs yirig t(ä)i]rig kim y(a)ratmïs tipän bilt(i)m(i)z. — Tangri va iblis nima sabab urushdilar, yorug‘lik bilan zulmat qanday qilib qorishdilar, yerni, osmonni kim yaratganini bildik (Huast, 73—75).
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida biriktiruvchi bog‘lovchilardan ham bog‘lovchisi-da qo‘llanilgan: Fida qïldï barïn, näqi ham özin. — Barini — narsasini hamda o‘zini fïdo qildi (QB, 55); Ularnïq taijuqï kelir ham barïr. — Ularning sovg‘asi keluvchi ham ketuvchidir [ya’ni o‘tkinchidir] (QB, 109).
Ya bog‘lovchisi inkorni bildiradi. U takrorlanib ham ishlatiluvi mumkin:
Yurïmaz ya yatmaz, uöïmaz u8ug,
Ya meijzäg ya yaqzag kötürmäz bo8ug. —
U yurmaydi yo yotmaydi, uxlamaydi, (u) uyg‘oq,
Yo mengzaydigan, yo o‘xshaydigan sifati yo‘qdir (QB, 16).
“Yoki” bogiovchisining o‘rnida azu bogiovchisi qo‘llanilgan. Ushbu bogiovchi ora-chora takror holda ham ishlatiladi: Azu muij iicün azu busï birgäli qïzganïp yiti türlüg busï arïg nomqa tükäti birii umadïmïz ärsär. — Yoki qayg‘u-musibatga atab ehson bergani qizg‘anib yetti xil ehson, chin aqoidga butkul bera olmagan boisak (Huast, 107—108); Anïrj oxsagï yoq azu meijzägi. Uning o‘xshaydigani yoki mengzaydigani yo‘q (QB, 15); Esiz-mu setjä yeg azu e5gü-mu / Sökiis-mu qïlur-sen azu ögdi-mü. — Senga esizlik yaxshimi yoki ezgulikmi? So‘kilishni istaysanmi yoki maqtovnimi? (QB, 240).
Hoziigi “goho” bog‘lovchisining o‘mida ara bogiovchisi qoilanilgan. U jumlada takrorlanib kelishi ham mumkin: Ara ögdilür til, ara mïij söküs. — Til goho maqtaladi, gohida ming so'kish eshitadi (QB, 174).
Hozirgi o‘zbek tilida -ki bogiovchisi ergash gapni bosh gapga bogiashga xizmat qiladi. 0‘zbek tilshunosligida -ki bogiovchisi fors tilidan o‘zlashgan, sodda gaplari -ki bogiovchisi bilan birikkan qo‘shma gaplarni forsiy qolipda yuzaga kelgan, deb qarovchilar ham bor. Ta’kidlash kerakki, turkiy tillardagi -ki bogiovchisi tarixan -kim ning qisqargan shaklidir (-kim>-ki). Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida kim ikki xil vazifada keladi:
kishilik olmoshidir. Masalan: Kim taluyqa barayïn tesär, kiriqlär, oglum tiginkä es boluylar. Ne kergäkin barca bergäy-biz. Kim yerci suwcï, kemäci bar ersär, yemä kelzün. — Kim dengizga boraman desa, qoshimga kiringlar, o‘giim shahzodaga esh boiinglar. Nima kerak boisa, barini bergaymiz. Kim yoi boshlovchi, dengizchi, kema boshqaruvchisi boisa, u ham kelsin (AT, 283);
bogiovchi boiib keladi, qo‘shma gaplarda ergash gapni bosh gapga bogiash uchun xizmat qiladi. Quyidagi misollarga e’tibor bering: Luu xanlarïnta Cintamani erdäni bar-kim, ülüglüg qutlug kisi ol erdäni bulsar, qamag tïnlïglarqa asïg tusu qïlur. — Ajdar xonlarida Chintamani javohiri bor-kim, nasib etgan baxti bor kishi o‘sha javohirni topsa, hamma jonzodlarga foyda keltiradi (AT, 283); Men bu muntuda yigräk Cintamani erdäni algalï barayïn-kim, qayu tïnlïglarqa tüzü tükäti asïg tusu qïlu usar-men. — Men bu yerda qolib yaxshiroq Chintamani javohirini olish uchun borayin-kim, qay jonzodlarga tugal foyda keltira olaman (AT, 284).
Hozirgi “agar”, “garchi” bogiovchilari o‘mida qalï~xalï, apaij~abaij bogiovchilari qoilanilgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da: Qalï mundag ersä yorïq otru ur. — Garchi shunday ekan, o‘rtacha yo‘riq tut (QB, 172); Apaij iki azun qulur ersä sen. — Agar ikki dunyo farog‘atini tilar bo'lsang (QB, 223).
Ko‘makchilar
Ko‘makchilar vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon va shu kabi munosabatlarni bildirish uchun qo‘llaniladigan so‘zlardir.
Yodgorliklar tilida birlä~bilä, ücün, üzä'üzrä, icrä, icindä, ara, ötrü, tapa~taba, uzu, basa, sorj, qat, asnu, burun, tegin ko‘makchilari qo‘llanilgan.
iizä ko‘makchisi: Toquz oguz bodun üzä qagan olurtï, tir. — To‘quz o‘g‘uz xalqi ustidan (bir) xoqon taxtga o‘tirdi, — der (Ton, 9).
tegin ko‘makchisi: Qïrq yilqa tegin bay cïgay tüzlänür — Qirq yilgacha boy bilan kambag‘al tenglashadi (MK, I, 333).
“So‘ng” ma’nosida soij, basa, ötrii so‘zlari, hozirgi “keyin” so'zining o‘rnida kedin, kenä so‘zlari qo‘llanilgan.
Yuklamalar
Yuklamalar so‘z va gapga qo‘shimcha ma’no yuklaydi. Ular so‘roq, taajjub, kuchaytiruv va ta’kid, ayiruv, inkor ma’nolarini bildiradi.
Qadimgi turkiy tilda yuklamalar ikki xil ko‘rinishda uchraydi: qo‘shimcha shakliga kelib qolgan yuklamalar va so‘z-yuklamalar.
Yämä yuklamasi ta’kidni bildiradi: Ältäris qagan qazganmasar, udu bän öziim qazganmasar, äl yämä, bodun yämä yoq ärtäci ärti, qazgantuqïn ücün, uduguzum, qazgantuqum ücün äl yämä äl boltï, bodun yämä bodun boltï. — Eltarish xoqon zafar qozonmaganida, uning bilan mening o‘zim zafar qozonmaganimda, yurt ham, xalq ham yo‘q bo‘lar edi. (Xoqon) zafar qozongani uchun, mening hushyorligim, zafar qozonganim uchun, el ham el bo‘ldi, xalq ham xalq bo‘ldi (Ton, 54-56).
Yodgorliklar tilida -mu, -mii so‘roq yuklamasi, ta’kidni bildiruvchi -la,-lä; -cu, -cii; -oq, -ök; -mat, -mät; us yuklamalari amal qilgan.
-mu, -mii so‘roq yuklamasining misoli: Ayur: körmädig-mii bu xaqan yüzin. -Aytur: Ko'rmadingmi bu xoqon yuzini? (QB, 79).
-oq, -ök yuklamasining misoli:
Taqï ma nekü ersä arzu tiläk,
Bayat-oq bolu bersü arqa yöläk —
Tag‘in qanday tilak va orzularing bo‘lsa, xudoning o‘zigina madadkor bo‘laversin (QB, 118).
us yuklamasining misoli: E bilgä, özüm us tapugcï seijä. — Ey dono, o‘zim sening xizmatingdadirman (QB, 200).
-mat, -mät yuklamasining misoli: Seni sen-mät öggil, kesildi sözüm.
Seni sening o‘zinggina hamd qil, so‘zimni kesdim (QB, 32).
Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin