Nasimxon rahmonov, qosimjon sodiqoy



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə12/31
tarix03.02.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#82725
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
O\'zbek tili tarixi. 2009. N.Raxmonov, Q.Sodiqov

Tayanch tiishunchalar: leksik qatlam, dialekt, shumer tili, qabilalar tillari, o'zlashgan qatlam, xitoycha, so‘g‘dcha so ‘zlar, ko‘p ma’nolilik, semantik birlik, metafora, omonimlar, evfemizm, sinonimlar, antonimlar.
Qadimgi turkiy til leksikasi mazkur tilning qaysi dialektlar asosida shakllanganini ko‘rsatishi bilan diqqatga sazovor. Shuningdek, ma’lum bir davrga oid nutq xususiyatlari, xalqning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti, dunyoqarashi, xullas, insoniyatning moddiy, ma’naviy va maishiy hayoti bilan bog‘liq hamma jihatlar leksikada aks etadi.
Ma’lum asarning leksik qatlami o‘sha davr adabiy til xususiyatlarini, boshqa xalqlar bilan madaniy, siyosiy aloqalarni ko‘rsatish uchun ham asosiy omillardan biri sanaladi. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tarixi ham ilk bor leksikada aks etadi. Masalan, ayrim olimlar (jumladan, 0‘ljas Sulaymonov) qadimgi turkiy til bilan dunyodagi eng qadimgi til bo‘lgan shumer tili o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini asoslamoqchi bo‘lganlarida ham har ikkala tildagi umumiy leksik qatlamga va leksik ma’noga tayanadilar: shumer. ne qadimgi turk. “«ö”; shumer. me — qadimgi turk. “man, ban”\ shumer. ze -qadimgi turk. “sän” va h. Yoki turkiy tillarning ilk bosqichi bo‘lgan Oltoy davrida turkiy, mo‘g‘ul, tungus, manchjur, yapon, koreys tillarining yagona til bo‘lganini dalillashda ham turkolog olimlar mazkur tillardagi o‘zakdosh so‘zlarni asos qilib oladilar.
Qadimgi turkiy tilning leksik qatlami ham o‘ziga xos. Bu tilning leksikasidagi o‘ziga xoslik shundan iboratki, qadimgi turkiy qabilalarning tillaridagi leksik qatlam, tilning boshqa sathlariga qaraganda, qadimgi turkiy adabiy tilning shakllanishida katta vazifa bajargan.
Qadimgi turkiy til leksikasi asosan turkiy so‘zlardan iborat. O'zlashgan qatlam oz miqdorni tashkil etadi. Bu qatlam, asosan, atoqli otlardan, ma’lum bir diniy tushunchalarni ifodalovchi so‘z va terminlardan iborat. Urxun-yenisey yodgorliklarida o‘zlashgan qatlam xitoycha, so‘g‘dcha so‘zlardan iborat bo‘lib, taxminan bir-ikki foizni tashkil qilsa, eski uyg‘ur-turk yozma yodgoriklarida nisbatan ko‘p. Jumladan, birgina “Oltun yorug‘” dagi so‘zlarning o‘n besh foizini sanskritcha, xitoycha, tibetcha, so‘g‘dcha so‘zlar tashkil qiladi. 0‘zlashgan qatlamning ko‘pligiga sabab shuki, ijtimoiy, madaniy, diniy tushunchalar qadimgi turkiylar madaniy muhitiga ko‘plab kirib
keldi va shu munosabat bilan o'zlashgan qatlam miqdori kengaydi.
Mazkur o‘zlagan qatlam so‘zlari bir ma’noni ifodalaydi. Bir ma’nolilik tilda, xususan qadimgi turkiy tilda ham keng tarqalgan bo‘lib, yuqoridagi o‘zlashgan so‘zlar termin xususiyatiga ega bo‘lgani uchun ham bir ma’no ifodalaydi. Ammo umumtil leksikasidan kirgan so‘zlarning ko‘p ma’no ifodalashi keng tarqalgan.
Ko‘p ma’nolilik
Ko‘p ma’nolilik qadimgi turkiy tilga ham xos xususiyatlardan biridir. Masalan, köngül so‘zining qadimgi turkiy tilda quyidagi ma’nolari bor:
Yurak, qalb: söz köngiilkä singdi (DLT, III, 391) — so‘z yurakka o‘rnashdi; El kunlärnïng köngüllärïdä köp tälïm boldi qayghu (0‘g‘uznoma) — El- yurtlarning yuraklari ko‘p qayg‘ularga to‘lib-toshdi.
Istak, xohish: öz köngiilinçä barsun (yurid. hujjat. ) — o‘z xohishi bo'yicha ish tutsin. 3. His-tuyg‘u: Täbrançsïzjajilmaqsiz ulugh jarliqançuçi köngül turghurup bu maning sävär amraq ätüsïzïmïn titär män, idalajur män (Oy, 616) — Men ikkilanmasdan g‘oyat mehribonlik his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atib, o‘zimning bu sevimli tanamdan voz kechyapman. 4. Fikr: Köngüllärïn turghurmaq, ornatmaq ärsär qalti bu üç türlüg bïlgä bïlïglär ïçïntä köngülüg jaratmaq ornatmaq äriir (Oy, 289) — Fikrlarini qaror toptirish esa quyidagicha: bu uch turli haqiqiy bilimdan fikrni qaror toptirib mukammal qilmoqdir.
Köngül so‘zi bu ma’nolaridan tashqari, qo‘shma fe’l shaklida ham bir qator ma’nolar hosil qiladi. Bu ma’nolar qo‘shma fe’lning yetakchi
fe’l qismi natijasida paydo bo‘lgan: 1. Köngül açi qayg‘uga, g‘amga
bot(moq); qatigh ünïn jighlayu köngüllärï açiyu (Oy, 636) — qattiq ovoz
bilan yig‘lab, qayg‘urib; 2. Köngül açil yaxshilanmoq; köngül açildi
(DLT, I. 194) — kayfiyat yaxshilandi; köngül örit — ista(moq): jana jämä bodis(a)tvlar bashtinqi orunda köngül öritmishlärintä soqançigh ärdini atligh samati dyanigh örïtürlär (Oy, 323) — yana bo‘disatvlar birinchi o‘rinni istaganlarida, ajoyib xazina degan samati mushohadasini qo‘zg‘atadilar.
Köngül so‘z birikmasi tarkibida qo‘llanganda, birikma bir ma’noni ifodalaydi: köngül bilig (Oy, 594) — ong, idrok; köngül qaçigh — tafakkur, “ruh”: köngül qaçiq ärmäksïz nomugh törüg itärür (Oy, 364) — Tafakkur maqsadga muvofiq bo‘lmagan no‘m qonunini rad qiladi.
Misollardan ko‘rinadiki, bu so‘zning ko‘p ma’nolilik xususiyati kontekstda yuzaga chiqadi.
Qadimgi turkiy tildagi ko‘p ma’noli so‘zlarda umumiy semantik birlik mavjudligi uchun ham yuqoridagi aloqa yuzaga chiqadi. Misol uchun qadimgi turkiy tildagi jïnçkä sifatiga e’tibor beraylik.
1. Bu so‘zning bosh ma’nosi qadimgi turkiy tilda “nozik”, “tor” ma’nosini ifoda etadi: jinçkä torqu (DLT III, 380) — nafis ipak kiyimlik (DLT III, 390); joling qilqa jinçkä (Qb, 435) — yo'ling soch tolasiday nozik. 2. Dono, aqlli: tärïng jinçkä savlarda bilgä biligläri birikmih ol (Uyg‘.) — chuqur dono so‘zlarda haqiqiy bilimlari birikkandir. 3. Mayda: jana çighu tashin jinçkä soqip (Uyg‘.) — yana ichu toshini mayda qilib;
Juda yaxshi, chuqur, ikir-chikirigacha: qaja tüsh köriigli tüshiing jinçkä köp (Qb, 314) — Ey tush ko‘ruvchi, tushingni yaxshilab tekshir. 5. Aniq, tushunarli: sözin jangzatur sözkä jinçkä ajur (Qb, 54) — so‘zini boshqa so‘zga o‘xshatadi, aniq gapiradi.
Mazkur so‘zdagi umumiy ma’no “nimaningidir yoki kimningdir nozik xususiyati”dan iboratdir deb aytish mumkin. Umuman, ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nolari o‘rtasida ma’lum mazmun munosabatlari bor. Ana shu mazmun munosabatlari turli predmetlar, hodisalaro‘rtasidagi ma’no aloqalarini tushunarli qiladi.
Metafora qadimgi turkiy til leksikasida ham, hozirgi turkiy tillardagi kabi, ko‘p ma’nolilikni hosil qiluvchi vositalardan biri bo‘lib, so‘z ning ma’no taraqqiyotida asosiy omillardan biridir. Bunday holda metaforik ko‘chim asosida yotadigan o‘xshashlik “ichki” bo‘lishi, ya’ni o‘xshashlik tashqi belgilariga ko‘ra emas, balki sezgi, tasawur yoki baho asosida yuz berishi mumkin. Mana shu asosda, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ham metaforik ma’no ifodalaydi. Masalan, arqish so‘zi bosh ma’nosida “karvon” ma’nosini ifodalaydi: azun täzgür alda arqish jorip (Qb, 388) — olam bo‘ylab kezar, mamlakatlar bo‘ylab karvon yurib. “Arqish” so‘zining “xabarchi, chopar” ma’nosi ham bor: ötrü ol arqish vajram jel tag barip (Uyg‘. ) — keyin bu xabarchi vayram shamoliday ketib. Mahmud Koshg‘ariy “arqish” so‘ziga “yurtidan uzoqqa ketgan bir kishiga yuborilgan [xabar yetkazuvchi] odam” deb izoh berib: “aning arqishi käldi — uning elchisi keldi” (DLT, 1, 123) misolini keltiradi. Shu so‘zga Mahmud Koshg‘ariy “bu so‘z maktub, noma ma’nosida ham qo‘llanadi” deb izoh beradi. Bu so‘z “arqish”ning uchinchi ma’nosidir.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning hamma ma’nolari va semantik variantlari o‘zaro aloqalar tufayli ma’lum tartib asosida tashkil topadi, bir ma’no ikkinchisiga tayanch bo‘ladi. Misollarimizdagi “ko‘ngil”ning to‘g‘ri ma’nosi “qalb, yurak”, “jinçkä”ning to‘g‘ri ma’nosi “yupqa”, “arqish”ning to‘g‘ri ma’nosi “karvon”dir. Bu so‘zlarning boshqa ma’nolari ijtimoiy ehtiyoj tufayli yangi predmet yo hodisani nomlash asosida yaratiladi.
Qadimgi turkiy til leksikasining asosiy qismi barqarordir. Bu barqarorlikni hozirgi o‘zbek tili bilan qadimgi turkiy til leksikasi qiyosida ko‘rish mumkin. Garchi qadimgi turkiy tildagi grammatik shakllar o‘zgargan bo‘lsa-da (masalan, kelishik qo‘shimchalari, jamlik son hosil qiluvchi qo‘shimchalar, sifatdosh shakllari), aksariyat so‘z o‘zaklari saqlangan. Misol uchun Kul tigin bitigtoshining 1-satridan parchani olib ko‘raylik: üzä kök tängri asra yaghiz yir qilintuqta äkin ara kisi oghli qilinmis — yuqorida ko‘k osmon, ostda qora yer qilinganda, ikkovining orasida inson bolalari yaratilgan.
Bu parchadagi asra va yaghiz so‘zlaridan tashqari barchasi hozirgi o‘zbek tiliga ayrim fonetik va grammatik shakllar o‘zgarishlari bilan yetib kelgan, bu so'zlarning ma’nolari saqlangan. So‘zlarning bir ma’noliligi va ko‘p ma’noliligi bilan bir qatorda, qadimgi turkiy tilning o‘z doirasidagi so‘z shakllari o‘xshashligi ma’no jihatdan farqlanishga olib keladi.
Evfemizm
Qadimgi turkiy tildagi evfemizmlar ham ko‘chimning bir turi bo‘lib, noxush salbiy hodisa va harakatlarni “niqoblash” orqali anglatadi. Evfemizmlar nutqda okkazional ma’no ifodalab, anglashilgan hodisaning tub mohiyatini yashirish uchun qo‘llanadi. Quyidagi so‘zlar qadimgi turkiy tilda evfemizmga misol bo‘la oladi: Kül tigin qonj yilqa yiti yigirmikä uçdi (Ktu, 53) — Kultigin qo‘y yilining yigirma yettisida uchdi (üçdi — “o‘ldi” ma’nosida qo‘llangan); çakravart ilig qaça qiyilghuça ärsär (Oy, 395) — Chakravart xon qachon qiyilsa (qiyilghuça — “o‘lsa” ma’nosida qo‘llangan).
Omonimlar
Omonimlarning tilda paydo bo‘lish sabablari turlicha: 1. So‘z tarkibida tovushlarning tarixan o‘zgarishi sabab bo‘ladi. 2. Boshqa tillardan so‘z o‘zlashtirilishi sabab bo‘ladi. 3. Ko‘p ma’noli so‘zning yagona ma’nosi o‘rtasidagi bog‘liqlikning yo‘qolishi sabab bo‘ladi.
Omonimlarning paydo bo‘lishidagi birinchi va uchinchi sabab turkiy tillar taraqqiyotida keyingi hodisa bo‘lib, ikkinchi sabab qadimgi turkiy tilga mos. Ayrim misollar keltiramiz.
Qadimgi turkiy tilda, xususan, urxun yodgorliklari tilida bod so‘zi ko‘p uchraydi. Bu so‘z “urug‘, qabila” ma’nosini bildiradi (bodun — “xalq” so‘zi ham shu bod so‘zidan): Tiirk sir bodun järintä bod jämä, bodun jämä joq ärtäçi ärtï (Mch, 3) — Turk sir xalqi yerida urug‘ ham, xalq ham yo‘q bo‘ladigan edi. Bu so‘z qadimgi turkiy tilda omonimik xususiyatga ega bo‘lib, “tana”, “qomat”, “bo‘y“ ma’nolarini ham ifodalaydi: Bodum ärdi oq täg ägildi bodum (Qb) — Tanam o‘qday edi, egildi tanam; Besh ozunlugh orunta qilinç ijin tüshinçä bod sin körkin täginür (Oy, 366) — Besh olam o‘rnida (o‘z) ishiga muvoflq ravishda qomat ko‘rkiga yetishadi.
Qadimgi turkiy tildagi so‘z shakl bilan so‘zning o‘zak holati ba’zan mos kelib qoladi. Bunday holatda tilda omoforma paydo bo‘ladi. Qadimgi turkiy tildagi omoformaning xususiyati shundaki, so‘zlar yozilishiga ko‘ra, shaklan mos kelib, mazmunan tamomila boshqa so‘zlardir. Bunday holat, odatda, turli so‘z turkumlari doirasida ham, bir so‘z turkumi doirasida ham yuz beradi: Kirishkä körü sen çiqish qil (Qb) — Daromadni ko‘rib, sen sarf qil; Kirishkä bir baqir bertim (Uyg‘. ) — Kamon ipi uchun bir tanga berdim.
Birinchi gapdagi harakat nomi (kirishkä) bilan ikkinchi gapdagi otning (kirishkä) shaklan mos kelishi qadimgi turkiy tildagi omoformadir.
Qadimgi turkiy tilda ko‘p uchraydigan hodisalardan biri omograflardir. Omograflar bu davrda omoformaga nisbatan ko‘p uchraydi. Buning sababi shuki, so‘z o‘zaklaridagi qattiq va yumshoq unlilarning mustaqil fonema sifatidagi vazifasi omograflarni paydo qiladi: yor- (yur- DLT, I, 455) — yör- (yech— uraghut oghlin beshiktin yördi — xotin bolasini beshikdan yechdi — DLT, III, 58); ir (uyatga qolgan — DLT, I, 36) ir (tosh — Uyg‘. ) ir (tog‘ning kungay tomoni DLT, I, 464) ir (irilla- DLT, I, 172). Qadimgi turkiy tilda omofonlar ham bor, ular nutqda keskin farq qilmasa ham, yozuvda farqlanadi: söküsh (haqorat — DLT, I, 368) — soqush- (— to‘qnash— Irq b.); /g/ä-(kasal bo‘l — Oy, 1) ighla— (yig‘la, KR, 5); qanagh ( qon oldirish —Uyg‘. ) qanaq (qaymoq — DLT, I, 383); qarsaq (qush nomi DLT, I, 473) qarshagh (kiyimning uzunligi, o‘lchovi - DLT, I, 464).
Sinonimlar
Sinonimlarning turli belgilari bor. Qadimgi turkiy tilda sinonimlarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratish mumkin: 1. 0‘xshash ma’noli so‘zlar sinonimlar qatorini hosil qiladi. 2. Yaqin ma’noli so‘zlar sinonimlar qatorini hosil qiladi. 3. Bir tushunchani anglatuvchi yoki bir buyumni bildiradigan so‘zlar sinonimlar qatorini hosil qiladi. Ma’lum kontekstda sinonimik qator tarkibidagi u yoki bu so‘zni qo‘llash ekspressiv-stilistik xususiyat hosil qiladi.
Sinonimlar qadimgi turkiy tilda bir kontekst doirasida qo‘llanishi mumkin. Bu sinonimlar hodisalarning turli ottenkalarini ifoda etish uchun, harakatning shiddatli, kuchli tarzda yuz berganini va turlicha namoyon bo‘lishini ifoda etish uchun xizmat qiladi. Bunday sinonimik qatorni Kultigin yodgorligida ko‘ramiz: Yo‘llig‘ tigin turkiy qavmlarning beboshligi oqibatida boshiga tushgan kulfatlarni ifoda etish uchun harakatni kuchli tarzda ifodalashga alohida e’tibor bergan: ... igidmish qaghaning sabin almatin, yir sayu barding, qop anta alqintigh, ariltigh (Ktk, 9) — Tarbiyat qilgan xoqoningning so‘zini olmay, har qayerga ketding, u yerlarda butunlay g‘oyib bo‘lding, nom-nishonsiz ketding.
Parchadagi alqintigh va ariltigh so‘zlari bir sinonimik qatorni hosil qilgan bo‘lib, ma’lum darajada mazmunan va ekspressivlik jihatidan matnda bir-biriga zidlik bor. Bu zidlik shunisi bilan belgilanadiki, ariltigh fe’li alqintigh fe’liga nisbatan kuchli salbiy ma’noni ifoda etadi. Ariltigh fe’li, asosan, matnda sinonimik qator hosil qilgan holda qo‘llangandagina, zidlik ma’nosi yuzaga chiqadi.
Ungin yodgorligining birinchi satrida ana shunday zid ma’noni yanada aniqroq ko‘rish mumkin: Äçümiz apamiz Bomin qaghan tört bulungugh qismis, yighmis, yaymis, basmis. Ol yoq boltuqta käsrä äl yitmis, içghinmis, qaçishmis Ota-bobomiz Bo'min xoqon (dunyoning) to‘rt tarafmi qisgan, (bir joyga) yiqqan, mag‘lub qilgan, bosgan. U xoqon vafot etgandan keyin xalq yo‘qolib ketgan, tarqalib ketgan, (har tomonga) qochib ketgan.
Qadimgi turkiy tildagi sinonimik qatorni shunday ifodalash mumkinki, “faqat ma’lum kontekstda nomuhim bo‘lib qoladigan semantik belgilariga ko‘ra zid qo‘yilgan so‘zlar sinonim bo‘la oladi”43.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, qadimgi turkiy tildagi sinonimlarning asosiy xususiyatlaridan biri sinonimik qator holida qo‘llanishidir. Ayniqsa, “Oltin yorug‘”da sinonimlarga xos bu xususiyat aniq ko‘zga tashlanadi. Agar so‘z turkumlari bo‘yicha sinonimik qator holida qo‘llanishiga e’tibor berilsa, fe’llaming va fe’l shakllarining sinonimik qatori eng ko‘p uchrashi kuzatiladi:... barça qorqup, bälingläp iraq tashtilar, qaçtilar (Oy, I, 3a) — ... hammasi qo‘rqib, vahimaga tushib, uzoqroq(qa borib) turdilar, qochdilar; ... tört apiramanilarigh savlap, sözlap (Oy, I, 14a) — ... to‘rt atiramanlarni (ya’ni komillikning sifatlarini) hikoya qilib, so‘zlab... ; ... bir tatighligh ärtügin hirtiirkalir uqtirghalir iiçün... (Oy, II, 4a) — ... bir xil lazzat ekanini bildirish, uqdirish uchun... ; birgärü turup yumqi ögscirlär küläsärliir (Oy, II, 40b) — ... birga jam bo‘lib, birga hamd-u sano o‘qisalar, (sizni) sharaflasalar; Alqunu barça qamagh açigh ämgäklärintin ozghurayin, qutqarayin (Oy, II, 41a) — Hammasini jamiki azob-uqubatlaridan ozod qilay, qutqaray; Shmnu süiisin utayin, yighatayin (Oy, II, 41a) — Shmnu lashkarini mag‘lub qilay, yiqitay; ... üriik ozati bishrunmayin, ögriitäyin, tägäyin (Oy, II, 36a) ----- ... doimo mukammal qilib borayin, o‘rgatayin, (uluglikka) yetkazayin.
Ot turkumidagi so'zlar sinonimik qatorni hosil qiladi: ... adruq adruq adinlarqa asigh tiisi... (Oy, II, 9a) — ... turli-tuman boshqalarga foyda, manfaat... ; ... adruq adruq ish, kütiiglärin bütürür ärsär (Oy, II, 9b) — ... turli—tuman ish, amallarini bitirsalar; Qayu näçä ulugh iliglärkä qanlarqa yazmïsh... (Oy, II, 42a) — Har qancha katta hukmdorlarga, xonlarga (nisbatan) gunoh qilgan... ; ... kintä aça yada ötünäyin äriish öküsh alp, siqish, ämgäklärig (Oy, II, 38a) — ... ochiqchasiga bayon qilib, tushuntirib beray ko‘p mashaqqat, jabru jafo azoblarni!
Sifat turkumidagi so'zlar sinonimik qatorni hosil qiladi: ... arigh, siiziigburxanlar oruninta (Oy, II, 8a) — ... toza, pokburxonlar o‘rnida... ; Burxanlar nomi yämä olar oruninta iilgüsüz sansiz... arililurlar (Oy, II, 8a) — Burxonlar no‘mi yana ularning o‘rnida hisobsiz, son-sanoqsiz... (turlarga) ajraladilar; ... ülgüstiz qolusuz busush qadghularqa... (Oy, 11, 42a) — ... olchovsiz, son-sanoqsiz g‘am-qayg‘ularga...
Bir necha sinonimik qatorning uyushgan holda qo‘llanishi ham “Oltin yorug‘”da diqqatga sazovor hodisadir. Qayu näçä öngiitinçsiz uzun igin basitmish tinlighlar ärsär kiiçsirämish yavrumish törümish umughsuz inaghsiz irinçlärig alqunung barçaning ämgäklärin kitärtäçi öngätttirtäçi bolayin (Oy, II, 40a) — Har qancha shifolab bo‘lmaydigan, davomli xastalik bilan og'rigan jonzotlar bo‘lsa, zaif, umidsiz, ishonchsiz, baxstsizliklarni, hammaning azoblarini bartaraf qiladigan, yaxshilaydigan bo‘layin.
Qadimgi turkiy tilda sinonimlarning bu tarzda qo‘llanishi, birinchi navbatda, hodisalarning turli ma’no nozikliklarini tavsiflash, harakat va hodisalarning turli tomondan, mukammal zohir bo‘lishini ko‘rsatish, harakatning shiddatini ko‘rsatish va boshqa qator maqsadlar bilan bog‘liq. Ikkinchidan, sinonimlar qatorining kontekstda qo‘llangani qadimgi turkiy adabiy tilning shakllanishi va ma’lum mezonga tushib borayotgani bilan ham izohlanadi. Shuning uchun ham dialektlardan, boshqa tillardan so‘z olish hisobiga sinonimik qator yaratilgan. Quyidagi misolga e’tibor beraylik: jirtinçü mängisingä bodulmish kishi män (Uyg'. ) — (Men) olamning shodligiga bog‘langan odamman; ontin singar yirtinçüdäki qamagh üç ödki bodi biliglig burxanlar (Oy) — Oldingi olamdagi jamiki uch zamonga oid dono bilimli burxonlar; Bu yüz ming azunlarimin ödäçi biltäçi bolayin (Oy, II, 41b) — Yuz ming olamlarimni anglab, biladigan bo‘layin; Bu yirtinçü yir suvqa qoturu atqanmaq yapshinmaq alp ämgäk titir (Oy, II, 38a) — Bu olamga butunlay bogianib qolmoq jabru jafo, azob-uqubatdir.
Mazkur parchalarda tibet tilidan kirgan yirtinçii va so‘g‘dchadan kirgan azun so‘zlari bor. Har ikkalasi ham “olam” deganidir. Ayni paytda bu so'zlar qadimgi turkiy tildagi yär suv bilan sinonimik qatorni hosil qiladi. Qadimgi turkiy tilda “olam” ma’nosini ifodalash uchun yär suv boigani holda, yirtinçii va azun so‘zlarini bu tilda istifoda etish uchun zarurat bor edi. Zarurat shundan iborat ediki, olam haqida tibet tilidagi tushunchani turkiy tilga olib kirish asosiy maqsad bo‘lgan edi. Shuning uchun IX—X asrdagi qadimgi turkiy tilda “olam” ma’nosini ifodalash uchun VII—VIII asrdagi yiir suv mustaqil holda iste’moldan chiqa boshlagan ko‘rinadi, shu bois ham ko‘pincha “olam” ma’nosi yirtinçü yiir suv shaklida qoilana boshlagan.
Xuddi shu hodisani “inson, odam” ma’nolarining qadimgi turkiy tildagi ifodasida ham ko‘rish mumkin. VII—VIII asrdagi qadimgi turkiy tilda yuqoridagi ma’no faqat kisi so‘zi bilan ifodalangan. IX—X asrdagi qadimgi turkiy tilda esa kisi ma’nosini ifodalash uchun og‘uz va qipchoq dialektlaridan yalanguq so‘zi kirib keldi va faol qo‘llana boshladi. V. V. Radlov “Turkiy tillar lug‘ati”da ham yalanguq so‘zi “inson” ma’nosida qoilanganini qayd etgan va “Qutadg‘u bilig”dan misol ham keltirgan44. Shuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da ham bu so'zning ma’nolari ochib berilgan45.
Sinonimlarning yuqoridagiday ko‘rinishlarining paydo boiishida madaniy-tarixiy muhit muhim rol o‘ynagani shubhasiz. Faqat madaniy- tarixiy muhit yirtinçü, azun, yär suv nima uchun umumiy distributiv46 sharoitga ega ekanini yoki dialektlardan so‘z olish hisobiga distributiv sharoit paydo bo‘lganini izohlash mumkin. Shu tufayli ham ma’lum bir leksik birlik qadimgi turkiy tilda o‘rnashib, ma’no jihatdan shu so‘zga teng boshqa so‘z iste’moldan chiqa boradi. Madaniy-tarixiy muhit, o‘z navbatida, ma’lum bir davrdagi til mezonini yaratadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin