Nasoyim ul-muhabbat



Yüklə 95 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü95 Kb.
#122336
1   2   3   4
8245-Текст статьи-19573-1-10-20230222

Ibrohim b.Sitanbah Hiraqiy q.s
Kuniyati Abu Is’hoqdur.
“Ibrohim b. Adham bilan suhbatlashgan, Abu Yazidning yaqinlaridan edi. ”Ul aslan Kirvondin ermish. Hirida sokin bo‘lg‘on uchun Hiraviy debdurlar. Qabri Qazvindadur. Yuzoru va yutabarraku bihi. Ul debdurkim, Ibrohim Adham suhbatig‘a yettim, meni dalolat tadridg‘a qildi dunyodin, so‘ngra dalolat kasbg‘a qildi. Kasb qilur erdim va fuqarog‘a nafaqa qilur erdim. So‘ngra dedikim, kasbni tark qil va tavakkul (umid qilmoq, bog‘lamoq) ingni Tengrig‘a durust et, to sanga sidqu yaqin hosil bo‘lg‘ay. Har ne dedi, andoq qildim. So‘ngra bodiya (sahro)yag‘a kirmak amr qildi. Bodiyag‘akim kirdim, manga sidqu yaqinu tavakkul muyassar bo‘ldi. Anga azim chohe bor ermish Hirotda, Necha haj qildi tavakkul bila. Duosi bu erdikim, “Hirot ahlining mollaridan mening rizqimni qiy va ularni mendan yuz o‘girtir” – duosi chun mustajob bo‘ldi. Debdurkim, necha kunlar och qolur erdim, bozordan o‘tsam erdi, el bir-biriga aytushurlar erdikim, bu ul kishidurkim, har kun muncha va ancha mustahiq (sazovor,tegishli ajratilgan)larg‘a nafaqa qilur erdi. Va ham aning so‘zidurkim. “Kimki eng oliy sharafga erishmoqchi bo‘lsa, yetti narsadan yetti narsani ixtiyor qilsin: g‘aniylik (boylik (faqirlikni, to‘qlikda ochlikni, baland darajada siniqlikni, ulug‘likda xorlikni, manmanlikda tavozu’ni, shodlikda g‘urbatni, hayotda o‘limni” [2,114].


Ot

sifat

olmosh

Fe‘l

Fuqaro

Azim

Ul

Suhbatlashg‘an

Tengri

Tavozu’

meni

Amr qildi

Bodiya

Mustajob

Sanga

Muyassar bo‘ldi

Rizq

Mustahiq

Har

Hosil bo‘ldi

Nafaqa

durust

Manga

Yuz o‘girtirdi

Hirot

Baland

Necha

Mustajob bo‘ldi







Bu ul, kimki

Ixtiyor qildi


Yozma manbalarning ko‘rsatishicha, eski o‘zbek tilining morfologik qurilishi taraqqiyotini uch bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqichni XIV asrning oxirlarigacha bo‘lgan davr tashkil etadi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tili davr tashkil etadi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining shakllanish arafasi bo‘lib, yonma-yon qo‘llanuvchi vazifadosh shakllarning keng qo‘llanib kelishi, dialektal yoki boshqa turkiy tillarga mansub bo‘lgan shakllarning ko‘plab iste’molda bo‘lishi kabi holatlar bilan izohlanadi. Ikkinchi bosqich XIV asr oxirlaridan XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda eski o‘zbek adabiy tili shakllangan bo‘lib, uning grammatik qurilishi ma’lum darajada tartibga tushganligi ko‘rinadi. O‘zbek tilining morfologik qurulish taraqqiyotidagi uchinchi bosqich XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlagan[1,11]. Asarda ma’naviy –ma’rifiy tushunchalardan tashqari tasavvufiy so‘zlarga ham alohida e’tiborga molikdir. U Osiyoda tasavvufning tarqalishi va taraqqiyotida Yusuf Hamadoniy (1048-1141) barpo etgan tasavvuf maktabi e’tiborlidir. Tazkirada u zot “…imom, olim, orifi rabboniy, go‘zal hollari, ko‘p ehsonlari yuksak karomat va maqomatlari bor edi”, - deya ta’riflangan. Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazariyning “Tasavvuf sirlari” asarida tasavvuf haqida shunday ta’rif kelgan edi: “Insonning ma’naviy olamini isloh etadigan, buzilgan qalblarning muolajasi uchun eng ta’sirli bo‘lgan, insonni haqiqatlar atrofiga to‘playdigan o‘ta foydali va mustaqil ilmdir”. Demak, tasavvuf poklanish ilmi bo‘lsa, uni ikkiga ajratib o‘rganish mumkin: maqbul ko‘rilgan tazkiya va rad etilgan tazkiya. Tasavvuf maqbul ko‘rilgan tazkiya aybdan poklanish. Asarda leksikasida forscha-tojikcha so‘zlar, eski o‘zbek adabiy tiliga xos ma’nolarda qo‘llangan bo‘lib, ularning ko‘zda tutilgan davrda qay tarzda ishlatilganligini quyidagi guruh so‘zlarining semantik tahlili orqali kuzatish mumkin. Asardagi ma’naviy-ma’rifiy paremiologik birliklarlarning qo‘llanish ko‘lami kengligi asarning so‘z qudratini ochib beradi. Asarda quyidagi hadislar va pareomiologik birliklarni uchratamiz.Ularni 770-mashoyix va avliyolar haqidagi matnlardan, har bir matndan mavjud birliklar terib olindi va konseptual jadval metod orqali jadvalga joylashtirilib o‘rganildi. “Kimki ishq bilan o‘lsa, shunday o‘lgani ma’qul. O‘lim bilan tugamagan ishqda xayr yo‘qdur” (110), “Muhabbat- xalq o‘rgatadigan narsa emas, balki u Haqning in’omi va fazlidir”, “Qalb matlabni topolmay g‘amgin bo‘lganida, Alloh taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi” (111), ”Rizoning bosh sabrdir”, “Bandani tezroq Haqqa yetkazuvchi narsa muhosabadir” (112), “Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa, to‘yib ovqatlanishdir”, “Kimki eng oliy sharafga erishmoqchi bo‘lsa, yetti narsadan yetti narsani ixtiyor qilsin: g‘aniylikda faqirlikni, to‘qlikda ochlikni, baland darajada siniqlikni, ulug‘likda xorlikni, manmanlikda tavozu’ni, shodlikda g‘urbatni, hayotda o‘limni” (115), “ Aziz va ulug‘ bo‘lgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilishing, quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir” (116), “Odamlar bilan olovga muomila qilgandek munosabatda bo‘l, foydalaridan bahramand bo‘lginu kuydirishlaridan ehtiyot bo‘l” (118), “Aziz va ulug‘ bo‘lgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilishing, quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir” (116), “Kimki nafsini riyozat bila poklamasa, unga maqomat odoblarining yo‘li ochilmaydi” (119), “Ma’rifatning ibtidosi yolg‘iz Haq bilan bo‘lish uchun nafsni poklashdir” (120), “Tavba- dil sofligi bilan Allohga qaytishdir”, “Osiylarning siniq ko‘ngli, itoakorlarning faxrlanishidan yaxshiroqdir”(122), “Kimki o‘zining nazarida xor ko‘rinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki, o‘ziga ulug‘ ko‘rinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi”(125), “Kimdaki bir yaxshi xislat ko‘rsang undan ajramaginki, albatta uning barokatidan senga naf yetadi”, “Sunnatga ergashmay, bid’atlardan qochmay turib, biron kishida iymon nuri zohir bo‘lmaydi. Qayerda nursiz-zohiriy harakatlarni ko‘rsang, bilginki, u yerda maxfiy bid’at bordir” (126), “Rizoning bosh sabrdir” (127), “Dunyo bir kesakdur va ul kesakdin bizning nasibamiz bir gard”, “Jahdu mashaqqat bilan biror narsaga erishmoqchi bo‘lgan kishi mutaanniy (mashaqqat tortguvchi)dir.Osonlikcha erishmoqchi bo‘lgan mutamanniy(orzu qiluvchi)dir(132). “Har bir jigari kuygan (jonzotga yaxshilik qilish )da ajr bor” (133), “Alloh amrini bajarishda sustlik qilish, o‘sha amrning ma’rifatini yaxshi bilmaslikdandir” (139), Osiy (gunohkor) mudda’iy (da’vogar) dan yaxshi, chunki osiy doimo tavba yo‘lini axtaradi, mudda’iy esa, doimo da’volarining xayolida yanglishib yuradi”, “Adab –hikmatlarning ziynatidur”, “Har bir narsaning vazifasi bor, dinning vazifasi adabdur”(142), “Barcha yaxshiliklar uyning ichkarisida, uning kaliti tavozu’dir. Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida. Uning kaliti esa, takabburlikdir”(146), “Avliyoning uch alomati bor: ulug‘likda tavozu’, boylikda zohidlik, kuch quvvatda – insof ”, “Odamlarning ma’rifatlisi shariat amrini sidqdan bajaradigani va sunnati saniyaga tobe’ bo‘ladiganidir” (158), “Ma’rifatning chegarasi-nafs va uning barcha istak-xohishidan xoli bo‘lishdir” (164), “Kimki taqlid yo‘li bilan tavhidga otsa, u ma’rifat yo‘lidan yiroqdir”, “Tasavvuf bir holdirki, unda insoniylik alomatlari yo‘q bo‘lib ketadi”, “Tavakkul bandaning o‘z rizqini qizg‘onchsiz va ta’masiz yemog‘idir”(168), “Kimki hidoyat yo‘liga qadam qo‘ymoqchi bo‘lsa, faqat muxolif ishlarda emas muvofiq ishlarda ham nafsini qusurli deb bilib, malomat qilsin”, “Odamlarning yaxshirog‘i qalbi sog‘lom va musulmonlarg‘a xayrixoh bo‘lganidir” (168), “Doimo himmatli bo‘lki, barcha ishlarning kuchi va manbaidir”, “Futuvvat xushxulqlik va ezgu saxovatdir”, “Zarif-tabiati, axloqi, fe’li va shaklu shamoyilida soxtalik bo‘lmagan kishidir” (223), “Kimki har qanday ahvolida bir imomning zohiriy amallariga iqtido qilmasa,uning botiniy holini haq deb bilmasa, u Haqdan uziladi”, “Rizo-g‘aybdan yetadigan narsalarga muvofaqat qilishdan ustun turadi”, “Faqirlar suhbatin lozim tutki, undan xayr bordir” (225), “Tasavvuf-takallufni tark qilmoq, pokiza bo‘lmoq, shon-shuhratdan kechmoqdir” (245) , “Kimki yoru birodariga xizmat qilishdan bo‘yin tovlasa, Alloh uni shunday xor qiladiki, hargiz qutulolmaydi” (246), “O‘zing va Haq orasidagi eng katta parda-nafsing bilan mashg‘ulliging yoki ishlaringda o‘zing kabi ojiz kishiga e’timod qilishingdir”, “G‘am-g‘ussa-gunohlarning uqubatidir”, “Muhabbat oshkor bo‘lsa, oshiqni sharmanda qiladi, agar pinhon bo‘lsa, g‘amda halok etadi” (247), “Himmatni yagona tutmak va xalqdin begona bo‘lmoq”, “Siddiqlarning xotiridan ketadigan oxirgi narsa-rayosat sevgisidir”, “Kimki botil yo‘l bilan izzat talab qilsa, Alloh uni Haq yo‘l bilan xor qiladi”, “Xalq mehnatdir, nimagaki daxl qilsa uni buzadi”, “Kimki, tadbir qilishni tark qilsa, rohatda yashaydi”, “Odamlarning ofati-odamlardir”, “Faqirlar rohatga oshiqqan dunyo va oxirat podshohidir”, “Faqir-vaqt farzandi. Agar u kelajakka ko‘z tutsa, bas, faqirlikdan chiqadi” (249), “Mo‘minning farosatidan qo‘rqing! Chunki u ulug‘ va qudratli Alloh nuri bilan boqadi” (299), “Iymon-qalbni Allohdan boshqa o‘ziga rom etuvchi foydali va foydasiz narsalardan uzib, Haqqa bog‘lashdir” (306), “Til behuda gapdan sukut qilsa, qalb Alloh bilan tillashadi. Agar til gapga tushsa, qalb sukut qiladi. Sukut ikki xildir: tilning sukuti va qalbning dunyo andishalaridan sukut qilishi. Kimki, tilida sukut qilsayu qalbda sukut qilmasa, uning gunohi yengil bo‘ladi. Kimki, tilda ham, qalbda ham sukut qilsa, unga sirlar zohir bo‘ladi, ulug‘ va qudratli Parvardigor unga tajalli (muyassar bo‘lish) qiladi. Kimki, tilida ham, qalbida ham sukut saqlamasa, shaytonning mulki va qo‘g‘irchog‘i bo‘ladi. Bundan barchamizni Allohning o‘zi asrasin! Kimki, qalbda sukut qilib, tilda sukut qilmasa, behuda gapdan tiyiladi, hikmat tili bilan gapiruvchi bo‘ladi. Alloh Taolo o‘z fazlu karami ila ulardan bizni nasibador qilsin! (313), “Agar faqirlik ko‘ngil rizosi bilan bog‘liq bo‘lsa, boylikdan afzalligiga ittifoq qilishgan. Bir kishi “Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroqdir”, deb, payg‘ambar a.s. so‘zini dalil keltirsa, unga aytiladi: “Beruvchi qo‘l o‘zida borini berish bilan fazilatga ega bo‘ladi. Oluvchi qo‘l hosil qilish bilan nuqson topadi” (324), “Ko‘ngilning faqat bir qiblasi bordir. Har bir qiblaga yuzlanaversa boshqasidan quruq qoladi”, “Kimning nafsidan bir miqdor qolgan bo‘lsa ham haqiqiy hurriyatga erisholmaydi” (407), “Kimki ulug‘ va aziz Allohni sirrida mushohada qilsa, borliq uning qalbidan soqit bo‘ladi” (410) [2,98-504].
Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” asari muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)ning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. “Nasoyim ul-muhabbat” Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarot il-quds” tazkirasining tarjimasi, lekin Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda bo‘ladi va uning asaridagi ma’lumotlarni to‘ldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazadi [2,88]. Matnlarni qiyoslash, shaxs va joy nomlarini to‘g‘ri yozish, tarjima va izohlar tuzishda Jomiy asari tarjimalariga ham tayanamiz. Matnlarda qo‘llangan arabiy va forsiy so‘zlar tasnifi, tasuvvufiy va ma’naviy – ma’rifiy tushunchalarga ega matnlarda kelgan oyati kalimalar va ibrotomuz hikmatlarni tahlil etib, qulay variantda quyidagi “konseptual jadval”ga joylaymiz.
O‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydigan metod hisoblanib, bunda ma’lumotlarni tuzilmaga keltirib, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlatiradi [6,92].





Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin