National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed
Current Issues of Social Sciences and Humanities
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-523-528
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari
524
April, 2022
https://nuu.uz/ International Scientific Conference
XXI asr –
globallashuv davri, texnika asri. Global tarzda texnologiyalar va
aloqa komunikatsiyalari rivojlanib,taraqqiy etib borishi o’ziga xos ravishda
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy holatlarni keltirib chiqarmoqda.
Globallashuv davrida
jamiyatlar shiddat bilan integratsiyalashmoqda. Bu integratsiyalashuv jamiyatdagi
insonlarning induvdal va umumiy tarzda global ijtimoiy aloqalar olib borish
imkoniyatlarini favqulotda tezlashtirib yubordi. Yangi davrdagi o’zaro ijtimoiy
aloqalar asta-sekinlik bilan barcha uchun bir xil axloq, ma’daniyat
qoidalariga
undovchi kompleks axloq ya’ni ommaviy madaniyatni keng yoyilishiga sabab bo’lib-
yangicha “XXI asr demokratiyasi” nomini olmoqda. Buning salbiy tomonlaridan biri
shundaki - aynan bir jamiyat uchun xos bo’lgan milliy, hududiy va tarixiy
shakillangan - axloqiy, madaniy me’yor chegaralarining o’rnini turli xil
jamiyatlarning axloqiy, madaniy, sotsiologik ta’sir qorishmalaridan iborat bo’lgan
globall axloq va madaniyat egallamoqda. Axloqiy meyor qoidalari va madiyat
chegaralari har qachongi davrdan ko’ra ahamiyati yuqoriroqdir. Buguni kunda burch
, mas’uliyat , vijdon , axloqiy norma barcha jamiyatlarda
xususan biz uchun ham
dolzarb masaladir.
Faylasuf olima L.A.Muhammedjanovaning fikricha : - “Bugun dunyo chuqur
o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Iqtisodiy o'zaro globallashuv va kuchayib
borayotgan o'zaro bog'liqlik, kuchli va hamma joyda mavjud aholi migratsiyasi.
Ijtimoiy tuzilmadagi o'zgarishlar chuqurlashishib, jamiyatlar tez rivojlanmoqda.
Bunday holatlar sodir bo'lganda murakkab o'zgarishlar, millatlararo nizolarga olib
kelishi mumkin, dunyoning turli burchaklarida to'qnashuvlar hali ham
rivojlanmoqda. Jamiyat borlig’idagi
- milliy, etnik, millatlararo munosabatlar,
muammolar, vazifalar ularning yechimi, o'tmishda ishlatilgan eski vositalar va usullar
bilan hal etilmay qoldi. Hayot kun tartibiga yangi muammolarni qo'ydi-milliy
masalaga yondashish va eski usullardan qat'iy voz kechish.” [1]
Bugungi davr jamiyatlar o’zaro faol integratsiyalashayotgan, axborot texnikasi
, komunikatsiya, texnologiyalar rivoji globallashayotgan bir so’z bilan aytganda
globallashuv va axborotlashayotgan jamiyatlar qaror topayotgan davrdir.
Axborotlashgan jamiyatning qaror topishi tezlashayotgan davrda uni har tomonlama
o’rganishimiz biz uchun tobora hayotiy zaruratga aylanib bormoqda va bunday
jamiyat
kelib chiqish tarixi, sabablarini o’rganishimiz ham kun tartibidagi asosiy
masalardan biridir zero bugungi kunda biz ham shu jamiyat tomon asta-sekin
yuzlanmoqdamiz.
Insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab to bugungi asrga
qadar turli xil rivojlanish yo’llarini bosib o’tib svilizatsiya nomini