часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1367
belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning rivojlanishida o‘quv-biluv faoliyati muhim o‘rin
tutadi. Talabalar bilish faoliyatining kengayishi, birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar,
fikrlar, g'oyalar, dalillar va xalqning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirishlari natijasida amalga
oshadi. Pedagogika fanida rivojlanish va o‘qitishning o‘zaro aloqadorligi o‘ziga xos tarixiy
taraqqiyot yo‘liga ega.
Dastlab, pedagoglar talabalarning rivojlanishi o‘z-o‘zidan amalga oshadi, degan fikrni
ilgari surganlar. Ta'limning rivojlanish ta'sirini aniqlaganlaridan so‘ng, ular bu ta'sirning
beixtiyor xarakterga ega ekanini ta’kidlaganlar. Shu bilan bir qatorda, talabalarni o‘qitish va
aqliy rivojlantirish muammosi bo‘yicha shaxsiy nuqtai nazarlar vujudga keldi. Mazkur
nuqtai nazarning asosiy mohiyati yaxshi tashkil etilgan o‘quv jarayoni talaba rivojlanishini
jadallashtiradi. Ta'lim nafaqat yakunlangan turkumlarda quriladi.Ushbu yondashuv asosida
pedagogika fanida ta'limda faoliyatli, individual, tabaqalashgan yondashuv nazariyasi
vujudga keldi.
Shaxsning rivojlanish jarayonida bir xillik mavjud emas. Talabalar uchun bu vaqt
mustaghkam bilim olish, asosida intellektual rivojlanish davridir. Bu asosan o‘quv-biluv
jarayonida amalga oshadi.
O‘quv-biluv jarayonida shaxsning boshqa jihatlari rivojlanmaydi. Biz talabalar uchun
yetakchi bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishini asoslashga harakat qilamiz. Intellektual
rivojlanishda o‘z-o‘zini hurmat qilishning asosini talabalarning shaxsiy ijobiy tajribasi tashkil
qiladi. Bu o‘quv-biluv jarayonida namoyon bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki,
aksariyat talabalarda bunday tajriba mavjud emas. O‘z faoliyati natijasidan qoniqmaslik
talabalar o‘z-o‘zlarini hurmat qilishlarining asosini tashkil eta olmaydi. Bu yo‘nalishda
muhim o‘rin egallaydigan qonuniyatlardan biri talabalarda muayyan o‘quv vaziyatlarida
bilish faoliyatining kengayishi, shaxsiy tenglik hamda o‘z-o‘zlarini hurmat qilishdan iborat.
Bu talabalar faoliyatlari orqali namoyon bo‘lib bilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar
talabaning kayfiyati va rivojlanishiga muayyan ta‘sir ko‘rsatadi. Talabalarning bilish
faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘qituvchi o‘z oldiga bu faoliyatni qanday kengaytirish
kerak, degan savolni qo‘yishi lozim. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili va amalga oshirilgan
kuzatishlar natijasida talabalardagi bilish faoliyati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
- bilish qiziqishlari;
- o‘quv maqsadlari;
- hissiyotlar: shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik;
- yutuqlarni qo‘lga kiritish va muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj;
- intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik;
- shaxsiy tajribalar hamda ko‘nikmalar.
Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyondasi I.M. Sechenovning
(1829—1905) «Bosh miya rsflekslari» degan mashxur asari 1863- yilda bosilib chiqdi.
«Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar—degan edi Sechenov—bu bir xil tartibdagi
hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo‘lgan hodisalardir».Sechenov psixik