«Научный импульс» апреля, 02 1365 zamonaviy dars va unga qo‘yiladigan pedagogik, metodik talablar axmedova Maloxat Ergashevna



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#150371
  1   2   3   4   5
Axmedova Mal oxat Ergashevna



Международный
научный
журнал


(100), 
часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1365 
ZAMONAVIY DARS VA UNGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK, METODIK TALABLAR 
Axmedova Maloxat Ergashevna 
TAFU “Pedagogika” kafedrasi mudiri 
pedagogika fanlari doktori 
TAFU 2-kurs talabasi
Tursunpulatova Zaxro Zafarovna 
Annotatsiya:
Zamonaviy dars muayyan talablarga javob berishi kerak. Darsning 
tuzilishi qanday bo'lishi kerak, har kuni darslarga tayyorgarlik ko'rayotganda, o'qituvchi 
ularni o'tkazish shaklini belgilaydigan talablarga tayanishi zarur. 
Kalit so‘zlar:
Zamonaviy dars, metodik talablar, individual, guruhiy va umum 
shakllari, fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar 
 
Dars mashg’ulotida—OTMda taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars mashg’ulotida
muayyan miqdordagi doimiy talabalar bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq 
maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars mashg’ulotida insoniyat tomonidan 
minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni talabalarga juda qisqa vaqtda 
oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars mashg’ulotida shakli. Turkistonda uzoq 
zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Dars mashg’ulotida tashkil etish va uning 
samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Hatto tarixdan ma’lumki 
Turkiston maktablarida ham 1920-1930-1940-1950 yillarda ham taʼlimning tashkiliy shakli 
jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan.
Chunonchi, talabalarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda yoshi 
individual tipologik xususiyatiga e’tibor qaratilmagan, bitta sinfda har xil yoshdagi 
oʻquvchilar ta’lim olishgan. Bu esa darsni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan. 
Turkiston maktablarida taʼlimning dars shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinf-dars 
tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, darsning davomiyligi, 
predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar 
har bir oʻqituvchining o‘zi tomonidan belgilangan. Madrasalarda dars belgilangan muayyan 
tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, madrasa darslarida talabalarning mustaqil 
oʻzlashtirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Dars taʼlim muassasalari uchun darsning jamoa 
va individual shakllari xos boʻlgan. 
Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb 
etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni 
jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala 
madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv mashgʻulotlarining individual, 
guruhiy va umum shakllari uygʻunlashadi. 


Международный
научный
журнал


(100), 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin