часть
3
«
Научный импульс
»
апреля
, 202
3
1366
Har qanday jamiyatda OTMda dars mashg’uloti jamiyat tomonidan taʼlim oldiga
qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Dars mashg’ulotida vazifalari taʼlim
jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari
bilan qatʼiylashadi. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy dars,
dars mashg’ulotida OTMning mulkiy mansubligidan qatʼiy nazar quyidagi xususiyatlarga
ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi, talabani komil
shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining
faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi, insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi,
tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy ahamiyatga egaligi
va h.k.
Zamonaviy taʼlim tajribasida bir dars mashg’uloti uchun belgilangan standart vaqt
mavjud dars mashg’ulotidir. OTMda bu vaqt taʼlim muassasalarining, taʼlimning
bosqichlari va talabalar imkoniyatidan kelib chiqib, 60, 70, va 80 daqiqani tashkil etadi.
Taʼlim tizimida dars mashg’ulotida va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi.
Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida talabalarga uy vazifasi berilishi yoki
berilmasligi, uning miqdori singari jihatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi.
Uzoq vaqt davomida har bir dars yangi mavzuning bayoni, uni talaba xotirasida
mustahkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat boʻlishi shart deb
hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday qatʼiy tarkibni talab etmaydi. Dars
mashg’ulotida tajriba orqali talaba amaliyotda maqsadlariga erishishadi. Oʻquv jarayonida
dars mashg’ulotini tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyilmagan va hamma uchun
majburiy boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni
amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va bu
masalani dars mashg’uloti tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha dars
mashg’ulotida yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini labaratoriya
topshiriqlarini bajarishga ajratish ham mumkin.
Muhimi, oʻtilayotgan mavzu talabalar tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo
boʻlishi va bu koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir. Dars
mashg’uloti tarkibi masalasi darsni tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik
adabiyotlarda dars mashg’uloti mazmunga, didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim
jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, dars kirish,
yangi bilim berish, mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni
amaliyotda qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir
dars jarayonida bir yoki bir necha dars turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan
aralash dars koʻp uchraydi. Dars mashg’ulotida oʻquv jarayonining yolgʻiz shakli emas. Turli
guruhlarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar, muammoli
darslar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi dars mashg’ulotlari mavjud.
Talabalarning bilish jarayonlarida ushbu o‘yinlarning ahamiyati kattadir. Mutaxassislar
shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog'liq bo‘lib inson turmush tarzi uning ongini