Международный
научный
журнал
№
9
(100),
часть
3
«
Научный
импульс
»
апреля
, 202
3
1365
ZAMONAVIY DARS VA UNGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK, METODIK TALABLAR
Axmedova Maloxat Ergashevna
TAFU “Pedagogika” kafedrasi mudiri
pedagogika fanlari doktori
TAFU 2-kurs talabasi
Tursunpulatova Zaxro Zafarovna
Annotatsiya:
Zamonaviy dars muayyan talablarga javob berishi kerak. Darsning
tuzilishi qanday bo'lishi kerak, har kuni darslarga tayyorgarlik ko'rayotganda, o'qituvchi
ularni o'tkazish shaklini belgilaydigan talablarga tayanishi zarur.
Kalit so‘zlar:
Zamonaviy dars, metodik talablar, individual, guruhiy va umum
shakllari, fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar
Dars mashg’ulotida—OTMda taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars mashg’ulotida
muayyan miqdordagi doimiy talabalar bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq
maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. Dars mashg’ulotida insoniyat tomonidan
minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni talabalarga
juda qisqa vaqtda
oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning dars mashg’ulotida shakli. Turkistonda uzoq
zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. Dars mashg’ulotida tashkil etish va uning
samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Hatto tarixdan ma’lumki
Turkiston maktablarida ham 1920-1930-1940-1950 yillarda ham taʼlimning tashkiliy
shakli
jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan.
Chunonchi, talabalarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda yoshi
individual tipologik xususiyatiga e’tibor
qaratilmagan, bitta sinfda har xil yoshdagi
oʻquvchilar ta’lim olishgan. Bu esa darsni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan.
Turkiston maktablarida taʼlimning dars shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinf-dars
tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan.
Shuningdek, darsning davomiyligi,
predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashg’ulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar
har bir oʻqituvchining o‘zi tomonidan belgilangan. Madrasalarda dars belgilangan muayyan
tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, madrasa darslarida
talabalarning mustaqil
oʻzlashtirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Dars taʼlim muassasalari uchun darsning jamoa
va individual shakllari xos boʻlgan.
Dars taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb
etadi. Shuningdek, dars maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni
osonlashtiradi, ularni
jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala
madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. Darsda oʻquv mashgʻulotlarining individual,
guruhiy va umum shakllari uygʻunlashadi.