«Научный импульс» Мая, 2023 1285 ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish tizimi imkoniyatlari



Yüklə 75,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü75,6 Kb.
#186487
1   2   3   4   5   6   7
Hamdamova Yorqinov (1)


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1288 
O’quvchining vazifasi: 
- turli shakldagi o‘quv materiallari va vositalaridan foydalangan holda mustaqil ta’lim 
olish; 
- o‘qituvchi, uslubchi va boshqa o’quvchilar bilan muloqot qilish. 
Uslubchining vazifasi: 
- o’quvchilarning bilim olish faoliyatini boshqarish; 
- o‘quv uslubiy materiallarni o’quvchi tomonidan samarali foydalanishda unga 
yordam berish; 
- o’quvchilarga kursning o‘quv uslubiy ta’minlanish masalalalari bo‘yicha guruh va 
yakka tartibda maslahatlarni o‘tkazish; 
- o‘quv jarayoni jadvalining bajarilishini nazorat qilish
- o’quvchilar o‘rtasidagi o‘quv aloqalarni ta’minlash. 
Dasturchining vazifasi: 
- kursning yoki fannning elektron versiyasini yaratish uchun dasturlar tuzish; 
- kurs yoki fan bo‘yicha yangiliklarni dasturga kiritish, elektron darslikni yangilab 
turish. 
Masofali o‘qitishni tashkil qilishdagi eng muhim masalalaridan biri professor-
o‘qituvchilarni tanlashdir. Mazkur o‘qitishni amalga oshirish uchun o‘qituvchilar eng 
tajribali va tashkilotchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki, masofali o‘qitish ko‘p 
jihatdan o‘qituvchining bilimdonlik, tashkilotchilik va boshqaruvchilik hususiyatlariga 
bog‘liq. Masofali o‘qitishga jalb qilinuvchi o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida mohir pedagog, 
dono maslahatchi va tajribali boshqaruvchi bo‘lishi kerak.
N.A.Muslimov masofali ta’lim tizimida pedagog sifatida tyutorlarning o‘rni va rolini 
beqiyos baholaydi. Uning fikricha u o‘qituvchi, maslahatchi hamda menedjer vazifalarini 
bajaradi. Tyutorlar maxsus ravishda tayyorlanadilar yoki tanlov asosida malakali pedagoglar 
orasida tanlab olinadi. Ularga muayyan ta’lim muassasasi tomonidan sertifikat beriladi .
Masofali o‘qitish modellarini tanlash, eng avvalo bunday kurslarning maqsad va 
vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shuningdek, geografik hududning 
xususiyatlari, ta’lim muassasalarining kompyuterlashganlik holati, zamonaviy informatsion 
va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi hamda ilmiy-pedagogik 
kadrlarni tayyorlash holatlari ham inobatga olinishi lozim. 
Masofali o‘qitish modeli tanlangandan so‘ng o‘qitishning turi belgilanishi kerak. 
O‘qitishning turini belgilashda mavjud aloqa kanallarining imkoniyatlari, o‘qitish vositalari, 
tyutor va o’quvchilar orasidagi o‘zaro axborot almashish tizimining takomillashganlik 
darajasi inobatga olinadi. Hozirgi paytda masofali o‘qitish kurslarining bir nechta 
texnologiyalari mavjud. Ularga kompleks keys-texnologiyalar, korrespondentlik ta’limi, 
televizion va sun’iy yo‘ldosh kanallari, mobil texnologiya, kompyuterli tarmoq 
texnologiyalari misol bo‘la oladi. Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda keys texnologiyasi 
asosida o‘qitish birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, ta’lim tizimiga kompyuterli 
tarmoq texnologiyasi xam jadal kirib kelmoqda . 


Международныйнаучныйжурнал

10
(100), 
Yüklə 75,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin