часть
2
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1286
Masofali o‘qitish ta’lim berishni amalga oshirish, tashkiliy, metodik o‘quv, axborot-
texnik, moliyaviy va ishlab chiqarish tadbirlari majmuini talab etadi. Uni samarali amalga
oshirish uchun birinchi bosqichda bir yoki bir necha ta’lim muassasalari huzurida masofali
o‘qitishning butun texnologiyasi ishlanadigan o‘qitishning pilot markazlarini tashkil etish
zarur.
Masofali o‘qitishga olimlarimiz tomonidan berilgan ta’riflar tahlil qilindi.
A.A.Abduqodirov bergan ta’rifiga muvofiq “Masofali o‘qitish – o‘quv jarayoniga
tegishli bo‘lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, usul, shakl, o‘qitish vositalari va
hakazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga
oshiriladigan va interfaollikni ko‘zda tutgan o‘qituvchi va o’quvchilarning masofadan turib
o‘zaro aloqa qilishidir .
Masofali o‘qitish (MO‘) – o‘quv jarayonida informatsion texnologiyalarni qo‘llagan
holda o‘qituvchi va o’quvchi o‘rtasidagi interaktiv aloqa hamda o‘quvchining berilgan o‘quv
materialni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati .
Masofali o‘qitish – zamonaviy ta’lim shakli bo‘lib, o‘qituvchi bilan olib boriladigan
pedagogik munosabat jarayoni video-kommunikatsiya, elektron pochta va Internet
vositalari asosida olib boriladi .
Masofali o‘qitish - o‘quv jarayonidagi barcha qatnashuvchilarga (o’quvchi, tyutor,
uslubchi va administrator) mashg‘ulotlarni olib borishda o‘ziga ma’qul kelgan joy, vaqtni
tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan egiluvchan tizim .
S.S.G‘ulomov, A.N.Romanov, R.X.Alimov va boshqalar xammuallifligida yaratilgan
“Masofali iqtisodiy ta’lim” nomli monografiyada: “Masofali o‘qitish – bu o‘qituvchi va
o’quvchining interfaol, asinxron yoki sinxron o‘zaro va ta’lim vositasi yordamida
aloqasining bir maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni bo‘lib, bu jarayon ularning fazoviy
joylashuviga invariant va vaqt bo‘yicha kelishilganidir” deb ta’rif berilgan .
N.A.Muslimov, xam o‘z doktorlik dissertatsiyasida: “Masofali ta’lim - masofadan turib,
o‘quv axborotlarni almashish vositalariga asoslanuvchi maxsus axborot muhiti yordamida
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tizimi” deb ta’rif beradi .
Demak, o’quvchi ixtiyoriy vaqtda elektron pochta yoki on-line tartibida o‘qituvchi
bilan bog‘lanishi, mavzuga oid savol berishi, materialni tushuntirib berishni so‘rashi
mumkin bo‘ladi. Masofali o‘qiyotganda baholash mezoni haqqoniy bo‘ladi.
Masofali o‘qitishning an’anaviy o‘qitish shaklidan farqi shundaki, bunda,
o’quvchilarning mustaqil ishlash imkoniyati tug‘iladi, o‘quv-uslubiy ta’minot turli shakllarda
bo‘ladi, ta’lim jarayoni samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Tahlillar masofali o‘qitishning bunday uslubiyotida o’quvchi va o‘qituvchilarning
hamkorligi boshqa o‘qitish shakllariga nisbatan samaraliroq bo‘lishini ko‘rsatadi. Masalan,
IBM kompaniyasi menejerlar tayyorlash olti haftalik kursida 75%ni masofali, 25 %ni
an’anaviy o‘qitish tarzida tashkil etishadi. Tashkil etilgan kurs $24 million pul mablag‘ini
tejaganligini, bir kunlik o‘qitish harajati uch martaga kamayganligini ($ 400 dan $135 ga
tushganini), o‘quv materiallari hajmi 5 martaga ko‘payganligini ko‘rsatadi .