Международныйнаучныйжурнал
№
10
(100),
часть
2
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1285
TA’LIM TIZIMIDA MASOFAVIY O‘QITISH TIZIMI IMKONIYATLARI
Farg’ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi
Maxsus fan o’qituvchisi
Hamdamova Yorqinov
Annotatsiya:
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun masofali o‘qitish xaqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
MO‘, masofali o‘qitish
“Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning
yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz va
rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori
malakali, ongli, yangicha tafakkurga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi
bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
Ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari va masofali o‘qitish markazlarini
tashkil etish, malakali dasturchilar, dizaynerlar va tajribali o‘qituvchilardan ishchi guruh
tuzish, xorijiy va rivojlangan ta’lim muassasalaridan kerakli vositalar va dasturiy ta’minotlar
olish – masofali o‘qitish shaklini keng tatbiq etishning asosiy omilidir.
Hozirgi vaqtda fan, texnika va texnologiyalarining keng miqiyosda rivojlanishi
jamiyatning yuqori darajada axborotlashganligi bilan belgilanmoqda. Buning sababi
shundaki, fan bilan shug‘ullangan har bir kishi axborotlarni izlash va qayta ishlash
jarayonlarsiz ijobiy natijalarga erishishi mumkin emas. Shu maqsadda axborot
texnologiyalari asosida tashkil etilgan va dunyo miqiyosida samarali foydalanilayotgan
Internet tarmog‘idan foydalanish muhimdir.
Masofali uslublardan foydalanishga asoslangan yangi ta’lim texnologiyalari ushbu
maqsadga erishishda muhim hisoblanadi. Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar, qabul
qilingan qarorlar, masofali o‘qitishni o‘quv jarayoniga qo‘llash dolzarb masalalardan biri
ekanligini ko‘rsatadi.
Masofali o‘qitish nima? Masofali o‘qitish an’anaviy o‘qitishdan qanday farq qiladi?
Afzalliklari bormi?
Masofali o‘qitish kompyuter telekommunikatsiyalarini zamonaviy texnik vositalaridan
foydalanishga asoslanadi. Masofali o‘qitish axborot bazasini boyitish, o’quvchi bilan
muassasa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni jadallashtirish, ta’limning metodik boyligini
to‘ldirish imkonini beradi. Masofali o‘qitishni tashkil etishning asosiy manbalari quyidagilar
hisoblanadi:
- o‘quv axborotni o’quvchiga yetkazish;
- o‘qituvchi bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish;
- zaruriyatga qarab masofadan turib guruhli ishlashni ta’minlash.
Международныйнаучныйжурнал
№
10
(100),
Dostları ilə paylaş: |