часть
2
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1289
Bugungi kunda ba’zi xorijiy mamlakatlardagi masofali o‘qitish orqali kadrlarni
tayyorlash holati va tahlillari xaqida A.Abduqodirov , M.Aripov , G.V.Yeldasheva ,
D.M.Sayfurov , C.C.G‘ulomovlar o‘z ilmiy izlanishlarida batafsil yoritib berishgan.
Hozirgi kunda jahondagi o‘nlab rivojlangan mamlakatlarda masofali o‘qitish
uslublaridan o‘quv jarayonida joriy qilingan bo‘lib, o‘qitishning bu shakli orqali minglab
o‘quvchilar, o’quvchilar ta’lim olishmoqda. Respublikamiz miqiyosida ham masofali
o‘qitishni tashkil etish borasida bir qancha ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda o’quvchi yoshlarimizni Internet tarmog‘idan foydalanishlari uchun
sharoit va imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. 2020 yilda Internet xizmatidan
foydalanuvchilar soni hozirgi kunda yoshlarni 80%. Ayni vaqtda Internet xizmatini
ko‘rsatish tariflarining narxlarini bosqichma-bosqich kamaytirib borish xisobidan undan
foydalanuvchilar uchun sharoitlar tobora yaxshilanmoqda. Xususan, 2022 yilda bu boradagi
tariflar internet tezlik sifatlari yaxshilangan.
Bundan tashqari Respublikamizda bugungi kunda quyidagi masofali ta’lim portallari
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda:
1. http://vu.tuit.uz/ - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining masofali
ta’lim portali. Kursda 12 ta guruh tashkil etilgan bo‘lib, jami 167 nafar o’quvchi yuqoridagi
kurslarga a’zo bo‘lgan. Har bir kurs bo‘yicha ma’ruzalar, laboratoriya mashg‘ulotlari, test,
glossariy va forum resurslari joylashtirilgan. Ma’ruzalar ochiq xolatda berilgan. Laboratoriya
mashg‘ulotlari, test, glossariy resurslari ustida tahrirlash ishlari olib borilmoqda.
2. http://atdt.uz/uzmoodle/ - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot
texnologiyalari dasturiy ta’minoti kafedrasining masofaviy ta’lim tizimi bo‘lib, mustaqil
foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Nazariy savollar, topshiriqlar umumiy holda berilgan,
savollar va topshiriq javoblarini o’quvchilar o‘qituvchiga elektron pochtasi orqali jo‘natish
imkoniyatiga ega.
3. http://moodle.uzedu.uz/ - Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish
markazining masofali ta’lim tizimi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun
mo‘ljallangandir.
4. http://mtk.uz/ - A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI qoshidagi MO‘RM masofaviy
ta’lim tizimi. Masofali ta’lim kurslari umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining
malakasini oshirishga mo‘ljallangan. Masofali malaka oshirish va qayta tayyorlash davrida
o‘qituvchi tegishli nazorat turlaridan o‘tib boradi. Nazorat materiallari umumlashtirilib,
o‘qish yakunida ular tomonidan o‘qituvchiga tegishli sertifikat beriladi.
5. http://my.estudy.uz/www/index.php
masofali
o‘qitish
tizimi.
Mustaqil
foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tizimga videoma’ruzalar joylashtirilgan.
6.http://virtual-university-eurasia.org/ Bugungi kunga kelib e-Saboq masofaviy
o‘qitish platformasiga to‘qqizta yo‘nalish bo‘yicha: programmalash tizimlari, media
texnologiyalar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, kimyoviy texnologiyalar,
masofadan o‘qitish texnologiyasi, biznes va boshqa sohalar bo‘yicha 97 ta ma’ruza matnlari
va 100 ga yaqin virtual laboratoriya hamda stendlar joylashtirilgan. Hozirgi paytda “Yevro-