часть
2
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1288
O’quvchining vazifasi:
- turli shakldagi o‘quv materiallari va vositalaridan foydalangan holda mustaqil ta’lim
olish;
- o‘qituvchi, uslubchi va boshqa o’quvchilar bilan muloqot qilish.
Uslubchining vazifasi:
- o’quvchilarning bilim olish faoliyatini boshqarish;
- o‘quv uslubiy materiallarni o’quvchi tomonidan samarali foydalanishda unga
yordam berish;
- o’quvchilarga kursning o‘quv uslubiy ta’minlanish masalalalari bo‘yicha guruh va
yakka tartibda maslahatlarni o‘tkazish;
- o‘quv jarayoni jadvalining bajarilishini nazorat qilish;
- o’quvchilar o‘rtasidagi o‘quv aloqalarni ta’minlash.
Dasturchining vazifasi:
- kursning yoki fannning elektron versiyasini yaratish uchun dasturlar tuzish;
- kurs yoki fan bo‘yicha yangiliklarni dasturga kiritish, elektron darslikni yangilab
turish.
Masofali o‘qitishni tashkil qilishdagi eng muhim masalalaridan biri professor-
o‘qituvchilarni tanlashdir. Mazkur o‘qitishni amalga oshirish uchun o‘qituvchilar eng
tajribali va tashkilotchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki, masofali o‘qitish ko‘p
jihatdan o‘qituvchining bilimdonlik, tashkilotchilik va boshqaruvchilik hususiyatlariga
bog‘liq. Masofali o‘qitishga jalb qilinuvchi o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida mohir pedagog,
dono maslahatchi va tajribali boshqaruvchi bo‘lishi kerak.
N.A.Muslimov masofali ta’lim tizimida pedagog sifatida tyutorlarning o‘rni va rolini
beqiyos baholaydi. Uning fikricha u o‘qituvchi, maslahatchi hamda menedjer vazifalarini
bajaradi. Tyutorlar maxsus ravishda tayyorlanadilar yoki tanlov asosida malakali pedagoglar
orasida tanlab olinadi. Ularga muayyan ta’lim muassasasi tomonidan sertifikat beriladi .
Masofali o‘qitish modellarini tanlash, eng avvalo bunday kurslarning maqsad va
vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shuningdek, geografik hududning
xususiyatlari, ta’lim muassasalarining kompyuterlashganlik holati, zamonaviy informatsion
va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi hamda ilmiy-pedagogik
kadrlarni tayyorlash holatlari ham inobatga olinishi lozim.
Masofali o‘qitish modeli tanlangandan so‘ng o‘qitishning turi belgilanishi kerak.
O‘qitishning turini belgilashda mavjud aloqa kanallarining imkoniyatlari, o‘qitish vositalari,
tyutor va o’quvchilar orasidagi o‘zaro axborot almashish tizimining takomillashganlik
darajasi inobatga olinadi. Hozirgi paytda masofali o‘qitish kurslarining bir nechta
texnologiyalari mavjud. Ularga kompleks keys-texnologiyalar, korrespondentlik ta’limi,
televizion va sun’iy yo‘ldosh kanallari, mobil texnologiya, kompyuterli tarmoq
texnologiyalari misol bo‘la oladi. Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda keys texnologiyasi
asosida o‘qitish birinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, ta’lim tizimiga kompyuterli
tarmoq texnologiyasi xam jadal kirib kelmoqda .