Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
174
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA «TASVIRIY SAN’AT FANINI O‘QITISH METODLARI
B.K.Mo’minov
TerDPI o’qituvchisi
N.O.Ataqulova
TerDPI Muhandislik grafikasi va dizayn nazaryasi
2-bosqich magistranti
Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalo bu
sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning yoshlik xususiyatlari va
psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda layoqatlariga qarab
belgilanadi.
Ma’lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq nihoyatda
erta boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma’lum. Shunisi xarakterliki,
bolalar o‘qish va yozishdan ko‘ra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan
rasmlarning davomiyligi juda qisqa bo‘ladi, 1-2 minut, ko‘pi bilan 4-5 minutda har qanday
rasmni tugallab qo‘yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar savodli bo‘lmasa-da, biroq
mazmunan biron-bir ko‘rinishni, voqeani yoki buyumni o‘z iqtidorlariga yarasha, ularning
xarakterli belgilarini tasvirlay oladilar. Bo‘yoqlar bilan ishlash ularga ma’lum qiyinchiliklar
tug‘dirishi sababli ulardan foydalanishni aytarlik xush ko‘rmaydilar. Lekin turli yorqin
ranglar bilan bo‘yalgan buyumlar bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Rasmlari yaxshi
chiqmagan holda o‘z ishlaridan ixloslari tez qaytadi. Bunday sharoitda o‘qituvchining
bolalarga tez yordam ko‘rsatishi va kayfiyatini ko‘tarishga harakat qilishi foydadan holi
bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasviriy faoliyatlarining xarakterli jihatlaridan yana
biri ularning chizadigan rasmlarini soddalashtirishga bo‘lgan xarakatlaridir. Ular ayrim
narsalarning oldi ko‘rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfel) ayrimlarini yon tomonidan
(mashina, hayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana boshqalarini ustki tomonidan
(kapalak, barg, ninachi, qo‘ng‘iz v. b.) tasvirlaydilar. Bunga asosiy sabab bu yoshdagi bolalar
hali narsalarni yorug‘-soya, perspektiv qisqarishi va ularning qoidalarini uncha tushunib
yetmaganliklaridir.
Bolalar ijodiga xos yana bir jihat bor, u ham bo‘lsa tasvirlarni (buyumlarni) bir-birlarini
to‘sib turgan (yoki qisman) holda tasvirlanmasligidir. Chunki bolalar narsalarni doimo butun
holda idrok etadilar.
Yuqorida qayd qilingan tasviriy faoliyatlarning bu hususiyatlari bolalar tafakkurining
konkret, obrazli va emotsional tarzda bo‘lishligi bilan bog‘lanadi.
Endi boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at darslarini o‘tkazish metodikasining o‘ziga
xos xususiyatlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak avvalo uning quyidagi to‘rt turi qayd qilinishi
lozim:
1. Borliqni idrok etish.
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
175
2. Badiiy qurish-yasash.
3. Naturaga qarab tasvirlash (naturaga qarab rasm ishlash, naturaga qarab haykal
ishlash).
4. Kompozitsion faoliyat.
1. Borliqni idrok etish mashg‘ulotlari 1-4-sinf dasturida aks etgan bo‘lib, uning
maqsadi bolalarni o‘rab olgan borliq haqida, ulardagi narsa va hodisalarning tuzilishi, shakli,
rangi, o‘lchovlari, o‘lchov nisbatlari haqida tasavvur hosil qilishdir. Chunki, bolalar tevarak-
atrofni, ya’ni tabiat, hayvonlar va qushlar olami, hashoratlar va baliqlar, odamlar, obi-havo,
predmet va buyumlar, qurilish va transport vositalari haqida yaxshi tasavvurga ega
bo‘lganliklari taqdirdagina ularning rasmlarini aniq-ravshan tasvirlaydilar.
Borliqni idrok etish mashg‘ulotlarining mazmunidan kelib chiqqan holda amaliyotda
ularni o‘rganishi kerak bo‘lgan quyidagi yo‘llar qo‘llaniladi:
1. Buyumni, tabiatni o‘ziga qarab kuzatish orqali o‘rganish.
2. Borliq haqida o‘qituvchining suhbati orqali o‘rganish.
3. Savol-javob orqali o‘rganish.
4. Borliqni rasmini chizish orqali o‘rganish.
5. O‘qituvchining pedagogik rasmi orqali o‘rganish v.b.
O‘qituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo mashg‘ulot
mavzusi bilan bog‘liq holda bo‘lib, ular o‘z tuzilishi, shakli, rangi, o‘lchovlari bilan sodda,
tushunarli, bolalarda his-hayajon uyg‘otadigan bo‘lishligi maqsadga muvofiqdir. Eng
muhimi, bunday materiallar o‘quvchilarni o‘ylashga majbur etadigan, bolalarni yangi
tushunchalar bilan boyitadigan bo‘lishligi muhim.Namoyish etiladigan narsalar, ularning
tasvirlari haqidagi ma’lumotlarni bolalarga og‘zaki yetkazishda ularning tahlili muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu tahlil bevosita narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o‘lchovlari,
ularning mohiyati haqida savol-javob tarzida o‘tkazilishi maqsadga muofiqdir.
2. Badiiy qurish-yasash mashg‘ulotlarini boshlang‘ich sinflarda o‘tkazish
rejalashtirilgan. Bunday mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun bolalarga turli-tuman tabiiy va
badiiy materiallar zarur bo‘lganligi sababli, o‘qituvchi bu masalaga o‘z e’tiborini ko‘proq
qaratishi kerak bo‘ladi O‘qituvchi barcha bolalarni bunday materiallar bilan ta’minlay
olmagani taqdirda bu ishga o‘quvchilarni jalb etishi zarur bo‘ladi. Tabiiy va badiiy,
tashlandiq materiallarni to‘plash uchun sinfda maxsus joy ajratilgan bo‘lishligi, uni bolalar
ishtirokida to‘lg‘izib turilishi kerak bo‘ladi.
Qurish - yasash mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan bir muhim jihat shundaki, bunda
o‘qituvchi va bolalar amaliy ishlarning bir vaqtni o‘zida bajaradilar. Ayrim mashg‘ulotlarda
(ko‘pincha 3-4-sinflarda) amaliy ish uchun hamma tayyorgarlik ishlari tugangani va
topshiriq barcha bolalar uchun tushunarli bo‘lganidan so‘ng asosiy ishga o‘tiladi.
Badiiy qurish-yasash mashg‘ulotlarida o‘qituvchi bolalarni faqat bir xil material
yordamida ishlash bilan chegaralab qo‘ymasligi lozim. Ular ham tabiiy, ham badiiy, ham
tashlandiq materiallar bo‘lishligi mumkin.
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
176
Bunday mashg‘ulotlarda o‘qituvchi tabiiy va tashlandiq materiallar yordamida
hashorat, qush, hayvon, odam kabilarning shaklini ko‘rsatishi muhimdir. Masalan, ildizda
ilon, kaltakesak, ilon baliq, yong‘oq po‘chog‘ida toshbaqa kosasi, tuxum po‘chog‘ida
pingvin, jo‘xori o‘zagida hayvon tanasi shakllarini ko‘rish mumkin. Badiiy qurish-yasash
ishlarida o‘qituvchi materiallarning xususiyatlari (qattiq, yumshoq, mo‘rt, og‘ir, yengil,
yaltiroq, egiluvchan v.b.), ular bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlik haqida ham bolalarga
yetarlicha va keng tushunchalar berishi kerak bo‘ladi. Turli materiallardan yasalgan
narsalarni to‘plab, ularni bolalarga tez-tez namoyish etib turish, ularning ijodkorligini
faollashtiradi, tabiiy va tashlandiq materiallardan samarali foydalanishga yo‘naltiradi.
Mashg‘ulotlarning samaradorligi bolalarni uyda, ko‘chada, sayohat vaqtida tabiiy
va tashlandiq materiallarni ko‘plab yig‘ish hamda maktabga olib kelishga ham bog‘liq.
Shuning uchun o‘qituvchi har bir darsda bu haqda bolalarga ko‘rsatma berishi, yangi
bajarilgan orginal qurish-yasash ishlaridan ularga ko‘rsatib turishi yaxshi natijalar beradi.
3.Naturaga qarab tasvirlash boshlang‘ich sinflarda yetakchi o‘rinlardan birini
egallaydi. U bolalarga rasm va haykal ishlashning elementar qonun-qoidalarini o‘rgatadi.
Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi.
1. Narsaning o‘ziga qarab rasm ishlash.
2. Narsaga qarab haykal ishlash.
Naturaga qarab rasm ishlash bolalarning yoshlik xususiyatlarini hisobga olgan
narsalarni o‘ziga qarab rasmini ishlashni nazarda tutadi.Naturaga qarab rasm ishlash,
naturani kuzatish, uning tuzilishi, shakli, rangi, o‘lchovlari, o‘lchov nisbatlarini tahlil qilish,
rasmlarni natura bilan solishtirish kabi metodlar asosida olib boriladi. Naturaning
o‘lchoviga qarab ularni chizish uchun yiriklarini sinfda 2-3 joyga, maydalarini har bir partaga
bittadan qo‘yib chiqish kerak bo‘ladi. Mayda o‘lchovdagi naturani, aytaylik bargni natura
sifatida hamma joyda bir xil bo‘lishi shart emas, ularni bolalarni rasm ishlash layoqatiga
qarab har xil murakkablikdagisini qo‘ysa bo‘ladi.
Naturaga qarab rasm ishlashda bolalarni bosqichlar asosida rasm ishlashga o‘rgatish
muhim. Bunda bolalar, birinchi galda rasmni o‘lchov jihatidan to‘g‘ri belgilash, ikkinchidan
rasmni qog‘oz yuzasida to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatiladi. Keyinchalik naturaning tasvirini
ishlashga o‘tiladi. Bunda rasm ishlashni ikki xil metodikasi qo‘llaniladi:
1). Naturani yordamchi chiziqlar asosida belgilab olib rasmini ishlash.
2). Naturani bir yo‘la bo‘laklar shaklining rasmini ishlashdan boshlanib, so‘ngra ularni
umumlashtiriladi va bo‘yaladi.
Naturaga qarab rasm ishlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish bilan bir qatorda
o‘q chiziq, simmetriya o‘qidan foydalaniladi. Shunindek, narsalar tasvirini bironta
geometrik shaklga tushirib olib ham ishlanadi. Xususan, ninachi rasmini ishlaganda avval
uning qanotlarini to‘rtburchak shaklida, soatni aylana shaklida chizib olinadi, keyinchalik
uning tasvirini aniqlashtiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda rasm ishlash malakalarini hosil qilish ko‘proq naturaga qarab
rasm ishlash bo‘limiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham bunday mashg‘ulotlarda
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
177
o‘quvchilarning o‘quv qurollari (qalam, o‘chirg‘ich, bo‘yoq, daftar v.b.) bilan to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishga, ularni to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish muhimdir. Rasm ishlash
malakalarini shakllantirish esa ma’lum tizimda amalga oshirilgani ma’qul. Ayniqsa, to‘g‘ri-
tik, to‘g‘ri-yotiq, to‘g‘ri-og‘ma, egri kabi chiziqlarni chizdirish, ularni teng yoki teng
bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lishga o‘rgatish ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim.
Shuningdek, shakllar, bo‘yoqlar bilan yuzani qalam yoki bo‘yoq bilan bir tekisda bo‘yash
yuzasidan bilim va malakalar hosil qilishda ham shu tartibga rioya qilinadi.
Yana shuni ham qayd qilish lozimki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hali rasm
ishlash layoqatlarining pastligini hisobga olib, ularga ortiqcha, murakkab vazifalar berib
bo‘lmaydi. Narsalar rasmini ishlashda ularning hajmini yorug‘-soya, perspektiva qoidalari
asosida tasvirlash ham talab etilmaydi. Shuningdek, ular tomonidan chizilgan rasmga
ortiqcha talablar ham qo‘yib bo‘lmaydi.
Yuqorida qayd qilinganidek, naturaga qarab tasvirlash, naturaga qarab haykal
ishlashni ham nazarda tutiladi.
Bu mashg‘ulotlarning yana o‘ziga xos jihatlaridan biri bolalarda plastilin, loy, stek bilan
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, loy (plastilinni) parchalarini o‘zaro qo‘shish orqali haykal
ishlash, shuningdek, birgina yirik loy bo‘lagidan ortiqcha joylarini olib tashlash orqali haykal
hosil qilish metodikasini to‘g‘ri o‘zlashtirib olishga qaratilganligidir. O‘quvchilar tomonidan
topshiriqlarni bajarishda naturani barchaga to‘liq ko‘rinishiga erishish muhimdir.
Shuningdek, naturani bolalar ishtirokida savol-javob orqali tahlil qilish, u haqda to‘liq
tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Boshlang‘ich sinflarda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, o‘zbek xalqiga xos
bo‘lgan mayda haykalchalar yasashga oid ishlardan namunalar ko‘chirtirish, bu san’at
turining milliy badiiy an’analarini o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
4.Kompozitsion
faoliyat
mashg‘ulotlari
boshlang‘ich
sinflarda
rangtasvir
kompozitsiyasi, dekorativ kompozitsiya va haykaltaroshlik kompozitsiyasi kabi qismlardan
tashkil topadi.
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg‘ulotlarida bolalar ko‘proq yil fasllari, bayramlar,
ommaviy tomoshalar, qishloq va shahar mehnatkashlarining kundalik mehnati, qush va
hayvonlar hayoti kabilarga doir mavzularda rasm ishlaydilar. Bunday mashg‘ulotlarda
o‘qituvchi o‘zining asosiy e’tiborini bolalar rasmlarida aks etadigan g‘oya, rasm mazmuni,
rasm elementlarini qog‘oz yuzasida kompozitsion jihatdan to‘g‘ri savodli qilib
tasvirlanishiga qaratishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda tasvirlanayotgan jarayon yoki
narsalarning hajmini yorug‘-soya, perspektiva yordamida tasvirlash talab etilmaydi.
Perspektiva qoidalariga rioya qilish talab etilmasada, biroq, yaqindagi narsalarni yirikroq,
uzoqdagisini kichikroq tasvirlanishi lozim. Rangtasvir kompozitsiyasida tasvirlangan
hayvonlar, qushlar, odamlar o‘rtasidagi bir-birlari bilan bog‘liqlikni, aloqadorlikni ham aks
ettirish kerak bo‘ladi. Kompozitsiyadagi barcha elementlar o‘zaro bog‘liqlikda tasvirlanishi
shart. Bolalar rangtasvir kompozitsiyasini xarakterli xususiyatlaridan biri, ularning
rasmlaridagi soddalik, jo‘nlik, dunyoni o‘zlaricha idrok etishlari va tasvirlashlari hisoblanadi.
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
178
Ulardagi bu xususiyatlar bolalar rasmlarida saqlanishi lozim. O‘qituvchining bu masaladagi
asosiy vazifasi bolalarning ijodiy faolligini oshirishga, rasmdagi g‘oyani to‘liq ifodalay
olishga, rasmni emotsional ta’sirini kuchaytirishga ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Boshlang‘ich sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlari naqsh ishlash, ertak va
hikoyalar asosida illyustratsiyalar ishlash kabilarni nazarda tutadi. Bu borada naqsh ishlash
mashg‘ulotlari katta o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, yo‘lsimon, kvadrat, to‘rtburchak, aylana
shaklidagi naqsh namunalaridan ko‘chirib o‘rganishga, o‘zbek xalq amaliy san’ati
namunalarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor beriladi.
Bunda ko‘proq naqsh kompozitsiyasi, rang, elementlarni to‘g‘ri tasvirlash, ularni ijodiy
xarakterda bo‘lishligiga, naqsh foni bilan uning elementlarining ranglari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik, stilizatsiya masalalari o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi hisoblanadi.
Shuningdek, naqsh gulining nomlarini ham o‘quvchilarga ko‘rgazmali tarzda
tushuntirib borish talab etiladi.
Dastlabki mashg‘ulotlarda bolalar yo‘lsimon naqsh namunalaridan ko‘chirsalar,
keyingisida naqsh sxemalari va elementlari asosida, oxirida butunlay ijodiy naqsh chizadilar.
Quyida kvadrat shaklidagi naqsh sxemasi va elementlari ko‘rsatilgan.
Dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlarida illyustrativ rasm ishlashga alohida e’tibor
beriladi va u ertak, hikoya, masal, she’r kabi badiiy asarlar asosida amalga oshiriladi.
Bunday mashg‘ulotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq.
Buning uchun avvalo bolalar yoshiga mos, qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
adabiy asar tanlash lozim. Qolaversa, asar mazmunini to‘liq bolalar ongiga yetkazish,
undagi eng qiziqarli joylarni topish, asar bilan bog‘liq yoki unga yaqin illyustratsiyalarni
bolalarga namoyish etish, ularni g‘oya, mazmun, kompozitsiya, rang jihatidan tahlil qilish
kerak bo‘ladi.
Illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlarida o‘qituvchi o‘z e’tiborini bolalar rasmlarini
ijodiy xarakterda bo‘lishiga, asardagi personajlarni obrazli, o‘zlariga xos xarakterli holatda
tasvirlanishiga, ularni va tevarak-atrofdagi boshqa tasviriy detallarni o‘zaro aloqadorlikda
tasvirlashlariga qaratishi lozim. Shuningdek, ular kompozitsiya qoidalariga rioya qilish,
obraz va voqealarga mos ranglar tanlash, rasmda planlikni e’tibordan qochirmasliklari
lozim. Imkoni boricha yaqindagi obraz va narsalarni yiroqroq, uzoqdagilarni kichikroq qilib
tasvirlash lozimligini bolalar ongiga yetkazish va uni o‘z rasmlariga tadbiq qilishlariga
yordam berish muhim.
Illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlarining yana bir muhim xususiyati bolalarda
fantaziya, obrazli tasavvurlarni o‘stirishga qaratilganligidir. Bu sifatlarni rivojlantirishga 3-4-
sinflarda ko‘proq e’tibor beriladi. Illyuyustrativ rasm ishlash, asosan ertak, hikoya, masal
kabi adabiy asarlar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli bolalar asardagi hayvonlarni odamlar
qiyofasida tasvirlashlariga ruxsat etiladi. Ular kiyimlar kiygan, odamlar yashaydigan uylarda
yashayotgan, ular o‘zaro gaplashayotgan va mehnat qilayotgan hollarda tasvirlanishi
mumkin. Bu o‘z o‘rinda bolalarni hayajonlantiradi, ijodiy ishlarini faollashtiradi.
Международный научный журнал № 4 (100), часть 4
«Научный импульс» Ноябрь, 2022
179
Ma’lumki, illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlari odam, hayvon, qush va boshqa
murakkab tuzilishdagi narsalarni tasvirlash bilan bog‘liq. Ularni o‘ziga o‘xshatib savodli
tasvirlash bolalarga ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. Shuni hisobga olib bu materiallarga
doir ko‘rgazmali qurollarni (odam, hayvon, qush tasvirlangan) namoyish etish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |