zarar uni yetkazgan shaxs tomonidan qoplanadi deya birnechta shunday holatlar
bayon qilingan. Moddaning birinchi qismidagi qoidani misol bilan izohlab o’tadigan
bo’lsak, Ikki shaxs o’zaro, odamlar ko’z o’ngida bo’lmagan
joyda janjallashib
qoldilar va ulardan biri ikkinchisiga og’ir haqoratomus so’zlar bilan haqorat qildi va
uning ba’zi jismoniy nuqsonlari ustidan kuldi. Bu holatda haqoratlangan shaxs
ma’naviy zarar ko’rishi mumkin va zararni undirish vaqtida shaxs zarar
yetkazuvchining ayblilik masalasini isbot qilib berishi kerak bo’ladi, chunki bu holat
ya’ni shaxsni haqoratlab, mazah qilish naqtijasida ma’naviy zarar yetkazish
Fuqarolik kodeksining 1021-moddasining ikkinchi
qismidagi zarar yetkazgan
shaxsning ayblilik masalasidan qat’iy nazar qoplanishi kerak bo’lgan holatlar
qatoriga kirmaydi. Shuning uchun ham bunda ma’naniy zarar ko’rgan shaxs ayb
masalasini turli vosita yoki guvohlar orqali isbot qilib berishi mumkin bo’ladi.
Moddaning ikkinchi qismi, ya’ni zarar yetkazgan shaxsning aybliligidan qat’iy
nazar ma’naziy zarar qoplanishi kerak bo’lgan holatlardan birini tahlil qilsak, misol
uchun zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi
ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa,
zarar yetkazgan shaxsning
ayblilik masalasidan qat’iy nazar zarar yetkazgan shaxs tomonidan qoplanadi.
Chunki zarar ko’rgan shaxs o’zining or-nomusini, qadr-qimmatini va ishchanlik
obro’si haqidagi nomaqul ma’lumotlari tarqalishidan ma’naviy zarar ko’rishi ancha
yuqoriroq. Aslida ham insonni tashvishga solishi mumkin bo’lgan uyalish,
hijolatchilik, sharmandalik kabi tushunchalar bu, boshqalarning u haqida nima deb
o’ylashi, u haqida qanday xulosa qilishlari mumkinligi haqida o’ylab, ulardan
qo’rqish hislariga o’xshatish mumkin. Shuning uchun ham bu istisno tarzdagi
qoidalardan
biri hisoblanadi, ya’ni zararni or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik
obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazish.
Ma’naviy zararda ayb kategoriyasini ahamiyati bo’yicha chet el qonunchiligi
va huquqiy ilmiy ishlar bilan ham tanishib chiqdik. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi
yurisprudensiya nazariyalariga ko’ra, ular ma'naviy zararni qoplash huquqining
paydo bo'lishi uchun bir vaqtning o'zida quyidagi to'rtta shart mavjud bo'lishi kerak
deb hisoblaydilar, ya’ni
fuqaroning ma'naviy zarar ko'rishi, ya'ni jismoniy yoki ma'naviy azoblanishi;
fuqaroning nomulkiy huquqlarini buzuvchi yoki fuqaroga tegishli boshqa
nomoddiy manfaatlarga tajovuz qiluvchi huquqbuzarning
noqonuniy harakati
(harakatsizligi);
g'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) va ma'naviy zarar o'rtasidagi sababiy
bog'liqlik;
zarar yetkazuvchining aybi.
Ko’rib turganimizdek ma’naviy zararni undirish huquqi yuzaga kelish
asoslaridan biri sifatida zarar yetkazuvchining aybi masalasi ham Rossiya
yurisprudensiyasida keltirilgan. Shu bilan birga ushbu nazariy asoslar Rossiya
Federatsiyasi Fuqarolik kodeksining 151-moddasining ikkinchi qismida keltirilgan
ya’ni, “maʼnaviy zararni qoplash
miqdorini belgilashda sud huquqbuzarning
Dostları ilə paylaş: