Naviy zarar miqdorini aniqlashda ayb kategoriyasining ahamiyati


ga’yriqonuniy harakarning xususiyatini, davom etish muddatini, da’vogar va



Yüklə 310,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix13.06.2023
ölçüsü310,61 Kb.
#129586
1   2   3   4   5   6
Ma’naviy zarar miqdorini aniqlashda ayb kategoriyasining ahamiyati

ga’yriqonuniy harakarning xususiyatini, davom etish muddatini, da’vogar va 
javobgarning shaxsini va javobgarning moddiy ahvolini hisobga olib, ma’naviy 
zarar miqdorini bir yarim million sifatida baholagan. Bunda sud Fuqarolik kodeksi 
va Oliy sud Plenumi qarorida nimalarga e’tibor qaratish kerakligini inobatga 
olganini ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari fuqarolik ishlari bo’yicha Mirobod tumanlararo sudida 2022-
yil 2-1002-2205/14712-sonli fuqarolik ishi ko’rilgan. Bunda fuqaro ichki ishlar 
organlari yo’l harakati xavfsizligi xodimlari ustidan yuz million so’m ma’naviy 
zararni undirish haqidagi da’vo arizasini kiritgan. Vaziyatga ko’ra xodimlar fuqaroni 
mashinasini besabab to’xtatishgan va hujjatlarini asossiz ravishda so’rab, 
hujjatlarida kamchilik borligini vaj qilib ma’muriy bayonnoma asosida uning 
mashinasini jarima maydoniga olib qo’yishgan. Fuqaroning ma’naviy zarar 
so’rashiga asosiy sabab shundaki, fuqaroning to’xtatilgan mashinasida uning chet 
ellik investorlari bo’lgan va ular aynan mashinalari bunday tarzda to’xtatilganligi va 
xodimlarning qo’pol munosbatlari natijasida fuqaro bilan shartnoma tuzish fikridan 


qaytadilar.
Keyinchalik jinoyat sudida ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko’rilganda unda 
MJtKning 135-modda 1-qismidagi huquqbuzarlik alomatlari yo’qligi sababli ish 
tugatilgan. Shundan so’ng da’vo qisman qanoatlantirilgan, ya’ni da’vogar so’ragan 
yuz million so’m emas, uning foydasiga yigirma million so’m miqdorida ma’naviy 
zarar belgilangan. Bunda sud asos qilgan asosiy norma sifatida Fuqarolik 
kodeksining 1021-moddasining ikkinchi qismidagi zarar yetkazuvchining aybidan 
qat’iy nazar qoplanishi kerak bo’lgan asoslardan biri, ya’ni “qonunga xilof tarzda 
ma’muriy jazo qo‘llanish” natijasida yetkazilgan zarar qoidasiga tayangan. Ammo 
ko’rib o’tganimizdek da’vo to’liq emas qisman qanoatlantirilgan.
Yana bir sud ishini ko’rib chiqsak, ammo bu sud ishida ma’naviy zarar 
undirish haqidagi da’vo qanoatlantirilmagan. Fuqarolik ishlari bo’yicha Urganch 
tumanlararo sudining 2022-yildagi 2-2201-2205/11311-sonli fuqarolik ishini 
ko’rish natijasida quyidagilarni aniqlagan va biz hal qiluv qarorining bayon qismini 
qisqacha ifodalab o’tamiz, ya’ni, fuqaro A va B o’rtasida yuk mashinasini oldi-
sotdisi haqida og’zaki shartnoma tuzilgan va kelishuv bo’lgan vaqtda haridor 
bo’lgan fuqaro A pulning bir qismini berishi kerak bo’lgan va bergan ham. Ammo 
uch oy vaqt o’tgach mashinani qaytarib berish istagini fuqaro Bga bildirgan, lekin 
fuqaro B bunga qarshilik qilgan, sabab haridor sotib olgandan so’ng mashinadan 
ancha foyda ko’rgan, mashinani ta’miriga yaxshi e’tibor bermaganligi sababli 
mashinaning holati yomonlashgan degan vajlar keltirgan va shuning uchun fuqaro 
A dan to’qqiz ming AQSH dollari miqdorida moddiy zarar va o’n million so’m 
miqdorida ma’naviy zarar so’ragan.
Sud holatga baho berib, fuqarolar shartnomaning notarial tartibda 
tasdiqlanishi kerakligi haqidagi qoidasida rioya qilinmaganligini, taraflarning
oʻrtasida kelishuv boʻlmaganligi, transport vositasini ijara yoki boshqa tusdagi
shartnoma rasmiylashtirilmaganligi sababli mazkur daʼvo talabini 
qanoatlantirishdan rad etishni lozim topadi. Shu bilan birga sud Fuqarolik 


protsessual kodeksining 72-moddasidagi har bir taraf oʻzining talablari va
e’tirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shartligi haqidagi qoidani 
ham keltirib o’tgan. Bundan sud da’vogarning ma’naviy zarar ko’rganligi haqidagi 
talabini yetarli darajada istotlab bera olmaganligini asoslab o’tgan degan xulosaga 
kelish mumkin. Ya’ni bu ishda zarar yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar 
qoplanishi kerak bo’lgan holatlar qoidasiga mos keladigan holat bo’lmagan. 
Da’vogar ma’naviy zararni undrishga asos bo’ladigan asoslardan biri bo’lgan zarar 
yetkazuvchining aybi haqidagi holatni isbot qilib bera olmagan.
XULOSA 
Yuqoridagi normalar tahillarni inobatga olib aytishimiz mukinki, ma’naviy 
zararning miqdorini aniqlashda ayb kategoryasi o’ziga yarasha o’rin tutadi, zarar 
yetkazuvchining aybi bo’lgan taqdirda qoplanishi va ayblilik masalasidan qat’iy 
nazar qoplanishi kerak bo’lgan holatlarni ham keltirib o’tdik. Zarar yetkazuvchining 
aybi aniqlangandan yoki aybidan qat’iy nazar holatlar ko’rilgandan so’ng, sud uning 
ayb darajasiga ham e’tibor derib miqdorni aniqlaydi. Zarar yetkazuvchi ishni 
qasddan amalga oshirganmi yoki extyotsizlikdan amalga oshirgan kabi masalalarga 
aniqlik kiritishi lozim. Bundan tashqari sud javobgar huquqbuzarlik uchun avvaldan 
tayorgarlik ko’rganliklarini va huquqbuzarlikni “behayolik”, “shafqatsizlik” kabi 
emotsional holatlar bilan amalga oshirganligiga baho beradi. Shundan so’ng 
yuqorudagi asoslar da’vogar talab qilayotgan moddiy qiymatga mutanosib kelish 
yoki kelmasligi qarab, oqilonalik va adolatlilik mezonlarini inobatga olgan holda 
miqdor belgilaydi. 

Yüklə 310,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin