qaytadilar.
Keyinchalik jinoyat sudida ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko’rilganda unda
MJtKning 135-modda 1-qismidagi huquqbuzarlik alomatlari yo’qligi sababli ish
tugatilgan. Shundan so’ng da’vo qisman qanoatlantirilgan, ya’ni da’vogar so’ragan
yuz million so’m emas, uning foydasiga yigirma million so’m miqdorida ma’naviy
zarar belgilangan. Bunda sud asos qilgan asosiy norma sifatida Fuqarolik
kodeksining 1021-moddasining ikkinchi qismidagi zarar yetkazuvchining aybidan
qat’iy nazar qoplanishi kerak bo’lgan asoslardan biri, ya’ni
“qonunga xilof tarzda
ma’muriy jazo qo‘llanish” natijasida yetkazilgan zarar qoidasiga tayangan. Ammo
ko’rib o’tganimizdek da’vo to’liq emas qisman qanoatlantirilgan.
Yana bir sud ishini ko’rib chiqsak, ammo bu sud ishida ma’naviy zarar
undirish haqidagi da’vo qanoatlantirilmagan. Fuqarolik ishlari bo’yicha Urganch
tumanlararo sudining 2022-yildagi 2-2201-2205/11311-sonli fuqarolik ishini
ko’rish natijasida quyidagilarni aniqlagan va biz hal qiluv qarorining bayon qismini
qisqacha ifodalab o’tamiz, ya’ni, fuqaro A va B o’rtasida yuk mashinasini oldi-
sotdisi haqida og’zaki shartnoma tuzilgan va kelishuv bo’lgan
vaqtda haridor
bo’lgan fuqaro A pulning bir qismini berishi kerak bo’lgan va bergan ham. Ammo
uch oy vaqt o’tgach mashinani qaytarib berish istagini fuqaro Bga bildirgan, lekin
fuqaro B bunga qarshilik qilgan, sabab haridor sotib olgandan so’ng mashinadan
ancha foyda ko’rgan, mashinani ta’miriga yaxshi e’tibor bermaganligi sababli
mashinaning holati yomonlashgan degan vajlar keltirgan va shuning uchun fuqaro
A dan to’qqiz ming AQSH dollari miqdorida moddiy zarar va o’n million so’m
miqdorida ma’naviy zarar so’ragan.
Sud
holatga baho berib, fuqarolar shartnomaning notarial tartibda
tasdiqlanishi kerakligi haqidagi qoidasida rioya qilinmaganligini, taraflarning
oʻrtasida kelishuv boʻlmaganligi, transport vositasini ijara yoki boshqa tusdagi
shartnoma rasmiylashtirilmaganligi sababli mazkur daʼvo
talabini
qanoatlantirishdan rad etishni lozim topadi. Shu bilan birga sud Fuqarolik
protsessual kodeksining 72-moddasidagi har bir taraf oʻzining talablari va
e’tirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shartligi haqidagi qoidani
ham keltirib o’tgan. Bundan sud da’vogarning ma’naviy zarar ko’rganligi haqidagi
talabini yetarli darajada istotlab bera olmaganligini asoslab o’tgan degan xulosaga
kelish mumkin. Ya’ni bu ishda zarar yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar
qoplanishi kerak bo’lgan holatlar qoidasiga mos keladigan holat bo’lmagan.
Da’vogar ma’naviy zararni undrishga asos bo’ladigan asoslardan biri bo’lgan zarar
yetkazuvchining aybi haqidagi holatni isbot qilib bera olmagan.
XULOSA
Yuqoridagi normalar tahillarni inobatga
olib aytishimiz mukinki, ma’naviy
zararning miqdorini aniqlashda ayb kategoryasi o’ziga yarasha o’rin tutadi, zarar
yetkazuvchining aybi bo’lgan taqdirda qoplanishi va ayblilik masalasidan qat’iy
nazar qoplanishi kerak bo’lgan holatlarni ham keltirib o’tdik. Zarar yetkazuvchining
aybi aniqlangandan yoki aybidan qat’iy nazar holatlar ko’rilgandan so’ng, sud uning
ayb darajasiga ham e’tibor derib miqdorni aniqlaydi. Zarar yetkazuvchi ishni
qasddan amalga oshirganmi yoki extyotsizlikdan amalga oshirgan kabi masalalarga
aniqlik kiritishi lozim. Bundan tashqari sud javobgar huquqbuzarlik uchun avvaldan
tayorgarlik ko’rganliklarini va huquqbuzarlikni “behayolik”, “shafqatsizlik” kabi
emotsional holatlar bilan amalga oshirganligiga baho beradi. Shundan so’ng
yuqorudagi asoslar da’vogar talab qilayotgan moddiy qiymatga mutanosib kelish
yoki
kelmasligi qarab, oqilonalik va adolatlilik mezonlarini inobatga olgan holda
miqdor belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: