Naviy zarar miqdorini aniqlashda ayb kategoriyasining ahamiyati



Yüklə 310,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix13.06.2023
ölçüsü310,61 Kb.
#129586
1   2   3   4   5   6
Ma’naviy zarar miqdorini aniqlashda ayb kategoriyasining ahamiyati

Key words: moral damage, guilt category, damage. 
 

 
 


 KIRISH 
Ushbu nozik masalani yoritishdan avval umumiyroq tazrda mavzuning asosi 
bo’lgan ma’naviy zarar tushunchasining o’ziga ta’rif berib o’tish to’g’ri bo’ladi deb 
o’ylayman. Yuqorida nozik mavzu deb boshlaganimizning boisini aytadigan 
bo’lsak, insonlar o’zlariga nisbatan sodir etilgan ma’lum harakatlardan zarar 
ko’rishlari mumkin, misol uchun jismoniy jarohat. Bu albatta tushunarliroq 
tushuncha deya olamiz, ya’ni jismoniy jarohat yetkazilgan va buni tekshirish, 
ekpertlar xulosalari yordamida aniq darajasini (yengil, o’rta va og’ir tan jarohati)
bilish mumkin. Ammo ma’naviy zarar bu insonning aynan harbir insonning ichki 
kechinmalaridan kelib chiqadigan va bu zararning ko’lami uning o’zigagina ma’lum 
bo’ladigan jarayon deyishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu masalaga “nozik” 
ta’rifini qo’lladik deb izoh beramiz.
Ma’naviy zararning e’tirof etilishni qonunchiligimizdagi qoidalarga ko’ra 
ham tahlil qilib o‘tishimiz mumkin bo’ladi. Jumladan 
O’zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi Plenumining “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo’llashning 
ayrim masalalari to’g’risida”gi qarorining 2-bandida ma’naviy zararga shunday 
ta’rif berib o’tilgan, ya’ni,

ma’naviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir 
etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan 
(o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og‘riq, zarar ko‘rish, 
noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi”. Bundan shuni tushunish mumkinki
ma’naviy zarar ko’rgan shaxs o’ziga nisbatan uni kamsituvchi, jismoniy azob 
beruvchi yoki boshqacha tarzda zarar yetkazuvchi harakatlar amalga oshirilgan 
shaxs bo’ladi. Misol keltiradigan bo’lsak, ikki talaba ma’ruza darsida tortishib 
qoldilar va talabalardan biri ikkinchisiga uni haqoratlovchi so’zlar aytib, uning 
oilaviy ahvolini ota-onasi ajrashganlarini hammaning oldida uning yuziga aytib uni 
kamsitib haqorat qildi. Bunda haqoratlarni qabul qilgan talaba jismoniy taraflama 
hechqanday jarohat, ziyon ko’rmadi, ammo bu so’zlar uning psixologik, ruhiy 
holatiga kuchli ta’sir ko’rsatdi, chunki uning hammaning oldida uni haqoratlagani 


va oilaviy holati haqida o’zi hohlamagan ma’lumotlarni bunday tarzda oshkor 
qilinishi unga ma’naviy zarar yetishiga olib keladi. Talaba o’sha jarayonni o’zida 
turli og’ir ruhiy holatlarni boshidan o’tkazdi, jumladan uyalish, sharmandalik, 
qo’rquv va xatto ayb ham, chunki ayb hissini sezish, bunda uning oilaviy holatiga 
xatto o’zini aybi borlik hissini ham keltirib chiqarishi mumkin. Bundan kelib chiqib 
aytish mumkinki, talabada yuqoridagi turli ruhiy jarayonlarni boshidan kechirish 
natijasida uning psixologik holatida o’zgarish sodir bo’ladi, anashu o’zgarishni 
ma’naviy zarar natijasi deyishimiz mumkin.

Yüklə 310,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin