1.2. Korxonaning ish rejimlari va vaqt fondlari Bu ishda korxonaning ikki smenali ishlashi qabul qilingan. Bunda uskunaning real vaqt fondi 4060 soat [1], ish vaqti uchun esa 1675 soat [1].
Barcha ishlab chiqarish tarmoqlarida va umuman mashinasozlik sohasida ham ishlab chiqarish uch turga bo’linadi.
1. Yalpi ishlab chiqarish, bu turdagi ishlab chiqarishlar quyidagilar bilan xoslashadi, bir turdagi maxsulot bir necha yil davomida ishlab chiqariladi va bitta ish o’rinda bitta operatsiyasi bajariladi.
2. Seriyali ishlab turida bir turdagi mahsulot ma’lum bir miqdorda tayyorlanadi va bir ish o’rinda bir necha turdagi mahsulotlar ustida ish olib boriladi.
3. Donalab ishlab chiqarish turida xar hil turdagi mahsulotlar va moddalar ishlab chiqaradilar va bir ish o’rnida xar hil mahsulotlar ustida ish olib boriladi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni qaytma ishlab chiqarilmasligi mumkin.
Ishlab chiqarish turi asosan ikkita holatga bevosita bog’liqdir. Bular yillik ishlab chiqarish dasturiga va mahsulotni talab xajmlariga.
Mehnat hajmi bu Td – vaqt bilan yoki bir dona mahsulotga sarflanayotgan ish vaqtidir. Texnlogik operatsiyalar bo’yicha va ishlab chiqarish turi seriyali koeffitsent orqali aniqlandi.
Detal og’irligi 13,23 kg, yillik dastur N=35 000 dona bo’lganligi sababli biz o’rta seriyali ishlab chiqarish turini tanladik.
Berilgan yillik dasturga asosan ishlab chiqarish qadamini quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi.
bu yerda: Fg=4029 soat – dastgohlarni bir yillik haqiqiy ishlash vaqti fondi; N=35 000 dona – yillik ishlab chiqarish dasturi. Bo’limdagi ish tartibi 2 smenali. Seriyali ishlab chiqarish turida detallarni partiyalarga bo’lib ishlov berish sababli partiyadagi detallar sonini hisoblab topish talab qilinadi.
bu yerda: a=3,6,12,24 kun – partiyadagi detallarni ishlov berishga kiritilish davri; F=254 kun – bir yildagi ishchi kunlar soni.
1.3. DETAL MATERIALINING TAHLILI Tarkibida 2,14% gacha uglerod bo‘lgan temir-uglerod qotishmalari uglerodli po‘latlar deb ataladi. Odatda, tarkibidagi uglerod mikdori 1,7% dan oshmaydigan po‘latlar ishlab chiqariladi, chunki uglerod miqdori 1,7% dan ko‘payib ketsa, po‘lat kuchli darajada qattiqlashadi va mo‘rt bo‘lib qoladi, bunday pulatlarni esa amalda ishlatib bo‘lmaydi.
Po‘latga o‘zga qo‘shimchalar qo‘shib, struktura o‘zgarishlariga erishish orkali po‘latlarning xossalarini boshqarish mumkin. Bunday maksadda qo‘shiladigan qo‘shimchalarni legirlovchi elementlar, qotishmalarni esa legirlangan po‘latlar deyiladi. Po‘lat ishlab chiqarish amaliyotida legirlovchi elementlar sifatida ko‘pincha Cr, Mo, Ni, Co, V, Ti, W, Zr, Nb xamda Mn va Si kabi elementlar qo‘llaniladi va ular po‘latlarning fizik, mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi.
P-3916.01.02 rusumli «Val» detali po‘lat 40X GOST 4543–71 xromli po‘lat materialidan tayyorlanadi. Po‘lat 40X materiali yaxshilanadigan xromli po‘latlar tarkibiga kiritiladi. Xrom po‘latning qattiqligini, puxtaligini va korroziyabardoshligini oshiradi, ammo plastikligini bir oz pasaytiradi. Po‘latga xrom legirlovchi element sifatida, odatda, 1,5 – 2,5% qo‘shiladi. Ammo tarkibida 30,0% gacha xrom bo‘lgan maxsus po‘latlar xam tayyorlanadi. Ko‘p miqdorda xrom qo‘shilgan po‘lat zanglamaydi va uning magnitaviy xossalari barqaror bo‘ladi.