2.2. Shaxsiy himoya vositalari Himoya ko‘zoynagi 3.1. Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz goryelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun ishlatiladi.
3.2 Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar (GOST 12.4.003-80, 12.4.013-85 va boshq.) talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan ko‘zoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim.
Qo‘lqoplar 3.3 Qo‘lqoplar qo‘lni uchqunlardan, erigan metall zarrachalarining sachrashidan, to‘ponidan, yuqori haroratdan, neftdan, ishqordan, kislotadan, suvdan, mexanik ta’sirlanishdan saqlash uchun mo‘ljallangan.
3.4 Erigan metallar, kabel mastikalari bilan ishlaganda qiyin yonuvchi asbest, spilka va boshqa gazlamalardan tikilgan qo‘lqoplardan foydalanish shart.
3.5. Qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 talablari asosida tayyorlanishi zarur. Qo‘lqoplar 6 tipda ishlab chiqariladi: baxyalab tikilgan, barmog‘i choklab ulangan; barmoqli, qo‘lqopning pastki qismi to‘la Qo‘lqoplar kuchbichilgan; barmog‘i qo‘lqop bukilishining yon tomonida joylashgan; 2 ta barmoqli; elastik lenta bilan bilaklarga bog‘langan, qo‘njlari uzaytirilgan — 4 ta o‘lchamli.aytiruvchi va himoya qoplamalariga ega. Qo‘njlari uzaytirilgan qo‘lqoplar 420 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Erigan metall, mastika va boshqa moddalar oqib ketishining oldini olishda qo‘lqoplar kiyim yenglarini zich qoplab olgan bo‘lishi kerak.