1. Qoidalarning maqsadi va qo’llanilishi Xavfsizlik plakatlari v
Shaxsiy ekranlovchi komplektlar 1.27 Shaxsiy ekranlovchi komplektlar xodimlarni 50 Gts chastotali kuchlanishi 500 kV bo‘lgan elektr uskunalari yuzaga keltiradigan, kuchlanganligi 500 kV/m gacha bo‘lgan elektr maydoni ta’siridan shaxsiy himoya qilish uchun mo‘ljallangandir.
1.28 Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish mumkin bo‘lgan hollarda, chunonchi panellarda, elektr yuritmalarda, ishlab turgan yig‘malarda va 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan zanjirlarda ishlashda, elektr asbob-uskunalarni profilaktik sinashda (bevosita sinov o‘tkazayotgan shaxslar uchun), elektr payvandlash ishlarida shaxsiy ekranlovchi komplektlardan foydalanish man qilinadi. Havo harorati 42° S dan yuqori bo‘lganda ekranlovchi komplektlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi. Bunday hollarda statsionar yoki ko‘chma ekranlovchi uskunalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
1.29. Ekranlovchi komplektga maxsus ish kiyimi, maxsus poyabzal, qo‘l va boshni himoya qiluvchi vositalar, yuzni himoya qiluvchi ekran (kerak bo‘lgan taqdirda), strubsinali yerga ulagich simlari kiradi.
1.30. Ekranlovchi komplektlar 3 xilda tayyorlanadi:
EPR podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlash ishchilari uchun (yozgi);
EPX podstansiyaning navbatchi ishchilari uchun (yozgi);
EPZ havo elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlovchi ishchilar uchun (qishgi).
1.31 EPR ekranlovchi komplektga kapyushonli kurtka va yarimkombinezon, elektr o‘tkazuvchi qoplamali kaska yoki uning ustidan kiyiladigan elektr o‘tkazuvchi toladan to‘qilgan jild, elektr o‘tkazuvchi tagi charm poyabzal, elektr o‘tkazuvchi rezinadan qilingan rezina etik, elektr o‘tkazuvchi qo‘lqop (2 juft), strubsinali yerga ulagich simlari kiradi.
1.32 EPX ekran komplekti EPR komplektiga o‘xshash bo‘lib, ekranlovchi ish kiyimi bilan farq qiladi (kurtka, yarimkombinezon o‘rniga elektr o‘tkazuvchi toladan qilingan kapyushonli xalat ishlatiladi).
1.33 EPZ ekranlovchi komplekt tarkibiga kapyushonli kurtka va issiq astarli shim, elektr o‘tkazuvchi qoplamali yoki jildli kaska, kigiz etik ustidan kiyish uchun elektr o‘tkazuvchi rezinali kalish; elektr o‘tkazuvchi rezinadan qilingan rezinali etiklar, elektr o‘tkazuvchi qo‘lqoplar yoki yengli qo‘lqoplar, strubsinali yerga ulagich simlari kiradi.
1.34. Yilning sovuq vaqtlarida EPR va EPX yozgi ekranlovchi komplektlarni qishgi umumiy foydalaniladigan ishchi kiyim ustidan kiyib ishlatish mumkin.
1.35 Ekranlovchi komplektlarning barcha elementlari o‘zaro ishonchli ulanishi hamda oyoq kiyim yoki strubsinali sim orqali ekranlovchi ishchi kiyimlar yerga ulanganda elektr zanjiri hosil qilishi uchun kontaktli chiqish tugmalari bilan ta’minlanadi.
1.36. Har bir ekranlovchi komplekt inventar raqami bilan belgilangan bo‘lishi zarur. Ekranlovchi komplektlarni ishlatish “Shaxsiy ekranlovchi komplektlarni ishlatish yo‘riqnomasi” talablari asosida olib borilishi lozim.
1.37.EPR va EPZ ekranlovchi komplektlari shaxsiy foydalanish uchun berilishi va aniq ishchilarga biriktirilishi lozim. EPX ekranlovchi komplektlari umumiy foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin, lekin komplektga kiruvchi maxsus oyoq kiyimlar esa alohida har bir ishchiga biriktirilgan bo‘lishi zarur.
1.38.Ekranlovchi komplektlar havo harorati 2° S — 30° S, namligi 80 foizdan oshmagan, quruq isitiladigan xonalardagi maxsus javonlarda saqlanishi kerak. Ekranlovchi kiyimlar ilgaklarda, oyoq kiyimlar va kaskalar esa taxta tokchalarda saqlanishi zarur.
1.39. Komplektlarni kontaktlar chiqishlari orqali ko‘tarib yurish va osib qo‘yish man qilinadi.
1.40 Maxsus kiyim va poyabzallarni muntazam ravishda tozalab, o‘z vaqtida ta’mirlab turish lozim.
1.41 Ekranlovchi komplektdagi maxsus kiyim elementlarini, elektr o‘tkazuvchanligini tiklash va tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun (kurtka, shim, xalat, cho‘ntaklardagi so‘kilgan choklarni hamda yirtilgan joylarini yo‘qotish va kontaktli chiqarishlarni tiklash), shuningdek, kaska jildi va ekranlovchi qo‘lqoplarni ta’mirlashga ijozat beriladi. Ta’mirlash jarayonida elektr o‘tkazuvchi gazlamani elektr o‘tkazmaydigan gazlama bilan almashtirish man qilinadi. Ekranlovchi poyabzalni elektr o‘tkazuvchanligini tiklash maqsadida ta’mirlash man qilinadi. Faqat uning tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun ta’mirlash ishlariga (tagcharmni qoqish, so‘kilgan choklarni tikish va boshq.) ruxsat etiladi.
1.42. Ekranlovchi komplekt bilan yomg‘ir paytida plashsiz yoki ivib ketishga qarshi boshqa himoya vositasiz ishlash man etiladi. Ivigan maxsus ishchi kiyimni siqib quritish man qilinadi, ularni ilgakga osib quritish zarur.