Navoiy davlat konchilik institute Konchilik fakulteti Xavfsizlik qoidalari va elektr xavfsizlik fanidan



Yüklə 107,75 Kb.
səhifə3/11
tarix18.12.2022
ölçüsü107,75 Kb.
#76102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Qoidalarning maqsadi va qo’llanilishi Xavfsizlik plakatlari v

Izolatsiyalovchi qoplamalar
1.20 Izolatsiyalovchi qoplamalarni 20 kV kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida tok o‘tkazuvchi qismlarga bexosdan tegib ketishining oldini olish uchun ish joyini to‘siqlar bilan ajratish imkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llash ruxsat etiladi. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida izolatsiyalovchi qoplamalar uzgichlarni yanglishib ulab yuborishga yo‘l qo‘ymaydigan vosita sifatida ham qo‘llaniladi.
1.21 Kuchlanish ostida bo‘lgan va kuchlanishi olingan tok o‘tkazuvchi qismlar orasidagi (masalan, qo‘zg‘almas kontaktlar va ajratgich pichoqlari o‘rtasidagi) izolatsiyalovchi qoplamalar mexanik mustahkam, konstruksiyasi va o‘lchami tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘liq yopadigan bo‘lishi zarur. Qoplamalarni bevosita tok o‘tkazuvchi qismlar ustiga o‘rnatish mumkin.
1.22. Kuchlanishi 20 kV gacha bo‘lgan elektr uskunalarida qattiq elektr izolatsiyalovchi materiallardan (getinaks, shishatekstolit va boshq.) yasalgan qoplamalar ishlatiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik rezinadan yasalgan qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan elastik qoplamalarni ishlatish mumkin. Ular bilan kuchlanishni olmasdan ishlashda tok o‘tkazuvchi qismlar yopiladi.
1.23 Konstruksiyasida izolatsiyalovchi dastak yoki tutqich ko‘zda tutilmagan tok o‘tkazuvchi qismlar ustiga qoplamalarni asosiy himoya vositalaridan foydalangan holda o‘rnatish zarur.
1.24. Izolatsiyalovchi qoplamalarni ishlatishdan avval ularning changini artish, yuzasida yoriq va darz ketgan joylari yo‘qligini, lok qoplamasi buzilmaganligi va boshqa kamchiliklar yo‘qligini tekshirish zarur. Izolatsiyalovchi qoplamalarni namlanish va ifloslanishdan saqlash lozim.
Izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari
1.25 Izolatsiyalovchi dastakli asboblar 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida kuchlanish ostida ishlash uchun asosiy himoya vositasi sifatida qo‘llaniladi.
1.26. Faqat GOST 11516-79* talablari asosida tayyorlangan izolatsiyalovchi dastakli asboblarni ishlatishga ruxsat etiladi. Izolatsiyalovchi dastaklar g‘iloflar shaklida yoki tayanch bilan mahkamlangan nam o‘tkazmaydigan, moy va benzin ta’siriga chidamli, mo‘rt bo‘lmagan, elektr izolatsiyalovchi materialdan yasalgan echilmaydigan qoplama shaklida tayyorlanadi. Izolatsiya dastakni batamom qoplashi va uning halqa-tayanch o‘rtasigacha bo‘lgan uzunligi 100 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Otvyortka o‘zagining izolatsiyasi uning uchiga 10 mm qolgunga qadar davom etishi lozim. Izolatsiyalovchi dastaklar yuzasi va qalinligi nuqsonsiz bo‘lishi hamda g‘ovaklar, singan va shishgan joylari bo‘lmasligi shart.

Yüklə 107,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin