Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Narx belgilashning nazariy asoslari va narxlashtirish



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   175
10.2 Narx belgilashning nazariy asoslari va narxlashtirish. 
Narxlashtirish korxonaning bozorda aniq ulushga erishishi, ko’zda tutilgan 
foydani olishi va umuman tovarning qaysi hayotiy bosqichida, qanday siyosat 
yurgizib, raqobatchilar hatti-harakatlariga javob topishi demakdir. Hozir ko’pchilik 
korxonalar rahbarlarining (menejerlari) fikrlaricha narx siyosatini to’g’ri tanlash, 
yangi tovarni bozorga kiritish, tabaqalash, sotish xarajatlari va boshqa omildan ham 
muhimroq hisoblanadi. Chunki, keyingi vaqtda bank tizimi, transport vositalari va 
iqtisodiyotning boshqa sohalariga ko’proq erkinlik berish baho raqobatini 
kuchaytirmoqda.
Narxning o’zgarishi orqali raqobat kuchayishiga, talabning oshishi yoki 
pasayishiga erishish mumkin. Aksincha, narx qancha past bo’lsa, talab shuncha 


175 
oshadi. Baho talab qayishqoqligining o’zgarishiga olib keladi. Ammo hamma 
haridorlar ham bahoning o’zgarishiga bir xil munosabatda bo’lmaydilar. Korxonalar 
o’z tovarlariga baho belgilashdan oldin, unga ta’sir etuvchi tashqi omillarni chuqur 
tahlil qilishlari zarur.
Jahon tajribasida iste’molchilarni harid qilishlariga qarab quyidagi to’rt turga 
(segmentga) bo’lib o’rganiladi:
- tejamli haridorlar - harid qilishda asosiy e’tiborni tovar bahosiga, sifatiga va 
assortimentiga qaratadigan haridorlar;
- o’z mavqeiga ishongan haridorlar - tovar obraziga, korxona obro’-e’tiboriga 
va xizmat ko’rsatish darajasiga ko’proq ahamiyat beradilar;
- nafosatli haridorlar - kichik firmalarni qo’llab – quvvatlash uchun ular 
tovarlari turlariga va bahoga ahamiyat bermaydi;
- faqat tovar sotib olish jarayonidagi qulay sharoitlarga qarab (bahosidan 
qat’iy nazar) tovar harid qiluvchi iste’molchilar.
Ba’zi haridorlar universal assortimentli va past baho bilan savdo qiluvchi 
do’konlarni ko’proq xohlashadi. Hukumat o’z tomonidan aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va boshqa ayrim tovarlarning 
sotilishini chegaralab turish maqsadida baho siyosatiga ta’sir ko’rsatadi.
Тovar harakati qatnashchilari: ishlab chiqaruvchi firma ko’proq foyda olish 
maqsadida monopol baho o’rnatishga, ulgurji va chakana savdo tarmoqlari ham o’z 
foydasiga ko’proq qo’shimcha hissa olishga harakat qiladi. Bahoga ta’sir etuvchi 
asosiy omil - bu raqiblar siyosatidir. Agar bozor to’yingan "haridorlar" bozori bo’lsa, 
boshqa omillar ta’siri sezilmaydi. Faqat narxlar raqobati orqali talab va taklif 
muvozanati ta’minlanadi. Shu bilan birga baho tovar ishlab chiqarish xarajatlari - 
xom ashyo, ish haqi, transport, reklama kabilarga bo’lgan sarflar ta’sir ko’rsatadi.
Narxlashtirish strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi. Maqsadni aniqlash, narxlashtirishning umumiy siyosatini belgilash, baho 
strategiyasini amalga oshirish va narxni moslashtirish.
Amaliyotda, narxlashtirishning uch xil maqsadi mavjud bo’lib, korxona 
ulardan birini tanlashi mumkin.


176 
Birinchi holatda korxona bozorda o’z ulushini ko’paytirishga qiziqsa, 
ikkinchisida - foydani ko’paytirish kerakligi, daromad olish va investitsiya 
xarajatlaridan foyda kelishini ko’zlaydi. Uchinchisida - korxona bozordagi o’z 
holatini ushlab turishiga asoslangan strategiyasida, hukumat tomonidan bo’ladigan 
noxush harakatlarning oldini olishga, raqiblar ta’sirini pasaytirish, tovar harakati 
qatnashchilari bilan munosabatlarni saqlab qolish, yangi raqobat chiqishiga qarshi 
turish va bahoni muvozanatlashtirishga harakat qiladi. Narxlashtirishning umumiy 
siyosati doirasida, korxona tovarining bahosi uning aniq bozori va marketing 
faoliyati bilan bog’lanadi.

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin