182
Narxning pasayishi.
Bu usul raqobat sharoitida himoya tadbiri va agar
harajatlar kamaysa, xujumkor strategiya bo’lishi mumkin.
Ushbu holda quyidagi
narx turlari qo’llanilishi mumkin:
O’zgaruvchan pasayadigan narx. Тalab va taklifni hisobga olishga asoslanadi.
Bozor to’lgan sari talab pasayadi, agar tovar yuqori narx ravonligiga ega bo’lsa,
narxning pasayishi iste’molchilarning e’tiborini jalb qilishi mumkin.
Ustun narx.
Bu himoya strategiyasining turlaridan biridir.
Bunday usulni
agar korxona bozorning katta qismini nazorat qilsa va mahsulot iste’molchilarda
yuqori nufuzga ega bo’lsa qo’llash mumkin. Narxning biroz pasayishi korxonaga
bozorda eski va yangi raqobatchilarga nisbatan ustunlikni saqlab qolishga yordam
beradi.
Ko’pgina korxonalarnikidan past narxlar ko’pincha o’zaro o’rnini to’ldiruvchi
tovarlarga qo’llaniladi. Ular narxlari pasaytirilgan tovar
bilan birgalikda oddiy
narxlarda sotilishi mumkin. Bunda e’tiborni asosiy mahsulotga jalb qilish muhim
bo’lib, narxlari pasaytirilgan tovarlar esa o’ziga xos reklamadir.
Dostları ilə paylaş: