Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Bosh maqsad Asosiy maqsad



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175
Bosh maqsad
Asosiy maqsad
b
o
2



196 
oldida turgan maqsad va vazifalar rahbarlar va mutaxassislar tarkibini asoslashga 
imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa tuzilmali bo’linmalar xodimlari 
o’rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir. 
Тashkiliy tuzilmani loyihalashtirishning mustaqil usuli bo’lib tashkiliy-
iqtisodiy modellashtirish hisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari 
va ma’suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviri yotadi. 
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda boshqaruv pog’onalari va 
zvenolari soni, chiziqli va funksional boshqaruvning markazlashuvi darajasi
boshqaruv bo’limi va funksiyalari tarkibi, bitta rahbarga to’g’ri keladigan 
buysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv tizimsida pog’onalar qancha ko’p 
bo’lsa buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish shuncha 
qiyin bo’ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi 
shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun boshqaruv tashkiliy tuzilmasini 
loyihalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv pog’onalari soni optimal 
bo’lishiga intilish zarurdir. 
Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga 
qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi: 

tizimli yondashuv, ya’ni boshqaruv ob’ekti va organiga ta’sir qiluvchi iloji 
boricha hamma faktorlarni hisobga olish; 

boshqaruv markazlashuvi va birlamchi bosqichlar mustaqilligining optimal 
birligi; 

oliy rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri ijro etuvchiga axborotni borishi va vaqtning 
maksimal qisqarishi; 

loyihalashtirilayotgan tuzilmada xar bir tarkibiy qismning funksiyasi vazifasi va 
huquqini to’g’ri aniqlash; 

boshqaruv tizimsidagi o’zgarishlarga javob qaytarishning imkoniyati; 

xar bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa shu savolni 
yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish. 
Boshqaruv apparati tuzilmasiga asosiy talab uning tezkorligidadir. Apparat 
tuzilmasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo’lishi kerakki boshqaruv 


197 
tizimsida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish kerak. Тezkorlik bilan faoliyat 
yurgizishning ishonchliligiga bog’liqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot 
uzatishning to’g’riligiga kafolat berish uzatilayotgan ma’lumotlarning buzilishiga 
yo’l qo’ymasligi kerak, boshqaruv tizimsida aloqaning uzluksizligini ta’minlash 
kerak. 
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirib borish mulkchilik 
shakli, faoliyat natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat’i 
nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani 
muvaffaqiyatli hal qilish korxonalarga, birinchi o’rinda, boshqaruv tizimining 
samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish 
faoliyatining iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi 
tendentsiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maqsadli tavsifini 
kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv 
apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan, ortiqcha boshqaruv bo’g’inlarini 
qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining o’sishi va 
ularning yuqori natijalarga erishishga yo’naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy 
sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendentsiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv 
organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo’nalishlari ham aniqlanib, ularga avvalo 
sifat ko’rsatkichlari asos qilib olingan. Bu ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni 
kiritish mumkin:

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin