198
va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim
turtki hisoblanadi
.
Tejamkorlik
– bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan
holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish
samaradorligining o’sishiga
erishishdir
.
Aytib o’tish kerakki, korxona jamoasi va ishlab chiqarishni boshqarishni
takomillashtirish sohasida barcha uchun bir xil yo’l mavjud emas.
Mazkur vazifa muayyan sharoit, holat va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda
yuzaga keladi va hal qilinadi. Biroq bunda ham o’zgarmas bir qoida mavjud bo’lib,
unga ko’ra, har bir o’zgartirish, yaxshilanish va shakl o’zgartirishlar avvaldan o’ylab
chiqilishi hamda ilmiy jihatdan asoslab berilishi zarur. Masalan, hozirgi paytda
korxonalarni boshqarishni takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri
sifatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini (ABT) yaratish va amaliyotga
kiritish hamda ish vaqt yo’qotilishining
oldini olish, uskunalarning bekor turib
qolishini qisqartirish, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanishga
ko’maklashuvchi kompyuter texnikasidan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, korxonalarni
boshqarishning tsexsiz
tuzilmasi yuqori darajada samarali bo’lib, boshqaruvni markazlashtirishni
qisqartirish hamda kichik va o’rta korxonalarning ijtimoiy ishlab chiqarishni
rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri -
korxonaning funktsional xizmatlari va bo’limlari faoliyatini
ortiqcha tuzilmaviy
bo’linmalarni tugatish, xizmat ko’rsatuvchi bo’limlarni optimallashtirish, birlamchi
hisobga olish hamda hisob-kitob va boshqa boshqaruv amallarini soddalashtirish
yo’li orqali muvofiqlashtirishdir.
Bu erda ishlab chiqarishni tezkor boshqarishning ko’plab funktsiyalarini
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish imkonini beruvchi,
boshqaruvning
yangi texnikasidan, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan turli xil hisob-
kitob va tahlil vositalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Boshqaruv tizimini takomillashtirishda texnik vositalar,
boshqaruv
199
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, jumladan, ABT asosidagi faoliyat, boshqaruv
tadqiqotlari va loyihalari o’z-o’zidan yoki avtomatik ravishda kerakli natijalarga olib
kelmaydi. Bu erda ko’p narsa insonlarning, ayniqsa, menedjerlarning faoliyatiga
bog’liq bo’ladi. Shu sababli ijtimoiy omillarning rivojlanishi,
ishlab chiqarish
jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli kuchayishi, ayniqsa,
korxonalarga boshqarishning ratsional shakllarini tanlashga keng imkoniyatlar
yaratib berilgan hozirgi paytda muhim ahamiyatga ega. Mustaqillikni kengaytirish
va ishlab chiqarish jamoasining ishlab chiqarishni boshqarishdagi roli o’sishi
iqtisodiy fikrlashning kerakli tomonga yo’naltirilishiga xizmat qiladi hamda
boshqarishni yaxshilashni korxona rahbaridan tashqari
butun jamoaning vazifasi
qilib belgilaydi.
Zamonaviy texnika vositalari va yangi usullardan tashqari korxonalarni
boshqarishda ishlab chiqarish jamoalarida zarur bo’lgan ijtimoiy-psixologik muhitni
shakllantirish ham katta ahamiyatga ega. Amaliyot ko’rsatadiki, ijtimoiy-psixologik
muhit boshqaruvning natijalari va amaliyligini yo’qqa chiqarishi yoki aksincha
kuchaytirishi mumkin.
Psixologik muhit nodir va qaytarilmas holatdir. Ikkita bir xil jamoa
bo’lmagani kabi, bir-biriga mos keluvchi psixologik muhitning ham mavjud bo’lishi
mumkin emas: jamoadagi har bir shaxs jamoani boyitadi va bir vaqtda o’zi ham
boyib, unga nodirlik va qaytarilmaslikni baxsh etadi. Psixologik muhit orqali zarur
bo’lgan ishlab chiqarish ruhiyati shakllanadi
va boshqaruvning maqsadli
funktsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: