Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rahbar madaniyati
 = 
Odob + Iymon + Insof + Adolat + Iqtidor 
Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak.
U egallab turgan lavozimidan mahrum bo‘lmasligi uchun quyidagi
o‘nta qoidaga rioya qilmogi lozim: 
1. 
Iloji boricha qulog’ingizgacha ishga ko‘miling. 
2. 
Kompyuterni o‘rganing. 
3. 
Chet tilini o‘rganing. 
4. 
O‘z arxivingizni tashkil kiling. Zarur tashkilotlar va kishilar manzillari, 
telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak bo‘lib qoladi. 
5. 
Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. 
6. 
Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Korxona inkqrozga uchragan vaqtda xam 
uni bunday xolatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizni bildiring. 
7. 
Malakangizni mutassil oshirib boring. 
8. 
Kishilar bilan bo‘ladigan muomalada xushfe'l va iltifotli bo‘ling. 
9. 
Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara 
olishga urining. Bu nur ustiga a'lo nur bo‘ladi. 
10. 
Ish vaqti faqat qat'iy, masalan: 8.00 dan 17.00 gacha, bo‘lmasin. Agar Siz 
ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan so‘ng ish joyida bo‘lsangiz, 
bilingki bu ham e'tiborsiz qolmaydi. 


226 
 “KORPORAТIV MADANIYAТ YOKI SAMARADORLIK”
O’QUV KEYSI 
 
P.Anvarov, kompyuterlar savdo qiladigan kompaniyaning marketing 
bo’limida rahbar bo’lib ishlaydi. Bozor to’lgan, raqobat keskinlashgan, savdo hajmi 
pasaygan...
Uning savdo vakillari komandasida, asosan oilasiz 25-30 yoshdagi insonlar 
band. Mijozlarni ushlash va yangi mijozlarni jalb etish uchun ular davomli va ko’p, 
hattoki dam olish kunlari ham ishlar edilar.
Bir necha muddat avval 35 yoshli Anvarov o’z bo’limiga 37 yoshli, 6 yoshli 
bolasini bir o’zi tarbiyalaydigan, kompyuter texnikasi va marketing bo’yicha 
tajribali mutaxassisni, Laylo Umarovani ishga olgan edi.
Yetarlicha unumli ishlayotgan Umarova haftasiga 40 soatdan ko’p ishlashi va 
dam olish kunlardan voz kechish ilojisi yo’q edi. Qolganlar esa (bolasi yo’qlar) unga 
qaraganda ko’proq ishlashar, Umarovadan esa uncha mamnun emasdilar.
Oxir-oqibatda shunday bo’ldiki, Umarova ish borasida hammadan orqada 
qoldi, faoliyat ko’rsatkichlari pasayib ketdi.
Shunda guruh menejeri 29 yoshli Iroda Salimova rahbar Anvarovdan 
Umarovani ishdan bo’shatishini talab etadi... 
Anvarov kanday yul tutish kerak? 
Albatta, bo’lim yetarli darajada ishlamayotgan xodimlarni ushlab turishni 
o’ziga ep ko’rmaydi. Lekin Anvarov shunga aminki, Umarova yaxshi mutaxassis va 
yaxshi munosabatga loyiq. Ikki bolaning otasi sifatida uni yaxshi tushunadi...
Bundan tashqari, yuqori rahbariyat tomonidan xodimlarga oila qadriyatlari 
haqida ko’p gapirilgan. Bu talablar quruq gap bo’lib kolaveradimi? 
Тopshiriq: 
1. Vujudga kelgan nizo xarakterini aniqlang va vaziyatni tahlil qiling. 
2. Ushbu muammoni yechish uchun qanday takliflar berar edingiz? 
3. Rahbar Anvarov o’rnida bo’lganingizda qanday qaror qabul qilgan 
bo’lardingiz?
 Javoblaringizni asoslang.


227 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin