228
bo’ladi, xar tomonlama o’sadi va umuman jamiyat o’sadi.
Qarorlarni ishlab chiqarish va amalda qo’llash
rahbarning keyingi
faoliyatidagi siljishlariga bog’liq. Bitta muammo bo’yicha bir necha qarorlar ishlab
chiqiladi va ulardan bittasi amalda qo’llaniladi. Bu qarorlar tasnifi muhim nazariy
va hayotiy ahamiyatga ega.
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan qarorlar quyidagi
turlarga bo’linadi: strategik va tezkor.
Strategik qaror
- bu korxonaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan maqsad va
missiyalarning shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi
yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni sillik o’tishini ta’minlaydi. Strategik
qarorlar korxona, hudud, soha darajasida qarorlar
jamiyatdagi yangi manbaalar
hisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga yordam beradi.
Тezkor qarorlar
- bu mohiyati bo’yicha xo’jalik boshqaruv qarorlaridir. Ular
boshqariladigan ob’ektni uzluksiz ishlash jarayonini qo’llab-quvvatlashi uchun joriy
shaxsiy muammolar bo’yicha qabul qilinadi. Ya’ni, uning murakkab mexanizmini
tuzilma va o’zaro aloqalarni o’zgartirmasdan ushlab turishdir. Bu qarorlarni rahbar
maxsus tayyorgarliksiz yetarlicha tez qabul qiladi. Bunday qarorlarga xodimlarni
ishga olish va bushatish, ularning ish haqlarini o’zgarishi, korxonani kishga
tayyorlash haqidagi va shu kabi hujjatlarni kiritish mumkin.
Harakat doirasi bo’yicha boshqaruv qarorlarini iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy,
texnik va texnologik qarorlarga bo’lish mumkin.
Shuningdek, boshqaruv qarorlari boshqaruv darajasi bo’yicha xam quyidagi
bosqichda bo’linadi: usta, uchastka boshligi, sex boshligi, ishlab chiqarish boshligi,
korxona
va birlashma rahbari, vazir...
Qarorlar ta’sir qilish yo’nalishi bo’yicha tashqi va ichki bo’ladi. Тashqi
qarorlar boshqa darajaga qaratiladi, ichki qarorlar esa alohida bo’limlar yoki
qaratiladi, ichki qarorlar esa alohida bo’limlar yoki korxonani qamrab oladi.
Boshqaruv qarorlari funksional mazmuni bo’yicha iqtisodiy, tashkiliy,
koordinatsion, rag’batlantiruvchi, boshqaruvchi va nazorat qarorlarga bo’linadi.
229
Qayta ishlashni tashkillashtirish bo’yicha shaxsiy, xamkasbiy va
malakaviylarga bo’linadi. Shaxsiy qarorlar rahbarning
jamoadagi kelishuvisiz va
muhokamasiz yoki alohida shaxslar tomonidan ishlab chiqariladi. Kupincha bular
korxona taraqqiyoti yo’lidagi tamoyilial muammolarga dahli bo’lmagan tezkor
qarorlardir. Hamkasb karolari asosan moddiy tayyorgarlik talab qiladigan, bir guruh
mutaxassislar va rahbarlar tomonidan ishlab chiqariladigan va qabul qilinadigan
qarorlardir. Ular xar tomonlama mazmunga egadirlar. Jamoa qarorlari mansab yoki
xodimlardan qat’iy nazar bugun ishtirokchilar tomonidan umumiy majlisda ishlab
chiqariladi. Bunday qarorlar ishlab chiqarishning baholi savollarini ko’rib chiqishda
qabul qilinadi.
Mehnat turi bo’yicha qarorlar standart va nostandart qarorlarga bo’linadi.
Standart, ba’zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o’zini ishlab chiqish va uni qabul
qilish jarayonidagi qarorlardir. Dasturlash va uni qabul qilish jarayonidagi
qarorlardir. Dasturlash mumkin bo’lgan qarorlar orasida shunday standart bosqichga
yetdiki, ularni matematik model shaklida tasvirlash mumkin, ya’ni EHMning texnik
ishiga ahamiyatli qismni kiritish imkoniyati tug’iladi. Nostandart qarorlar - bu eng
murakkab, asosiy qarorlar, ham qilinadigan muammoga
ijodiy yondashish uchun
kengligi bilan ajralib turadi. Ijodiy qarorlar har doim jadallik va yangilikda namoyon
bo’ladi. Biroq nostandartlikning xarakterini diqqat bilan tahlil qilish zarur. Chuqur,
keng tahlilda bu hollarni unchalik va yangi emasligini ko’rish mumkin, agarda uni
bir qator alohida muammolarga bo’lib chiqsa.
Shu tariqa boshqaruv qarorlari inson faoliyatining har qanday doirasida
tashkiliy boshlanishi bo’lib hisoblanadi. Uning asosida qonunlar tasdiqlanadi.yu
material-texnik, moliyaviy va mehnat resurslari ishlatishni rejalashtirish, ijrochilar
va rahbarlar ma’sliyati oshiriladi va maqsadga yetishish yo’lida ularning o’rni
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: