Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


 Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175
13.5 Strategik qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish 
Qarorlarni tayyorlash va qabul qilish borasidagi ishning mantiqi rahbarlik 
darajasiga, vazifalarning xarakteriga va qaror qabul qilinayotgan sharoitga bog'liq 
holda bir-biridan ancha farq qiladi. Shu bilan birga konkret yondashuvlarning juda 
xilma-xilligidan rahbar harakatlarining umumiy belgilarini va izchilligini alohida 
qilib ko'rsatish mumkin: Konkret ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni tahlil 
qilish asosida muammoni aniqlash; ushbu muammoni hal etish uchun maqsadlarni, 
shuningdek uni hal etish muddatlari, vositalari va yo'llarini belgilash; ehtimoli 
tug'ilgan muqobillarni ishlab chiqish; mezonlar (kapital mablag'larni tejash, 
muddatlarni qisqartirish va boshqalar)ni aniqlash va eng qulay variantni tanlash; 
qarorni qabul qilish; uning bajarilishini tashkil qilish. Ravshanki, bunday sxemani 
taxminiy deb bilmoq lozim. U vaziyatning xususiyatlariga va hal qilinayotgan 
holatning ko'rinishiga qarab o'zgarishi mumkin. Shuningdek, aniq, tahliliy va noaniq 
vaziyatlar bo'lgan sharoitlarda matritsa tizimli reja asosida qarorlar qabul qilinadi, 
unda boshqarish qarorini turli tizimi mavjud bo'lib, qiyin muammolarga tegishli 
bo'lgan murakkablashayotgan tavakkalchilik sharoitlarida rahbarga chiziqli 
boshqarish bo'yicha ma'lum qarorlar qabul qilish imkonini beradi. 
Qarorlar bajarilishini tashkil qilish — bajarish sikli yakunlovchi rahbarning 
o'ziga xos faoliyatidir. Bu o'rinda rahbar o'z ishini emas, boshqa odamlar mehnatini 
tashkil etayotganligini hisobga olishi kerak. Tashkiliy boshqarish qarorlari buyruq 
tarzida yoki farmoyish bilan rasmiylashtirilgandan so'ng qonun tusiga kiradi. 
Menejerning bosh vazifasi bunday qarorni sozlash va nazorat qilishning 
bajarilishini ta'minlashdan iboratdir. 
Shunday qilib, qarorlar bajarilishini ta'minlashni nazoratsiz tasavvur qilib 
bo'lmaydi. 
Qarorlar bajarilishini nazorat qilish boshqarish siklining eng so'nggi qismidir. U 
qayta aloqalar shaklida bo'lib uning vositasida tashkilot maqsadiga erishish uchun 
qarorlarni bajarilishi haqida axborot olishi mumkin. 


238 
Nazoratning bosh vazifasi qarorlarni realizatsiyasining berilgan dasturlardan 
mumkin bo'lgan chetlashishni o'z vaqtida sezish va uni bartaraf etish uchun choralar 
belgilashdir. 
Nazoratning quyidagi funksiyalari mavjud: 

diagnostik funksiya; 

qayta aloqalar funksiyasi; 

nazoratni mo'ljalli funksiyasi; 

rag'batlantiruvchi funksiya; 

sozlovchi funksiya; 

pedagogik funksiya. 
Shunday qilib nazorat obyektiv zaruratdir, chunki eng optimal rejalar ham o'z 
ijrochilariga yetib bormasa, ularni bajarish haqida obyektiv va doimiy nazorat 
bo'lmasa ular amalga oshmay qolishi mumkin. 
Rahbarning tahlili ko'pincha global xarakterga ega bo'lib, texnologiya, xo'jalik 
hisobi, o'zini-o'zi mablag' bilan ta'minlash va ijtimoiy jarayonlarni to'liq kompleks 
holda o'zaro aloqadorligi va bir-birini taqozo etishini qamrab olish va tushunish 
zaruriyatini ifodalaydi. 
Rahbar tahliliy faoliyatining bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida kuchayib 
ketgan yana bir alohida belgisi — korxona yoki boshqa obyekt ishlab chiqarish va 
xo'jalik faoliyatining samaradorligiga to'g'ri baho berish zarurligidir. Samaradorlik 
— olingan natijalar bilan ishlab chiqarish xarajatlarining nisbatidir. 
Iqtisodiy tahlilda, firmaning balans tizimi keltirilib, undagi aktivlar va kapitallar 
konkret raqamlarda ifodalangandan so'ng, korxona oladigan foydasi aniqlanadi
chunki bozor islohotlari sharoitida zarar bilan ishlash firmani bankrot bo'lishiga olib 
keladi. 
Zararsiz ishlash tahlili firma oladigan foyda va xarajatlar tahlili orqali olinadi. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin