145
8 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i d a i s h l a b c h i q a r i s h
x a r a j a t l a r i
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda tannarx -
ishlab chiqarish sarflarini
kamaytirish vositasi ekanligi, mahsulot (ish, xizmat) tannarxini hosil qiluvchi xarajat
turlari, foyda va rentabellik, ularni hisoblash usullari kabilarni asosiy tayanch so’z
va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar
yechish orqali bilim va
ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
Asosiy ma'lumotlar
8.1. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida
moddiy va pul xarajatlarini
sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng
katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot
ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya’ni ishlab
chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish,
qadoqlash, saqlash, reklama qilish va
hokazo) xarajatlarini
ham amalga oshiradilar
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlarni
ham amalga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat
xarajatlari ham deyiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-
son qarori bilan tasdiqlangan
“Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi
Nizom”
ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga
kiritiladigan xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan
foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar;
146
- korxona umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab
chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlari;
- favqulodda zararlar.
Mahsulot tannarxi
- bu mahsulot birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish
xarajatlaridir.
Mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra
quyidagi
elementlar
(
xarajatlar
moddalari
) bilan gruhlarga ajratiladi:
1.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib
tashlangan holda).
2.
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari.
3.
Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari.
4.
Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi.
5.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: