Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


ishlab chiqarish tannarxini



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   175
ishlab chiqarish tannarxini
hosil qiluvchi xarajatlar


158 
9 - m a v z u . S a n o a t k o r x o n a l a r i n i n g d a r o m a d i v a
s a m a r a d o r l i g i
Mavzuning maqsadi:
Talabalarda samasadorlik, mahsulot (ish, xizmat) 
tannarxini hosil qiluvchi xarajat turlari, foyda, samaradorlik mezonlari, ularni 
hisoblash usullari kabilarni asosiy tayanch so’z va iboralar hamda masalalar, 
muammoli savollar yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga 
ko’maklashishdan iborat. 
9.1. Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatida muhim o’lchov 
birligidir 
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy 
vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, 
shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar 
o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Afsuski, bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad 
olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, 
rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti 
talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga 
qaraganda kam qo’llanilmoqda. Samarali ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, 
mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va 
yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq 
foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifatini yaxshilashni anglatadi.
“Samara”, “samaradorlik”, “ ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi 
tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad 
hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab 
chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona 
faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish 
samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.


159 
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi 
tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab 
va kompleks tavsifga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik 
qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va 
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni 
anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga 
muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun 
ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar 
qanchalik kam bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik 
ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat 
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat 
o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi 
va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. 
Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining 
o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining uzayishida aks 
ettiriladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi 
hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga 
yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga 
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.
Biroq samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi - foyda (daromad) o’z-
o’zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka 
erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib 
chiqqan holda, turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni 
samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan 


160 
birini o’ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida 
mahsulot sifatini yaxshilashni mablag’ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta 
qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga 
ajratilayotgan mablag’larni kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq 
muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi 
o’rnini yo’qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar o’z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun 
ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirishdan tashqari, 
mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. 
Masalan, Yaponiyaning “Omron” firmasi o’ziga “Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi 
dunyo uchun” degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning “Katerpiller” 
kompaniyasining shiori “Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko’rsatish” 
bo’lsa, “Reebook” firmasi “Yaxshi bahodagi narx” iborasini shior qilib olgan. 
Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o’tish mumkin.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan 
kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko’rinishida o’lchanmaydi. 
Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o’zining iqtisodiy 
barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, 
ikkinchidan, o’z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini 
mustahkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini 
yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llarini qidirish, 
xarajat va natijalarni to’g’ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa 
tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyat turidan qat’i nazar, har bir korxona uchun 
muhim vazifa hisoblanadi. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin