69
tayyor mahsulotlar, korxona kassasidagi va uning tijorat bankidagi schyotida
saqlanayotgan pul mablag’i hamda hisob-kitoblardagi mablag’lar kiradi.
Ikkinchisiga esa ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va
korxona o’zi tayyorlagan
yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr xarajatlari va
boshqalar kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari takror ishlab chiqarishning
uzluksiz bo’lishligini ta’minlaydi. Ularning miqdori va tarkibi nafaqat ishlab
chiqarishning ehtiyoji, shu bilan birgalikda muomala ehtiyojidan kelib chiqqan
holda belgilanadi. Ishlab chiqarish va muomala fondlari zahiralarini shakllantirish
uchun mo’ljallangan pul mablag’lari korxonaning aylanma mablag’i deyiladi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari
bir ishlab chiqarish sikli davomida
sarflanadi hamda natural shaklini o’zgartirib, o’z qiymatini to’lig’icha tayyor
maщsulot tannarxiga o’tkazadi.
Korxonaning aylanma ishlab chiqarish fondlari
uch qismdan iborat:
- ishlab chiqarish zahiralari;
- tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zi tayyorlagan yarim tayyor
mahsulotlar;
- kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zahiralari
- bu ishlab chiqarish jarayoniga kiritish uchun
tayyorlangan mehnat predmetlaridir.
Ular xom ashyo, asosiy va yordamchi
materiallar, yonilg’i, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar,
idish va idish materiallari, asosiy fondlarni joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlardan
iborat.
Тugallanmagan ishlab chiqarish va o’zi tayyorlagan yarim tayyor
mahsulotlar
- bu ishlab chiqarish jarayoniga kirgan mehnat predmetlari: materiallar,
detallar, ishlov yoki yig’ish jarayonidagi buyumlar, shuningdek korxonaning bir
sexida oxirgacha ishlab chiqarilmagan va keyinchalik shu korxonaning boshqa
sexlarida ishlanishi lozim bo’lgan yarim tayyor mahsulotlar.
Kelgusi davr xarajatlari
- bu aylanma fondlarning nomoddiy elementlari
bo’lib, ular joriy davrda amalga oshirilgan, lekin kelgusi davr mahsulotiga taalluqli
70
bo’lgan yangi mahsulotni tayyorlash va o’rganish xarajatlarini o’z ichiga oladi
(masalan, yangi turdagi mahsulotlarning texnologiyasini yaratish va ishlab chiqish
xarajatlari va boshqalar).
Muomala fondlari
korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun
mo’ljallangan pul mablag’lari, shuningdek,
chek va veksellar, aksiyadorlarning
qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi
mablag’lardan iborat bo’ladi.
Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari korxonaning aylanma
mablag’lari (kapitali)ni tashkil qiladi.
Aylanma mablag’lar tuzilmasining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha
farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (4.1-jadval).
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vazifalardan biri -
resurslar tejamkorligi tamoyiliga rioya qilgan holda ishlab chiqarishni
jadallashtirishdir.
4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: