75
Bu yerda; K
am
- aylanma mablag’larning aylanuvchanlik koeffitsiyenti,
aylanmalar; R
s
- sotilgan mahsulot hajmi, so’m; Q
am
- aylanma mablag’larning
o’rtacha qoldig’i, so’m.
Aylanuvchanlik koeffitsiyenti ma’lum davr (yil, chorak) mobaynida
korxona
aylanma mablag’larining doiraviy aylanishlari sonini ifodalaydi yoki 1 so’m
aylanma mablag’lar hisobiga to’g’ri keladigan sotilgan mahsulot hajmini ko’rsatadi.
Formuladan ko’rinib turibdiki, aylanma mablag’lar miqdorining ko’payishi 1 so’m
aylanma mablag’lar hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning o’sishiga olib keladi.
Aylanma mablag’lar bandligi koeffitsiyenti
ning kattaligi aylanuvchanlik
koeffitsiyentiga teskari miqdordir. U 1 so’m sotilgan
mahsulotga sarflangan
aylanma mablag’lar miqdorini tavsiflaydi, ya’ni:
𝐾
𝑏
=
𝑄
𝑎.𝑚
𝑅
𝑠
Bu yerda: K
b
- aylanma mablag’larning bandligi koeffitsiyenti.
Bir aylanish davomiyligi
kun hisobida - davrdagi kunlar sonini
aylanuvchanlik koeffitsiyentiga bo’lish bilan topiladi:
𝐴
𝑑
=
𝐷
𝑘
𝐾
𝑎.𝑚.
Bu yerda: D
k
- davrdagi kunlar soni (360, 90).
Aylanma mablag’larning aylanish muddati
qancha km yoki sotilgan
mahsulotning o’sha hajmda aylanishlar soni qancha ko’p bo’lsa, aylanma mablag’lar
shuncha kam talab qilinadi. Va aksincha aylanma mablag’lar qancha tez aylansa,
ular shuncha samarali foydalaniladi.
Misol. Korxonada 2017 yilda sotilgan mahsulot hajmi 600 mln. so’mni tashkil
etdi, 2018 yilda esa 612 mln. so’mni tashkil etdi, aylanma mablag’larning o’rtacha
yillik qoldig’i mos ravishda 120 mln. so’m va 110,5 mln. so’m;
Aylanma mablag’larning aylanuvchanlik koeffitsiyenti
:
2017 yilda 600 : 120 =5
2018 yilda - 5,54 ni tashkil etdi.
76
Bir aylanish davomiyligi:
360:5=72 kun va 360:5,54=65 kun demakdir.
Aylanma mablag’larning yuklanish koeffitsiyenti
:
120:600 = 0,2 so’m va 110,5:612 =0,18 so’m.
Aylanma mablag’lar aylanuvchanligining tezlashishi samarasi ulardan
foydalanishning yaxshilangani tufayli ularga bo’lgan
talabning kamayishida,
ularning bo’shatilishda namoyon bo’ladi.
Aylanma mablag’lar aylanuvchanligining tezlashishi hozirgi sharoitda
korxonalarning birlamchi vazifasi hisoblanadi va quyidagi yo’llar bilan erishiladi:
- ishlab chiqarish zahiralarini tuzish bosqichida iqtisodiy asoslangan zahira
normalarini joriy etish;
- xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar ta’minotchilarning
iste’molchilarga
yaqinlashuvi;
- moddiy-texnik ta’minotning ombor tizimini, shuningdek materiallar va
uskunalar ulgurji savdosini kengaytirish;
- omborlardagi ishlarning kompleks mexanizatsiyasi va avtomatizatsiyasi.
Muomala bosqichida esa mahsulot iste’molchilarini
uni ishlab
chiqaruvchilarga yaqinlashtirish; hisob-kitob tizimini mukammallashtirish; bevosita
aloqalar bo’yicha buyurtmalarini bajarish, tejalgan materiallardan mahsulot
tayyorlash natijasida sotilgan
mahsulot hajmini oshirish; tuzilgan bitimlarga
muvofiq jo’natilgan mahsulotlarni partiyalar, assortimentlar,
tranzit normasi
bo’yicha tanlash.
Dostları ilə paylaş: