Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Korxonalarda investitsiyalarning asosiy manbalari



Yüklə 4,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/175
tarix18.09.2023
ölçüsü4,58 Mb.
#145253
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175
 
4.5. Korxonalarda investitsiyalarning asosiy manbalari
va yo’nalishlari 
Investitsiya resurslari iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanishini boshqarishning 
iqtisodiy omili vazifasini bajaradi. Investitsiya mablag’lari ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish jarayonlarida hamda aholining foydalanilmayotgan mablag’larini 
to’planish natijasida, ularni boshqa jarayonlarda ishlatilishini ta’minlaydi. 
Korxona nuqtai nazaridan investitsiya manbalari ular o’z mablag’lari (foyda, 
amortizatsiya, boshqa pul jamg’armalari); qarzga olingan mablag’lar (bank krediti 
va boshqa tashkilotlarni omonatlari); boshqa jalb qilingan mablag’lar (aksiya va 
boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotishdan kelgan daromadlar); byudjet va 
byudjetdan tashqi mablag’lar tashkil qiladi. 
Investitsiya tarkibida uning manbalari o’z aksini topadi. 
Investitsiya manbalarini uning tarkibidan kelib chiqib moliyaviy va moddiy 
resurslarga ajratish mumkin. 
Moliyaviy manbalarga - naqd pul; chet el valyutasi; xalqaro to’lov pullari; 
aksiyalar; zayomlar; korxonalar mablag’lari; amortizatsiya fondi kiradi. 
Moddiy resurslarga - xom-ashyo resurslari; ko’chmas mulk; jamoa-shirkat-
xo’jalik mulki; fermerlar mulki; dehqon xo’jalik mulki; tadbirkorlar mulki kiradi. 
Investitsiya manbalarini shakllantirishda moliya bozori va uning 
infratuzilmasi muhim ahamiyatga egadir.
Investitsiyalarni ob’ektlarga qo’yish sohalariga qarab quyidagilarga ajratish 
mumkin: 
- kam qo’llaniladigan investitsion mablag’lar, ya’ni, qo’riq (bo’sh yotgan) 
yerlarni o’zlashtirish, mehnat resurslaridan vaqtincha foydalanish (mutaxassislar va 
rahbarlardan) va h.k.; 
- ma’lum hajmda talab qilinadigan investitsiya mablag’lari; 


80 
- rejalashtirilgan investitsiyadan olinadigan daromadga ta’sir etuvchi boshqa 
investitsion sharoitlar, ya’ni rejalashtirilgan asosiy investitsiya mablag’lariga 
qo’shimcha investitsiya mablag’larini jalb etish yo’li bilan investitsiyadan keladigan 
foydani oshirish; 
- faoliyatga qo’yilgan shakliga qarab, investitsiya o’z harakatida daromadlarni 
oshirish yoki kamaytirish, xavf-xatarni kamaytirish, mehnat jamoasini 
manfaatdorligini 
oshirish, 
ish 
sharoitini 
yaxshilash, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni muvofiqlashtirishga yo’naltirilishini ta’minlash zarur; 
- qo’shimcha investitsiyalar xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, 
mahsulot ishlab chiqishni va sotishni oshirish, qo’shimcha daromad olishni 
ta’minlashga yo’naltirilish kerak; 
- ma’lum ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiyalar tarkibi ishlab 
chiqarishni ixtisoslashuviga qarab taqsimlanishi darkor; 
- investitsiyalar resurslarni tejash, yangi mahsulot ishlab chiqish, korxona 
imdjini oshirish, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarni ta’milashi ham zarur. 

Yüklə 4,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin