4.4. Investitsiya korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish
vositasi sifatida
Investitsiya
lotincha “investire” (kiyintirish, yasantirish), nemischa
“investition” so’zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga
kapital mablag’ qo’yishni bildiradi. Investitsiya so’zidan investor - omonatchi so’zi
77
kelib chiqib, u omonat beruvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi. Investorlar
qatoriga qimmatli qog’ozlarni sotib oladigan va bu bilan o’zlarining bo’sh
mablag’ini joylashtiradigan yuridik hamda jismoniy shaxslar ham kiradi.
Moliyaviy va nomoliyaviy investitsiyalarni joriy qilish bo’yicha amaliy
faoliyatlar majmuasi
investitsion faoliyat
deb yuritiladi. Asosiy fondlarni ishga
tushirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish kapital qurulish deb yuritiladi.
Investitsiya
- bu moliyaviy (pul) yoki real kapitalga mablag’ qo’yish. U pul
mablag’lari, kredit, qimmatbaho qog’oz shaklida olib boriladi va ko’chma, ko’chma
bo’lmagan mol-mulkga, intellektual mulkga, ne’matlarga bo’lgan huquqga va
boshqa qiymatliklarga qo’yiladi, ya’ni korxonaning barcha aktivlariga ishlatiladi.
Investitsiya moliya bozorining elementi hisoblanadi. Moliya bozori muayyan
moliya muassasalari orqali o’zaro aloqada bo’ladigan mulk egalari bilan sarmoya,
qarz oluvchilari o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Aksiya va obligatsiyalar investitsiya qimmatli qog’ozlari deb yuritiladi.
Moliya bozorida qimmatli qog’ozlarning boshqa turlari - xazina majburiyatlar;
depozit sertifikatlari; veksellar; varrantlar va hokazolar ham muomalada yuradi.
Investitsiya jamiyatni iqtisodiy rivojlanishiga va har bir jamiyat a’zosini
moddiy farovonligini oshirishga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi.
Investitsiya korxona aktiviga, yangi mahsulot ishlab chiqish, ularni sifatini
oshirish, mahsulotni sotishni va foydani ko’paytirish uchun qo’yiladigan mablag’.
Shu sababli investitsiya ishlab chiqarishni kengaytirishni, kapitalni oddiy va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, yangi ish joylarini tashkil qilishni, ish
haqini va aholini sotib olish quvvatini oshirishni, davlat va mahalliy byudjetga
tushumlarni ko’paytirishni ta’minlaydi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan investitsiya asosiy va aylanma mablag’larni
jamg’arishni anglatadi. Moliyaviy nuqtai nazardan investitsiya moliyaviy resurslarni
daromad (foyda) olish uchun to’plashni ko’rsatadi. Buxgalteriya hisobi nuqtai
nazardan hisobotning aktiv va passivining bir necha moddalariga ishlatilgan kapital
xarajatlarni birlashishini ifodalaydi.
Investitsiyalarning amal qilinishi bo’yicha quyidagi turlarga tasniflanadi:
78
1. Maqsadi bo’yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar
uchun.
2. Ob’ekti bo’yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish.
3. Natural-moddiy ko’rinishi bo’yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy.
4. Hududiy kelib chiqishi bo’yicha - milliy va chet elliy.
5. Moliyalashtirish manbalari bo’yicha - xususiy (amortizatsiya, foyda,
sotilgan narsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar).
6. Ishlab chiqarish investitsiyasini yo’nalishlari bo’yicha - asosiy kapitalni
yangilashga, qo’zg’almas mulkni, aylanma mablag’ni ko’paytirish uchun, yangi
mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun.
7. Korxonani boshqarish huquqiga ega bo’lish omili bo’yicha: to’g’ridan
to’g’ri yoki bevosita; portfel.
Тo’g’ridan to’g’ri yoki bevosita investitsiyalar - chet el kapitalini to’g’ridan-
to’g’ri kiritilishini bildirib, investorga ushbu korxona ustidan nazorat qilish huquqini
beradi. Investitsiyani ushbu turi transkontinental (boshqa qit’a kontinentga sarmoya
kiritish), kapital qo’yilmalari hamda transmilliy (qo’shni davlatlarga kapital
chiqarish sifatida amalga oshiriladi) kapital qo’yilmalar sifatida namoyon bo’ladi.
Portfel investitsiyalar litsenzion va franchayzing kelishuvlari, marketing
xizmati haqidagi kontraktlar asosida tashkil qilinsa korxonalarni boshqarish
huquqini beradi.
8. Amal qilish muddati bo’yicha - qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar
mavjud.
9. Kelib chiqish hududi bo’yicha - milliy va xorijiy investipsiyalar.
10. Тavvakalchilik darajasi bo’yicha - tavvakalchiligi past, ishonchli va
tavvakalchiligi yuqori, spekulyativ investitsiyalar.
Investitsiyani bir turi bu - annuitet. Annuitet aholining shaxsiy investitsiyasi
bo’lib, omonatchiga qandaydir bir davr ichida yoki doirasida unga daromad beradi.
Annuitet asosan sug’urta va pensiya jamg’armalariga mablag’ qo’yishni anglatadi.
Investitsiya muassasalariga moliya brokerlari, investitsiya kompaniyalari
(dillerlar), investitsiya sohasi bo’yicha maslahatchilar, investitsiya fondlaridan
79
iborat bo’lib, ular investitsiya bo’yicha vositachilik, qimmatli qog’ozlarni
chiqarishni yo’lga qo’yish, ularni uchinchi shaxslar foydasiga joylashtirish bo’yicha
kafolatlar berish, aksiyalar chiqarish kabi ishlar bilan shug’ullanadi.
Dostları ilə paylaş: |