73
- boshlang’ich xom ashyoda foydali modda miqdori (rudada oltin, lavlagida
shakar miqdori va hokazo);
- boshlang’ich xom ashyodagi foydali moddadan foydalanish darajasi va xom
ashyoga ishlov berish jarayonida vujudga keladigan yo’qotishlar foizi;
- yaroqli mahsulotni yakuniy ishlab chiqarish. U yaroqli mahsulot hajmini
boshlang’ich xom ashyo hajmiga bo’lish bilan, shuningdek foizlarda (natijani 100
ga ko’paytirish kerak) hisoblanadi.
Yaroqli mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichi uning yakuniy miqdorini
baholashda xizmat qiladi. Masalan, rudadan 20% mis olindi, lekin bu rejadagi ishlab
chiqarish 100% ekanligini bildirmaydi. Misni rejadagi ishlab chiqarish 23% bo’lishi
mumkin, bu rudada misning haqiqiy miqdorini ifodalaydi.
Qora metallurgiyada po’lat eritishda temirdan foydalanish balans usuli bilan
hisoblanadi. Тemir balansining kirim qismida xom ashyo xarajatining elementlari va
miqdorlari ko’rsatiladi (turli
xil ruda, lam, strujka). Хarajat qismida olingan
mahsulot, yo’qotishlar va chiqindilarning turlari va miqdorlari aniqlanadi (turli xil
chuyan, shlak, ugar va hokazo). Po’lat eritish bo’yicha temir balanslari va prokat
ishlab chiqarish bo’yicha metall balanslari ham shunday hisoblanadi. Bu balanslar
sarf-xarajat koeffitsiyentlarini aniqlash imkonini beradi. Bu koeffitsiyentlar
sarflangan materiallar og’irligining yaroqli mahsulot tonnasiga nisbatini ifodalaydi.
Mashinasozlik tarmoqlarida aylanma fondlarning asosiy elementi - metalldan
foydalanish darajasini aniqlashda tegishli ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Mashina va mexanizmlarni yasash bosqichida
mashinaning nisbiy metall
sig’imi ko’rsatkichi (mashinaning nisbiy og’irligi) O
n
hisoblanadi.
𝑂
𝑛
=
𝑅
𝑠.𝑜.
𝑀
𝑞𝑢𝑣.
Bu yerda: R
s.o.
- sof og’irlik, u metall detallar va mashina qismlari
og’irligining yig’indisiga teng, t, kg;
M
quv
– mashinadan asosiy foydalanish tavsifi birligining miqdori (traktor
quvvati - ot kuchi; avtomobilning yuk ko’taruvchanligi - t).
74
Kimyo sanoatida aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlarini
hisoblaganda o’ziga xos xususiyatlar mavjud. Kimyo sanoati tarmoqlarida,
(shuningdek moddalarga kimyoviy yo’l bilan ishlov beradigan ishlab chiqarishlarda)
ko’p hollarda “mahsulot sof og’irligi” tushunchasi yo’q. Bu tarmoqlarda kimyoviy
texnologiya xususiyatlari sababli ko’pincha boshlang’ich xom ashyolardan hech biri
tayyor mahsulot tarkibiga o’zining asl ko’rinishida kirmaydi. Shu sababli kimyoviy
jarayonga yoki ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga
materiallar xarajati
tasdiqlangan texnologiyaga (retsepturaga) muvofiq belgilanadi va nazariy deb
ataladi. Materiallarning nazariy xarajatiga chiqindilar va qaytarilmaydigan
yuqotishlar kirmaydi.
Kimyo sanoatida materiallardan foydalanish ko’rsatkichi bo’lib
muayyan
kimyo mahsuloti birligini ishlab chiqarishga yoki kimyoviy jarayonga materiallar
nazariy xarajatining iste’mol qilinadigan materiallarning haqiqiy sarfiga nisbati
hisoblanadi. Haqiqiy xarajat nazariy xarajatdan kimyoviy
jarayonlarda vujudga
keladigan yo’qotishlar kattaligiga ko’pdir. Haqiqiy va nazariy xarajatlar o’rtasidagi
farq qanchalik kam bo’lsa, u shunchalik taraqqiy bo’ladi.
Aylanma mablag’larni normalash
N
am
quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: