Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 399,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix10.08.2023
ölçüsü399,52 Kb.
#139097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baholash mezoni va savollar (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


60710500 «Energetika (tarmoqlar boʻyicha)»
Oʻzgarmas tok elektr
 
zanjirlari. Zanjirlari nazariyasida koʻllaniladigan 
elektromagnit maydon tushunchasi va integral kattaliklar. Elektr zanjirlari va ularning 
parametrlarining hisoblash usullari. Elektr zanjirlari sxemasi va ularning klassifikatsiyasi. 
Elektr zanjirlarning asosiy tushunchalari, qonunlari va usullari. Elektr zanjmrining asosiy 
qonuni. Elektromagnit induksiyasi qonuni. Kuchlanish va tok manbalari. Sxema va uning 
topologik shakllari. 
Elektr zanjirlarini xisoblash usullari. Murakkab elektr zanjirlarini xisoblash. 
Kontur toklar va tugun potensiallari usullari. Matritsa formasi. Superpozitsiya 
prinsipi.Ekvivalent generator usuli. 
Sinusoidal tok elektr zanjirlari. Sinusoidal tokni ishlab chiqarish va elektr 
generatorlar haqida tushuncha. Chastota, davr, faza, boshlangʻich faza va amplituda 
tushunchalari. Tok, kuchlanish, E.Yu.K.larning effektiv (tasir etuvchi) va oʻrtacha 
qiymatlari. Sinusoidal tok va kuchlanishlarning vektor va kompleks sonlar bilan 
tasvirlash. Kuvvat. Rezistor, induktiv va sigʻim elementlari ketma-ket ulangan 
zanjirlarda tok va kuchlanishlar. Vektoriy diagrammalar. Qarshiliklar va kuchlanishlar 
uchburchaklari. Kuchlanishlar rezonansi. Aktiv oʻtkazuvchanlik, induktiv va sigʻim
elementlari parallel ulangan zanjirlarda tok va kuchlanishlar. Oʻtkazuvchanliklar va 
toklar uchburchaklari. Toklar rezonansi. 
Oʻzaro induktiv bogʻlangan zanjirlari.oʻzaro induktiv bogʻlangan zanjirlarni 
xisoblash. Ikki gʻaltakning mos, qarama-karshi, ketma-ket va parallel ulanishi. 
Transformatorlar haqida tushuncha. Ideal va real transformatorlar, ularning foydali ish 
koeffitsiyenti va vektor diagrammasi. 
Uch fazali elektr zanjirlar.Uch fazali elektr zanjirlari haqida tushuncha. 
Isteʼmolchilarni "yulduz" va "uchburchak" shakllarda ulash. Simmetrik va nosimmetrik 
sistemalar. Aylanuvchi magnit maydon. Asinxron mashinalar haqida tushuncha. Uch 
fazali zanjirlarda quvvatni oʻlchash. 
Nosinusoidal tok zanjirlari. Nosinusoidal tok tushunchasi. Furye katori. 
Nosinusoidal kattaliklarning effektiv va oʻrtacha kiymatlari va quvvati. Nosinusoidal 
elektr manbaiga ulangan elektr zanjirlarni xisoblash. 
Oʻtkinchi jarayonlar. Oʻtkinchi jarayonlar haqida tushuncha. Kommutatsiya 
qonunlari. Oddiy elektr zanjirlarida oʻtkinchi jarayonlarni klassik usulda xisoblash. 
Kondensatorning aperiodik, chegaraviy aperiodik va tebranma zaryadsizlanishi. 
Oʻtkinchi jarayonlarni operator usulda hisoblash. Oʻtkinchi jarayonlarni operator usulda 
xisoblash. Tasvir va original tushunchalari. Laplas oʻzgartirishi. Om va Kirxgof 
qonunlarining operator shakli. Operator sxema. Yoyish teoremasi. Dyuamel integrali. 
Toʻrtqutbliklar. Passiv toʻrtkutbliklar va ularning tenglamalari va doimiylari. 
Ekvivalent sxemalari. Toʻrtkutbliklarning ulanishlari. Toʻrtkutbliklarning graflari va 
ularning matritsalari. Toʻrtkutbliklarning uzatish funksiyalari. 
Filtrlar. Chastota ajratuvchi filtrlar haqida asosiy tushunchalar va klassifikatsiyasi 
Quyi chastotali filtrlar. Yuqoriy chastotali filtrlar, polosovoy filtrlar. Filtrlarning 
hisoblash usullari 


Tarqoq parametrli elektr zanjirlar. Tarqoq parametrli elektr zanjirlarni asosiy 
tushunchalari. Bir jinsli liniyaning tenglamalari. Liniyani sinusoidal rejimda ishlashi, 
yugurma toʻlqinlar. Turuvchi toʻlqinlar. 
Nochiziqli elektr zanjirlar nazariyasi. Nochiziqli qarshilikli elektr zanjirlari 
elementlari, ularning parametrlari va xarakteristikalari. Ferromagnit oʻzakli chulgʻam 
xususiyatlari, 
xarakteristikalari 
va 
parametrlari. 
Nochiziqli 
xarakteristikali 
kondensatorlar. Oʻzgarmas tok nochiziqli elektr va magnit zanjirlarni hisoblash. Manbali 
va manbasiz nochiziqli elementlardan tuzilgan ketma-ket, parallel hamda aralash ulangan 
uchastkali zanjirlar. Tarmoqlangan magnit zanjirlarini xisoblash. Nochiziqli elektr va 
magnit zanjirlardagi davriy jarayonlar. Nochiziqli elementli elektr zanjirlarida boʻladigan 
davriy jarayonlarning xususiyatlari. Ferromagnit oʻzakli transformatorning tenglamsi, 
vektor diagrammasi hamda ekvivalent sxemasi. Ketma-ket hamda parallel ulangan 
ferromagnit oʻzakli chulgʻam va kondensatorli zanjirda yuz beradigan ferrorezonans 
xodisalar. Ferromagnit kuchlanish stabilizatori. Ferromagnit quvvat kuchaytirich. 
Ferromagnit chastota ikkilantirgich.
Nochiziqli elektr zanjirlarida oʻtkinchi jarayonlarni hisoblash. Oʻtkinchi 
jarayonlarni hisoblash usullari va tugʻri chiziqli hamda egri chiziqli zanjirlardagi 
tebranishlar nazariyasi elementlari. Chiziqli va nochiziqli zanjirlardagi tebranma 
jarayonlar xususiyati.
Nochiziqli aktiv qarshilik hamda sigʻimli zanjirdagi turgʻun rejim.
Nochiziqli qarshilik va induktiv elementli zanjirda rejimning turgʻunligi.
Turgʻunlik 
kriteriyasi.
Teskari bogʻlanishli nochiziqli sistemada avtotebranishni uygotish. 
Avtogenerator.
Nochizliqli elektr zanjirlaridagi oʻtkinchi jarayonlarni hisoblash usullari. 
Grafikaviy integrallash usuli.
Analitik xisoblash usuli. Ketma-ket intervallar usuli.
Oʻtkinchi jarayonlarni fazaviy tekislikda tasvirlash.
Elektromagnit maydon nazariyasi.Elektromagnit maydon tenglamsining integral 
shakli hamda elektr va magnit maydonlar kattaliklari. Vektor analiz xaqida baʼzi bir 
tushunchalar. Elektromagnit maydon tenglamasining differensial shakli. Elektrostatik 
maydon. Elektr potensial gradiyenti. Puasson va Laplas tenglamalari.
Bir jinsli elektromagnit nazariyasi. Tasvirlash usuli. Zaryadlangan jismlar 
sistemasi maydonining energiyasi. Oʻzgarmas tok magnit maydoninihisoblash.Oʻzgarmas 
tok magnit maydoni. Magnit maydonining skalyar amda vektorli potensiali. 
Elektromagnit maydon. Maksvellning I va II tenglamalari. Elektromagnit maydon 
energiyasi. Umov-Poyting teoremasi. 



Yüklə 399,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin