60711400 “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”
(tarmoqlar boʻyicha)
Boshqaruv nazariyasining asosiy tushunchalari:
boshqaruvning maqsadi va
prinsiplari, dinamik sistemalar. Boshqaruv obyektlarning matematik tavsifi: holatlar
fazosi, uzatish funksiyalari, strukturaviy sxemalar. Boshqaruv nazarichisining
asosiy
masalalari: stabillash,
dasturiy boshqarish, optimal boshqarish, ekstremal rostlash.
Boshqaruch
sistemalrining
klassifikatsiyasi.
Texnologik
jarayonlar
va
ishlab
chiqarishlarni boshqaruvning avtomatik va avtomatlashtirilgan sistemalari.
Boshqaruv sistemalarining strukturalari: ochiq sistemalar, teskari aloqali sistemalar
va kombtnatsiyalangan sistemalar. Boshqaruv sistemalarining dinamik va statik
xarakteristikalari: oʻtish va vazn funksiyalari va ular orasidagi bogʻlanish, chastotali
xarakteristikalar. Tipik dinamik zvenolar va ularning xarakteristikalari. Boshqaruv
sistemalarining turgʻunligi haqida tushuncha.
Chiziqli stasionar sistemalarning turgʻunligi.
Lyapunov, Gurvis Mexaylev
meʼzonlari. Chiziqli nostatsionar sistemalarning turgʻunligi. Turgʻunlik nazarichsida
taqqoslash metodi. Teskari aloqani sintezlash metodlari. Stabillash nazariyasi
elementlari. Boshqariluvchanlik, kuzatuvchanlik va stabillashish. Chiziqli stabillash.
Noaniqlik sharoitida boshqarish. Pozitiv dinamik sistemalar: asosiy taʼriflar va
xossalar, pozitiv sistemalarni noaniqlik sharoitda stabillash. Diskret (uzlukli) avtomatik
boshqaruv sistemalarni klasifikatsiyalash. Vaqt boʻyicha
impulsli sistemalarning
tenglamalari. Ochiq sistemalar. Impulsli elementning tavsifi. Keltirilgan uzluksiz qismni
impulsli xarakteristikasi. Yopiq sistemalar. Impulsli sistemalarni tuzatish, oʻtish va vazn
funksiyalari. Bir necha impulsli elementli sistemalarni klassifikatsiyasi. Koʻp oʻlchovli
impulsli sistemalar. Diskret sistemalarning turgʻunligi. Birinchi yaqinlashish, Lyapunov
funksiyalari metodi va taqqoslash metodlari boʻyicha turgʻunlikni oʻrganish.
Analog varaqamli qurilmalarning passiv va aktiv komponentlari. Signallarni
kuchaytirgichlari va analog raqamli oʻzgartiruvchilar.Optoelektronqurilmalar. Operatsion
kuchaytirgichlar va ularning asosiy parametrlari. Signallarni
analog raqamli va raqam
analogli oʻzgartiruvchilari, komporatorlar va analog kalitlar xamda ularni tadbiq
qilishning xususiyatlari.
Mantiqiy algebra asoslari. Mantiqiy funksiyalar va ularni tasvirlash usullari. Raqamli
kombinatsion qurilmalar. Raqamli komparatorlar. Shifratorlar va deshifratorlar,
multipleksorlar va demultipleksorlar. Summatorlar,
triggerlar, registrlar va sanagichlar,
ularni qoʻllash soxalari, asosiy turlari va ishlash prinsiplari.
Mikroprotsessorlar (MP) va mikrokontrollerlar (MK) . MPli nazorat qiluvchi,
boshqaruvchi qurilmalar va sistemalar haqida umumiy tushunchalar. MP va MKlarni
xozirgi
zamon
oʻlchash
qurilmalari,
avtomatlashtirish
va
boshqarish
tizimlarida,texnalogik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda va
boshqarishdaqoʻllash imkoniyatlari.
Mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarning tuzilish arxitekturalari: Fon Neyman va
Garvad arxitekturali MP tuzilish prinsplari . MPli boshqaruvchi
qurilmalarining turlari,
tuzilish va ishlash prinsiplari.
Mikroprotsessorlar xamda A VR, PIC, boshqa ommaviy mikrokontrollerlarning
interfeslari: programmalashtiriladigan parallel, ketma-ket sinxron va asinxron rejimlarda
ishlovchi interfeyslar, taymer, vaqtincha uzuvchi (toʻxtatuvchi) bloklar,
stekli xotira
registlarini tashkil qilish, raqamli va analogli kirishli interfeyslar, interfeyslarning ishlash
rejimlari.
Rivojlangan MPli sistemalarning mantiqiy tuzilish, tarkibiy qismlarning bajaradigan
vazifalari va ishlash prinsiplari. Doimiy va operativ xotira qurilmalarning tuzilishi va
ishlash prinsiplari, asosiy tavsiflari.
Seksiyali MP komplektlari asosida mikroprotsessor blokini qurish. Mikroprotsessor
blokining
operatsion
va
boshqarish
qismlari.
Markaziy
protsessor
elementlari.Mikroprogrammali boshqarish bloki asosida
mikroprotsessor blokining
boshqarish qismini qurish. Mikroprogrammali boshqarish. Mikrokrmanda formati.
Vaqt oraligʻini tashkil etuvchi programmalashtiriladigan taymer va uning tuzilishi,
ishlash rejimlari, bloklarining asosiy vazifalari, markaziy protsessorli elementga ulanish
sxemasi.MP li boshqarish sistemalari. MPBS gaquyiladigan asosiy talablar. Bitta va koʻp
kanalli MPBS strukturali sxemalari. MP va uning texnik vositalaringtanlashning asosiy
prinsiplari.
MP boshqarish sistemalarida qoʻllashning aloxida xususiyalari. Berilgan boshqarish
sifat koʻrsatkichlarini taʼminlash.
Mikroprotsessor va mikrokontrollerlar yangi avloddagi avtomatlashtirish sistemalari
oʻzagi (asosi) – universal va intellektual regulyator vazifasida
Dostları ilə paylaş: